O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Ketamin–
umumiy og‘riqsizlantirish va yuzaki uyqu chaqiradi, es-xushni 
chala yo‘qotadi, ya’ni haqiqiy chuqur narkoz rivojlanmaydi (dissotsiativ 
anesteziya,). Tomirga kiritilganda 30-60 sek keyin ta’siri boshlanib 5-10 daqiqa 
davom etadi. Mushak ichiga kiritilganda 2-6 daqiqadan keyin boshlanib 15-30 
daqiqa davom etadi. Lekin og‘riqsizlantiruvchi ta’siri tahminan 2-3 soatgacha 
saqlanadi. Dori vosita ko‘proq somatik og‘riq sezuvchanlikni susaytiradi, 
visseral, ya’ni ichki a’zolarda keluvchi og‘riq impulslarini kuchsiz kamaytiradi. 
Skelet mushaklari bo‘shashtirmaydi. Reflekslar (tomoq, yo‘tal, halqum-yutish) 
saqlanadi. Qon bosimi oshadi, taxikariya, so‘lak ajralishi kuchayadi, ko‘zning 
ichki bosimi ortadi. Narkoz vaqtida ixtiyorsiz harakatlar, gipertonus, 
gallyutsinatsiyalar 
bo‘ladi. Narkoz tugagach, ruhiy qo‘zg‘alish va 
harakatchanlik kuzatiladi, uzoq muddat qayerda ekanligini aniqlay olmaydi.
Qo‘llanilishi:
 
kombinirlangan anesteziyada (kirish narkozi), bemorlarni 
evakuatsiya qilishda, endoskopik muolajalarda, qisqa muddatli jarrohlik 
muolajalarida oftalmologiya, stomatologiya, tug’ruq jarayonida.
Miya-qon aylanishining buzilishi, gipertenziya, eklampsiya, qon 
aylanishining dekompensatsiya bosqichlarida, tutqanoq xastaligida qo‘llash 
mumkin emas. Barbituratlar bilan qo‘shilganda cho‘kmaga tushadi.
Tiopenal-natriy
-tomirga kiritilganda 1 daqiqadan keyin qo‘zg‘alish davri 
bo‘lmagan narkoz rivojlanadi va u 20-30 daqiqa davom etadi. Dori vositaning 
katta qismi yog‘ to‘qimasida to‘planib asta-sekin jigarda parchalanadi. Skelet 


- 279 -
mushaklarini yaxshi bo‘shashtiradi. Adashgan nervni qo‘zg‘atib, laringospazm 
chaqiradi, so‘lak va nafas bezlarining faoliyatini kuchaytiradi. Tomirga tez 
kiritilsa, kollaps va apnoe rivojlanadi, chunki dori vosita nafas va qon aylanish 
markazlariga salbiy ta’sir etadi. Narkozdan keyin, davomli uyqu chaqiradi.
Qo‘llanilishi: kirish narkozida, qisqa muddatli jarrohlik muolajalarida, 
tirishish va ruhiy qo‘zg‘alishlarni bartaraf etishda. Jigar va buyrakning organik 
xastaliklarida, diabet, bronxial astma va o‘tkir, tez o‘tuvchi porfiriyalarda 
qo‘llash mumkin emas.
Geksenal –
barbitur kislotasining hosilasi. Tomirga kiritilgach, 
qo‘zg‘alish davri bo‘lmagan, chuqur, tez rivojlanuvchi, jarrohlik davri 15-25 
daqiqa davom etuvchi narkoz rivojlanadi. Jigarda tez parchalanadi. Tiopental 
natriyga o‘xshash, lekin unga nisbatan ko‘proq asoratlar chaqiradi (yurak 
faoliyatini susaytiradi, tirishish kuzatiladi, uyg‘onish davrida harakat keskin 
kuchayadi). Asosan kirish narkozida qo‘llaniladi. 
Predion
- (viadril)-kimyoviy tuzilishi steroid gormonlarga o‘xshasa ham, 
gormonal ta’siriga ega emas. Predionning narkotik ta’siri 3-5 daqiqadan so‘ng 
boshlanib, 30-40 daqiqa davom etadi. U skelet mushaklarini yaxshi 
bo‘shashtiradi. Nafas, yurak-tomir sistemasiga deyarli ta’sir etmaydi. 
Miorelaksantlar ta’sirini kuchaytiradi. Asosiy kamchiligi, bu tomirlarga ta’sir 
etib, flebitga olib keladi. Buni oldini olish uchun, kiritishning oxirida glyukoza 
yoki osh tuzi eritmalaridan 10-20 ml kiritiladi (venalar yuviladi). Odatda 
kattaroq venalarga kiritiladi. Teri ostiga kiritish mumkin emas. Barbituratlarni 
qo‘llash mumkin bo‘lmaganda, kirish narkozi uchun qo‘llaniladi.

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish