Mashg’ulot №11. Mavzu: Shoshilinch holatlar (infektsion toksik va gipovolemikkaraxtlik, O’JE, miya shishi, krup, tirishish va gipertermiya).Gemorragik sindrom b-n kechuvchi kasalliklar taqqoslash tashxisi
Mavzu bayoni:
Bemor ahvoli juda og’irlashib, hayoti havf ostida qolganida zudlik bilan yordam berish (intensiv terapiya) umuman meditsinaning, xususan infektsion patologiyaning eng muhim sohasidir. Ba’zan bemor juda nochor ahvolga tushib qolganida hayotini saqlab qolishda soatlar emas, balki daqiqalar ham rol o’ynaydi;
Septistemiya, meningitlar, enstefalitlar, qoqshol, pnevmoniyalar, botulizm, ovqat toksikoinfektsiyalari va gepatitning og’ir xillarida bemorlarga zudlik bilan yordam berish zaruriyati tug’ilganda hali ham jadal davo usullari yaxshi yo’lga qo’yilmagani tufayli bemorlar ba’zan halok bo’lmoqdalar.
Yuqumli kasalliklar vaqtidagi o’ta kuchli intoksikatsiya ta’sirida yoxud bironta xavfli asorat yuz berishi natijasida bemor ahvoli tang bo’lib, hayoti xavf ostida qolganida reanimatsiya bo’limida yoki zudlik bilan davo choralari amalga oshiriladigan maxsus xonada davolanadi. Reanimatsiya bo’limida bemorni tezlikda tekshirib, uning yurak-qon tomir sistemasi va nafas organlarining ahvoli haqida (puls, nafas, qon bosimi, elektroqardiogramma, elektroenstefalogramma va boshqalar) tezlikda tegishli dalillar olish imkoniyatini beradigan sharoit mavjud.
Bulardan tashqari unda suv-elektrolit, kislota-ishqor muvozanati, qonning ivish xususiyati haqida va boshqa dalillar olishga imqon bo’ladi.
Zudlik bilan bemorga yordam berishda infuzion terapiya, etiotropterapiya, sun’iy nafas, giperbarik oksigenatsiya, sun’iy gipotermiya, ekstrakorporal gemodializ (bemordan ma’lum miqdor qon olib, o’rniga donor qoni yuborish),qon quyish, gemosorbtsiya, limfosorbtsiya, jigar perfuziyasi, qorin gemodializi, sun’iy buyrak apparati yordamida qilinadigan dializ (qonni tozalash) usullaridan foydalaniladi. Zudlik bilan davolaganda antibakterial preparatlar, shifobaxsh zardoblar, immunoglobulinlar, anatoksinlar keng qo’llaniladi.
Ba’zan infektsion kasalliklarda antibakterial preparatlar qo’llanishi kasallik oqibatini hal qiluvchi rol o’ynaydi (meningokokk infektsiyasi, bezgak, qorin tifi, salmonellyozning tarqoq xili, o’lat, leptospiroz, kuydirgida).Boshqa hollarda etiotrop davo usuli ikkinchi navbatga o’tadi va bemor hayotini saqlab qolish uchun zudlik bilan patogenetik davo tadbir-choralarini amalga oshirish zarur bo’ladi. Masalan, vaboda, salmonellalar qo’zg’atgan o’ta o’tkir gastroenteritda og’ir suvsirash (degidratatsiya) holati yuz bergani tufayli bemor hayoti xavf ostida qoladi. Shu sababdan darhol regidratatsiya choralarini kechiktirmay amalga oshirish (yetarli miqdorda poliionli tuz eritmalari yuborish) zarur bo’ladi. Aks holda ko’ngilsiz voqea sodir bo’lishi mumkin. Huddi shuningdek hiqildoq difteriyasida nafas yo’li torayib qolishi natijasida bemor nafas olishda juda qiynaladi va organizmda kislorod etishmaslik holati (gipoksiya) yuz beradi. Bunday bemorga difteriyani davolaydigan asosiy dori zardob yuborishdan ham, nafas yo’lini kengaytirish zarurroq bo’ladi. Aks holda bemor kislorod etishmasligi oqibatida halok bo’lishi mumkin. Yordam berish uchun zudlik bilan bemor inkubatsiya qilinadi (hiqildog’iga naycha tiqib nafas yo’li kengaytiriladi),yoki traxeyasini teshib havoga yo’l ochiladi.
Quyida infektsionistlarning kundalik amaliy faoliyatida uchrab turadigan va bemor hayotiga xavf tug’diradigan, binobarin zudlik bilan yordam berish zarur bo’lgan ba’zi holatlar haqida tegishli ma’lumotlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |