O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Ingalyatsion narkoz vositalari 
Ftorotan-
Phthorothanum
3-4 % narkozni hosil 
qilishda; 
0.5-2% xirurgik 
Flakon-50ml 


- 281 -
operatsiyada narkozni 
saqlashda 
Sevofluran- 
Sevoflurane
8 %narkozni hosil qilishda; 
0.5-2% xirurgik 
operatsiyada narkozni 
saqlashda 
Flakon-100 va 250 ml 
Azot (I) oksid – 
Nitrogenium 
oxydulatum-
70-80 hajm % 
Metall ballonlar 
Ksenon-
Xenon
60-80 hajm % 
Metall ballonlar 
Noingalyatsion narkoz vositalari 
Propanidid — 
Propanidid
v/i 0,005-0,01 g/kg 
Ampula 10 ml 5

li eritma 
Propofol-
Propofol
v/i 4-12 mg/kg 1soatda 
1% suvli (izotonik) emulsiya 
20ml li ampulalarda 
Tiopental-natriy - 
Thiopentalum-natrium
v/i 0.4-0.6 g 
Flakon 0,5 va 1 g 
Natriy oksibutirat 
Natri oxybutyras
v/i 0,07-0,12 g/kg; 
Ichishga 0,1-0,2 g/kg 
Kukun; ampula 10 ml 
20% 
li eritma; 
5% 
sirop flakonda 
400 ml 
Ketamin gidroxlorid – 
Ketamini 
hydrochloridum
m/o 0,006 g/kg; v/i 0.002 
g/kg 
Flakon 20 ml (1 ml 0,05 g 
dori vosita bilan birga); 
ampula 2,5 va 10 ml 5% li 
eritma 
Etil spirti 
Etil spirti rangsiz, oson alangalanadigan, o‘ziga xos hidli, yengil suyuqlik. 
Tibbiyot amaliyotida asosan antiseptik vosita sifatida qo‘llaniladi. Lekin spirtli 
ichimliklarni hayotda qo‘llanilishi uni organizmga ta’sirini (rezorbtiv) chuqur 
bilishni taqozo qiladi.


- 282 -
Etil spirti MNSga umumiy susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi (narkotik ta’sir 
turi). Och qoringa ichilgan spirt tez so‘riladi. (20 % me’dada, qolgani ichakda). 
Ovqat mahsulotlari, yog‘ va uglevodlar spirtni so‘rilishini susaytiradilar. Lekin 
spirtning juda oz miqdorini ham miyaning po‘stloq qismida tormozlanish 
jarayonini susaytiradi va shuning natijasida soxta qo‘zg‘alish yuzaga chiqadi 
(qo‘zg‘alish davri-mast bo‘lish). Bundan insonlarning o‘ziga nisbatan tanqidiy 
qarashi kamayadi, yoki umuman yo‘qoladi, his-hayajon va harakat kuchayadi
fikrlash va xotira keskin susayadi.
Alkagol ta’sirining boshida analgeziya chaqiradi. Lekin alkogolning 
qondagi miqdori ortishi bilan uzoq davom etuvchi qo‘zg‘alish davri yuzaga 
chiqadi, undan keyin jarrohlik davri boshlanadi. Bunda MNSning faolligi, 
harakatni boshqarish keskin kamayadi. Es-xush chalkashadi keyin butunlay 
yo‘qoladi.
Alkogolning narkotik ta’sir kengligi juda tor bo‘lganligidan jarrohlik 
davri tez agonal davriga o‘tadi: nafas va qon aylanish markazlarning falajlanish 
belgilari yuzaga chiqadi, nafas olish qiyinlashadi, qon bosimi pasayadi. 
Keyinchalik bu markazlarning faoliyati to‘xtaydi. Shu sababli alkogol narkoz 
chaqirish uchun qo‘llanilmaydi.
Alkogol ta’sirida teri tomirlari kengayadi va issiqlikni ajratish (tarqatish) 
kuchayadi (bemor qizib ketganga o‘xshaydi) va tana harorati pasayadi (sovuq 
kunda muzlab qolish alkogol ichgan odamlarda tezroq bo‘ladi).
Alkogolning mahalliy ta’siri uning konsentratsiyasiga bog‘liq: 40% 
mahalliy tomirlarni kengaytirib giperemiya chaqiradi, 95%-burushtiradi (jarroh) 
qo‘lini ishlov berishda (antiseptik sifatida) qo‘llaniladi. Kesuvchi asboblarni 
dezinfeksiyalashda ham foydalaniladi.
Organizmda alkogolning 90% suv va CO
2
ga parchalanadi, bunda katta 
miqdorda energiya ajraladi (7,1 kkal/g). Bu uglevod parchalanishidan ko‘proq 
va yog‘lar parchalanishiga teng keladi. Lekin hosil bo‘lgan quvvat to‘planmaydi 
(zaxira qilinmaydi) va u organizimdan bekorga ajraladi. O‘zgarmagan alkogol 


- 283 -
o‘pka orqali, peshob va ter tarkibida ajraladi. Gipofizdan antidiuretik gormonni 
ishlab chiqarishni susaytirganligi sababidan alkogol peshob ajralishini oshiradi. 
MIT a’zolariga ham kuchli ta’sir etib, (ruhiy, reflektor va bevosita) me’da 
shirasini ishlab chiqarishini oshiradi. Lekin alkogolning konsentratsiyasi 20% 
dan ortgandan keyin shira tarkibida xlorid kislotasini va pepsinni ishlab 
chiqarish susayadi, ovqat hazm qilish buziladi. Bundan tashqari oshqozon 
xarakati keskin kamayadi, 12 barmoqli ichakka ochiladigan qism mushaklari 
tirishadi (spazm).
Alkogol ozuqa va plastik material bo‘lib xizmat qilmaydi va shu bilan bir 
qatorda zaharli bo‘lganligidan organizmga faqat zarar etkazadi. Davomli ichilsa, 
unga o‘rganish va qaramlik (ruhiy va jismoniy) rivojlanadi. 
Agar qonda alkogolning miqdori 300-400 mg% etsa o‘tkir zaharlanish 
kuzatiladi, 500-800 mg% bo‘lganda inson halok bo‘ladi. Mast bo‘lgan odamda 
spirtning qondagi miqdori 100-200 mg% bo‘ladi. O‘tkir zaharlanishni davolash 
uchun oshqozon yuviladi, analeptiklar, kislorod kiritiladi. Og‘ir hollarda 
gemodializ va simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Alkogolizm-bu spirt bilan surunkali zaharlanishdir. Bundan MNS 
funksional holati keskin buziladi. Odamning aqliy mehnat qobiliyati, xotirasi, 
fikrlash qobiliyatlari susayib, ruhiy o‘zgarshlar yuzaga chiqadi (Korsakov 
psixozi, belaya goryachka-oq istmalash). Bundan tashqari polinevrit, surunkali 
gastrit, surunkali gepatit, sirroz, yurak va buyrakning yog‘li distrofiyasi 
rivojlanadi. Alkogolizmda insonning ruhiy va jismoniy emirilishi rivojlanadi. 
Uning birinchi belgisi rashk bo‘lib, oilaning buzilishiga sabab bo‘ladi. Davolash 
statsionarlarda olib boriladi. Alkogolizmni davolashda asosiy preparatlardan biri 
teturam(antabus disulfiram) hisoblanadi. Dori vositasi biroz miqdor etil spirti 
bilan qo’shib beriladi. U aldegiddegidrodenazani faoliyatini susaytiradi va 
qonda atsetaldegid miqdori ko’payadi natijada u qusish markazini qo’zg’atadi va
bemorni ko‘ngli aynab, davomli qayt qiladi. Bu bir necha marta takrorlansa, 
shartli refleks paydo bo‘ladi va bemor aroq hidi kelsa qusadi.. Teturam (antabus) 


- 284 -
etil spirtini atsetaldegid hosil bo‘lish bosqichida to‘xtatagani uchun u yig‘ilib-
zaharlanishga olib keladi: o‘lim havfi, yurakda og‘riq, nafas siqish, qon 
bosimining pasayishi, kuchli terlash, qusish, kuchli bezovtalanish kuzatiladi. 
Teturamni 50 yoshdan oshgan, yurak qon-tomir xastaliklarida , jigar va buyrak 
patologiyalarida qo’llash tavsiya etilmaydi. 
Espiral -(ratoder)-teturamning davomli ta’sir etuvchi shakli bo‘lib, teri 
ostiga tikib (implantatsiya) qo‘yiladi. 
Ba’zida alkogolizmda markaziy qustiruvchi ta’sirga ega apomorfin (u 
ham etil spirti bilan birga beriladi) qo’llaniladi. 
Bundan tashqari alkogolizmni davolashda opioid analgetik antagonisti 
naltroksendan keng foydalaniladi. Psixotrop vositalar ham alkogolizmda 
samarali ta’sirga ega.
Afsuski, alkogolizmni davolashda har tomonlama samarali vosita yo‘q. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish