O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Hozirda uyqu vositalarining quyidagicha tasnifi qabul qilingan



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Hozirda uyqu vositalarining quyidagicha tasnifi qabul qilingan.
I.
Anksiolitiklar guruhi 
(
nitrazepam, 
sibazon, 
diazepam 
va boshqa 
benzodiazepinlar

II.
Narkotik tipdagi ta’sir etuvchilar guruhi: 
1.
geterosiklik birikmalar (barbituratlar) 
fenobarbital

barbital natriy, 
barbamil, etaminal natriy

2.
alifatik birikmalar (
xloralgidrat, bromizoval

III.
Turli kimyoviy tuzilishga ega bo‘lgan birikmalar (dimedrol, natriy-
oksibutirat) 
Uyqu chaqiruvchi vositalarning ta’sir mexanizmi aniq emas, chunki 
uyquning kelib chiqish mexanizmi ham oxirigacha xal etilmagan. Uyqu faol 
jarayon bo‘lib, unda retikulyar formatsiyaning rostal qismi faoliyati susayib 
(bosh miya po‘stloq qismini kuchaytiruvchi), gipnogen bo‘limlariniki esa ortadi, 
deb hisoblanadi. Balki uyqu vositalari gipnogen qismlarga ta’sir qilsa kerak. 


- 286 -
Barbituratlar bosh miyaning o‘zak qismidan po‘stloq qismiga qo‘zg‘atish 
impulslarini o‘tishini kamaytirsa, anksiolitiklar limbik qismiga ta’sir etadilar. 
Balki uxlatuvchi vositalar uyquni rivojlantiruvchi endogen birikmalarni (delta 
peptid) ajralishini oshirsalar kerak. Lekin fiziologik uyqu, uxlatuvchi vositalar 
bilan chaqirilgan uyqudan farqlanadi, chunki ular ta’sirida uyquning “tez” 
(odatda uning davomliligi “sekin” kechuvchi fazadan 4 marta qisqaroq) va 
“sekin” davrlarni davriy almashinishlari va ularning davomliligi buziladi. Bu 
organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. M-n: barbituratlar ta’sirida uyquning “tez” 
o‘tuvchi davri qisqaradi. Anksilotiklarning bu kabi ta’siri sustroq. 
Anksiolitiklar guruhidagi uxlatuvchi vositalar 
Anksiolitiklarning (anxius-bezovtalanish, qo‘rquv bilan qamralgan, lysis-
eritish) ko‘plari hayajonni kamaytirish hisobiga uyquni rivojlanishiga yo‘l ochib 
beradilar. Bu borada benzodiazepin hosilalarining uzoq (diazepam) va mo‘tadil 
ta’sir etuvchilari (nitrazepam, fenazepam) ko‘proq ahamiyatlidir. 
Benzodiazepinlarning ta’sir mexanizmi GAMK-A repseptorlarga 
GAMKning affinetitining (mosligini) oshirib, GAMKning tormozlovchi ta’sirini 
orttirishidan iborat. Bunda xlor ionoforlarining davomliroq ochilishi (yoki 
ularning sonini ortishi) kuzatilib, neyronlar ichiga ionlar ko‘proq kiradi va 
postsinaptik membranada tormozlanish potensiali ortadi, gipokampda va limbik 
sistema impulsdan keyingi gipotalamusga ta’sir etish rivojlanmaydi. 
Nitrozepam (Nitrazepamum) - uxlatish, anksiolitik, tinchlantiruvchi, 
tirishishga qarshi va miorelaksantlik ta’siriga ega. Ichilgandan 30-60daqiqa 
keyin, uyqu boshlanadi va 6-8 soat davom etadi. Ta’siri tugagach, salbiy 
o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Yurak-tomir va parenximatoz a’zolarga salbiy ta’sir 
ko‘rsatmaydi. Alkogol va narkotik moddalarning ta’sirini kuchaytiradi. MITdan 
yaxshi so‘riladi. Jigarda parchalanadi. Organizmda yig‘ilib qolmaydi.
Qo‘llanilishi: uyquni turli xil buzilishlarida, nevrozlarda, qo‘rquv bilan 
kechadigan ruhiy xastaliklarda, travmalarda, miyada qon aylanishining 
buzilishida, surunkali alkogolizmning abstinent sindromida, tutqanoqda, 


- 287 -
operatsiyalardan oldin va keyin. Nitrazepam qabul qilganlar, avtotransport 
haydashlari mumkin emas. Homiladorlik, miasteniya, jigar va buyrak xastaligida 
qo‘llash mumkin emas.
Sibazon (Sibazonum) - tibbiyotda keng qo‘llaniluvchi anksioltik. Mo‘tadil 
uxlatuvchi ta’sirga ega. Narkotik, uxlatuvchi, og‘riqsizlantiruvchi va alkogol 
ta’sirini kuchaytiradi. Miorelaksant va tirishishni yo’qotish xususiyatiga ega. 
Me’daning tungi sekretsiyasini pasaytirganligidan oshqozon va 12 barmoqli 
ichak yara xastaligida ahamiyatlidir. Antiaritmik ta’siriga ega. Sibazonni qon 
tomir, mushaklarga kiritish va ichish mumkin. Uyqudan oldin 1-2 tabletka 
ichiladi. 
Reladorm (tarkibiga siklobarbital 0,1+sibazon 0,01 kiradi)- Nitrazepam 
qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarda, kuchli qichish bilan kechuvchi 
dermatozlar qo‘llaniladi. 
Fenazepam (fenazepam). Yuksak faollikka ega bo‘lgan anksiolitik bo‘lib, 
benzodiazepining boshqa hosilalaridan ustunlikka ega. Yuqorida keltirilgan 
xastaliklarda qo‘llaniladi. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish