O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Natriy oksibutirat -
Gammaoksimoy kislotasining (GOMK) natriyli tuzi 
bo‘lib, o‘zining farmakologik xususiyatlari bo‘yicha MNSning tabiiy metaboliti 
gamma amino moy kislotasiga (GAMK) o‘xshaydi. Natriy oksibutirat 
gematoensefalik to‘siqdan oson o‘tadi, tinchlantiruvchi va markaziy 
miorelaksantlik ta’sirga ega. Katta dozalarda uyqu va narkoz chaqiradi. 
Og‘riqsizlantirish ta’siri kuchsiz, lekin narkotik va analgetiklar ta’sirini 


- 280 -
kuchaytiradi. Antigipoksantlik xususiyati yaxshi rivojlangan. Narkotik faolligi 
yetarli bo‘lmaganligidan katta dozalarda qo‘llaniladi. Bir daqiqada 1-2 ml 
tezlikda venaga kiritilganda 5-7 daqiqadan keyin bemor uyquga ketadi, 
qo‘zg‘alish davri rivojlanmaydi. Jarrohlik bosqichi 30-40 daqiqadan keyin 
yuzaga keladi va 2-4 soat davom etadi. Narkoz uchun venaga, mushaklarga va 
og‘iz orqali kiritish mumkin. Dori vositani bemorlar yaxshi qabul qiladilar, 
yurak qon tomir, nafas sistemasiga, jigar, buyrakga salbiy ta’sir etmaydi. Lekin 
tomirga tez kiritilsa harakat qo‘zg‘alishi, oyoq va qo‘llar hamda til 
mushaklarining ixtiyorsiz tortishishlari, nafas olish to‘xtab qolishi mumkin. 
Uyg‘onish bosqichida nutq va harakat qo‘zg‘alishi yuzaga chiqishi mumkin. 
MITdan yaxshi so‘riladi va ichilgandan keyin 40-60 min so‘ng narkoz 
rivojlanadi va u 1,5-2,5 soat davom etadi. Zaharliligi past.
Qo‘llanilishi: kirish va bazis narkozda, tug‘ishni og‘riqsizlantirishda, bosh 
miyaning gipoksiyali shishida, shoklarda, uyqu chaqiruvchi va tinchlantiruvchi 
vosita sifatida ishlatiladi. 
Narkoz vositalarini qo‘shib, (hamjihat) qo‘llash mumkin. Bunda 2 va 3ta 
narkoz vositalarining birga yoki ketma-ketlik bilan qo‘llash mumkin. Bundan 
maqsad qo‘zg‘alish bosqichini rivojlantirmaslik, narkozni tez yuzaga chiqarish, 
narkotik moddalarni zaharli va nojuya ta’sirlarini kamaytirish, chunki ular 
kichik dozalarda ishlatiladi. Tiopental natriy+ftorotan+azod-oksid. Lekin 
narkozlarni boshqarish oson bo‘lgan dori vosita bilan o‘tkazishga ahamiyat 
beriladi.
Narkoz vositalarini boshqa farmakologiya guruh vositalari bilan qo‘llab 
ishlatiladi masalan: tinchlantiruvchi, og‘riqsizlantiruvchi, atropinsimon, 
kuraresimon, ganglioblokator va boshqalarni har xil kombinatsiyalarda qo‘llash 
mumkin.

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish