§ 2
Vijdon erkinligining qonuniy asoslari,
unga O’zbekistonda amal qilinishi
Demokratik, insonparvar va dunyoviy davlat bo’lgan O’zbekiston Respublikasida 100 dan ortiq xalq va millat, 15 ta diniy Konfessiya vakillari yashayotir. Respublikamizda islom dinigina emas, balki yahudiylik, xristian konfes-siyalari; Rus pravoslaviya, Rim katolik, Arman-grigoriyan, Lyutteran cherkovlarida, baptistlik va boshqa jamoalar faoliyat ko’rsatmoqda. (Qarang: I.Karimov. O’zbekiston buyuk kelajak sari. 444-445-betlar).
Barcha dinlar, diniy uyushmalar keng faoliyat ko’rsatayotgan respublikamizning qishloq va shaharlarida milliy ozodlik qo’lga kiritilganidan keyingi yillarda barcha dinlar, shu jumladan islom dini qadriyatlari qayta tiklandi. Musulmonlar safi juda kengaydi, yoshlar dinni qiziqib o’rganmoqdalar, diniy marosimlar, xususan islomiy hayitlar - Qurbon, Ramazon hayitlari tiklanib, bu tabarruk hayitlar xalqimizga ko’pdan-ko’p ma’naviy ruh bag’ishlamoqda. Dam olish kunlari deb belgilab qo’yilgan Ramazon, Qurbon hayitlarida minglab machitlarda o’ng minglab kishilar hayit namozlari o’qimoqdalar, vafot etgan yaqin kishilarining qabrlariga borib, tilovat qilmoqdalar. Qadimgi davrlarda qurilib, sho’rolar davrida xarobalarga aylangan minglab madrasa, machitlar qayta ta’mirlandi, ko’plab yangilari qurildi. Hozirgi davrlarda (1999 yilda) O’zbekistonda 3,5 mingdan ziyod machitlar rasman ro’yxatga olingan va ular faoliyat ko’rsatmoqda. Toshkentda shu yil boshida (1999 yil) Islom universiteti tashkil etildi. Mufti janoblari rahnamoli-gida musulmonlar diniy idorasi ish olib borayotidir. Bu idora chet mamlakatlardagi o’nlab musulmon davlatlari bilan aloqa olib boradilar, delegatlar qabul qiladilar, diniy kadrlar tayyorlashda, diniy adabiyotlar tayyorlash sohalarida hamkorlik qiladilar. Dindorlar huquqlari, davlatimiz bilan din munosabatlari O’zbekiston Respublikasi Konsti-tusiyasida qonuniy asoslarda aniq belgilab qo’yilgan. «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hyech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan sing-dirishga yo’l qo’yilmaydi». (O’zbekiston Respublikasi Konsti-tusiyasi. «O’zbekiston» nashriyoti. 1992 yil 31-modda,15-bet).
Konstitusiyamiz mazkur moddasining mazmunini izohlab, Prezident I.Karimov shunday fikrlarni yozgan: «Hozirgi kunda respublikada 15 ta diniy konfessiya uyushmalari faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning bir qismi noan’anaviydir. Davlat ular bilan o’zaro munosabatda o’z dunyoviy xususiyatini hisobga olgan holda quyidagi tamoyillarga amal qilmoqda:
dindorlarning diniy tuyg’ularini hurmat qilish;
diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalari-ning xususiy ishi deb tan oladi;
diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlari-ni teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo’l qo’ymaslik;
ma’naviy tiklanish, umuminsoniy ahloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo’llarini izlash zarurati;
dindan buzg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo’l qo’yib bo’lmasligini e’tirof etish».(Qarang: I.Karimov. O’zbekiston buyuk kelajak sari. 448-bet).
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi dunyoviy davlatdir. Shu sababli Konstitusiyaning 6-moddasida shunday deb yozib qo’yilgan: «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda ular qonun oldida tengdir. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi». (O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, 31-bet).
Mazkur moddaga asosan diniy tashkilotlar diniy ishlar bilan shug’ullanadilar, ular davlat siyosatiga aralashmaydilar va davlat qonunlariga hurmat bilan qaraydilar. Masalan, O’zbekistonda ta’lim dunyoviy fanlarni o’rganishga asoslangan, diniy bilimlar esa diniy maktablar, madrasalar yoki xususiy tarzda idoralar rahbarligida olib boriladi.
Insonparvar jamiyat qurayotgan O’zbekistonda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonun 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan bo’lib, unga binoan diniy marosimlar, masalan, namoz o’qishga barcha sihatgohlarda, davlat muassasalarida, dam olish uylarida ruxsat etilgan edi. Bolalarni dinga o’qitish ota-onalar xohishiga qarab olib borilgan. Har 10 kishi uyushsa ibodatxonalar yoki machitlar ochishga, diniy ishlar bo’yicha Davlat qo’mitasi ro’yxatidan o’tkazilar edi. Diniy targ’ibot matbuot vositalarida, radio-televideniye orqali olib borildi. Juda ko’plab machitlar ochildi. Chala Mullalar ruxsatsiz maktablar, xonaki da’vat-xonalar ochdilar. Dindan dunyoviy davlatimizni yo’q qilib, o’rniga islomiy davlat qurishga, hatto jihodga da’vat qilish, yoshlarni diniy fanatizm ruhida tarbiyalash maqsadlarida foydalanish keng tus oldi. Diniy fundamentalizm, ekstre-mizm ruhidagi vahhobiylar, hizbut-tahrir, «Nur» kabi panislomizm harakatlarida buzg’unchilik ishlari olib boril-di. Natijada O’zbekiston Konstitusiyasining 57-moddasi qo’pol ravishda buzildi. Bu moddada shunday deb yozib qo’yil-gan: «Konstitusiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, respublikaning suvereniteti, yahlitligi va havfsizligiga, fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’ligi, ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashti-rilgan «birlashmalar»ning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish ta’qiqlanadi». (Konstitusiya: 19-20-bet).
«Endi Toshkentda bo’lib o’tgan fevral voqyealariga kelsak, mudhish voqyea tashkilotchilarining manfur g’arazlari - xalqni el sevgan yurtboshisidan judo qilish, yurtda parokandalikni bunyod etib, ildam rivojlanib borayotgan erkinligimizni bo’g’ib tashlash edi» (Qarang: Ahmadjon Luqmonov. Xalifalik nima? «Namangan» nashriyoti, 1999 yil 22-bet).
Ushbu moddadagi ko’rsatmalar qo’pol ravishda buzilgan-ligi sababli O’zbekiston Respublikasining «Vijdon erkin-ligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonuniga yangi modda-lar qo’shilib, yangi tahrirda 1998 yil 1- may kuni qabul qilindi.
Uning 5-moddasida davlatdan din, diniy tashkilotlar ajratib qo’yilganligini ko’rsatish bilan birga barcha dinlar, ularning tashkilotlari teng huquqqa egaligi, dindorlar orasida o’zaro nizolar chiqarish, horijdan kelib da’vat qilish qonun bilan ta’qiqlanadi. Bu ishlarni qilgan shaxslar javobgarlikka tortiladi, deyiladi. 6-moddada barcha viloyatlar, tumanlar va mahalla qo’mitalari o’z hududlarida ushbu qonunga to’g’ri amal qilish uchun mas’ulligi va javobgarligi alohida ta’kidlab o’tilgan.
7-moddada O’zbekiston Respublikasida xalq ta’limining barcha tizimi dindan ajratib qo’yilganligi, ta’lim tizimi dasturiga diniy bilim berish kiritilmaydi, deb yozilgan. 8-moddada esa 18 yoshga to’lgan va undan o’tgan fuqarolardan 100 nafari diniy jamoa tuzishga ruxsat etilishi ko’rsatib o’tilgan.
Qonunda xususiy tarzda dinni o’qitish ma’n etiladi (9-modda), deb ko’rsatilgan. Ro’yhatga olinmagan va ruxsat qilinmagan diniy tashkilot yoki jamoa tashkil etgan shaxs javobgarlikka tortiladi (11-modda).
Jamoat joylarida diniy xizmatdagilardan boshqa fuqarolarga diniy libosda yurish ma’n etiladi (14-modda). Horijdan keltirilgan diniy adabiyotlar maxsus ekspertizadan o’tkazilgandan so’nggina tarqatiladi (19-modda). Diniy ekstremistik mazmundagi chop etilgan materiallar, kino, foto, audio, video materiallar tayyorlash, saqlash va tarqatish ta’qiqlanadi (19-modda).
DINIY EKSTREMIZM
Alloh, islom kabi so’zlar bilan birgalikda nomlangan, eshitilishi jarangdor partiya, tashkilotlar («Islom uyg’onish partiyasi», Xizbulloh», «Xizbut-tahrir al-islomiy», «Akro-miy» va boshqalar) tuzib, mavjud konstitusiyaviy tuzumni ag’darib tashlab, yaxlit jug’rofiy hududda islom davlati qurish, xalifalikni qayta o’rnatishga harakat qilayotganlar islom ekstremistlaridir.
Mazkur qonunni barcha talabalar, ta’lim tizimining muassasalari, fuqarolar yaxshi o’rganib, amalda unga rioya qilishi lozim bo’ladi.
Ushbu yangi tahrirdagi qonun dinni niqob qilib, ayrim estremistik harakatlar, aholi o’rtasida buzg’unchilik, parokan-dalik bo’lishini oldini oladi. O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashga va aholi o’rtasida birlik va hamjihatlikni yanada yuksalishiga hissa qo’shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |