Mashg’ulot №11. Mavzu: Shoshilinch holatlar (infektsion toksik va gipovolemikkaraxtlik, O’JE, miya shishi, krup, tirishish va gipertermiya). Gemorragik sindrom b-n kechuvchi kasalliklar taqqoslash tashxisi Mavzu bayoni


Buyrak faoliyatining o`tkir yetishmovchiligi



Download 73,65 Kb.
bet7/9
Sana20.02.2023
Hajmi73,65 Kb.
#913248
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11 Мавзу Баёни

Buyrak faoliyatining o`tkir yetishmovchiligi
Bu holat leptospiroz, gemorragik isitmalar, meningoenstefalitlar, sepsis, virusli gepatit, vabo, salmonellyoz va boshqa kasalliklarda kuzatiladi.
Buyrak faoliyati yetishmovchiligining boshlang’ich davrida asosiy kasallik simptomlaridai tashqari chiqariladigan siydik miqdori kamayadi (bir kecha-kunduzlik siydik miqdori 500-1000 ml ni tashkil qiladi).Bemor tashna bo’lib, beli, o’ng va chap qovurg’alarining osti, qorni og’riydi, og’zi qaqraydi, teri osti kletchatkasi ozgina salqiydi.
Suv nagruzkasi bilan sinab ko’rilganda, ya’ni venaga 500 ml izotonik erntma yuborib tekshirilganda ham siydik chiqarish ko’paymaydi. Siydikda gialin tsilindrlar, epiteliy hujayralari topiladi, undagi natriy miqdori 10 mmol/l ni tashkil qiladi. Mochevina va kreatinin ko’rsatkichlari ozgina ko’payadi. Bunday holat yuz berganda buyrakka zararli ta’sir ko’rsatadigan antibiotiklar tayinlanmaydi (ularning dozasi 50% ga kamaytiriladi).Bemorda shok alomatlari bo’lsa, avvalo ularni bartaraf qilinadi. Organizmii qisman energiya bilan ta’minlash va hujayralarda kaliyni saqlash uchun bemor venasiga 300 ml 10%li glyukozaga 8 birlik insulin qo’shib, tomchi usuli bilan yuboriladi. Biologik membranalarni mustahkamlash, qon tomirlar devorining o’tkazuvchanligini kamaytirish va yallig`lanishga qarshi ta’sir ko’rsatish uchun prednizolon (30 mg) va gidrokortizon (125 mg) venaga qo`yiladi.
Torayib qolgan buyrak arteriyalarini kengaytirish va buyrakda qon harakatini yaxshilash uchun pipolfen (1%li eritmasidan 1-2 ml),eufillin (2,4%li eritmasidan 0,1-0,2 ml/ kg),nikotinat kislota (0,03-0,05 mg/kg hisobidan) venaga asta-sekin qo`yiladi. Shuningdek glyukoza (40%li eritmasidan 10 ml),askorbinat kislota (5%li eritmasidan 10 ml) ham buyuriladi.
Gipergidratatsiyani kamaytirish va tugatish hamda siydik chiqarishni ko’paytirish uchun laziks (1%li eritmasidai 2,5 mg/ kg) ishlatiladi.
Organizmda azotli chiqindilarni kamaytirish uchun iste’mol qilinadigan ovqat tarkibidagi oqsil va kaliyga boy mahsulotlar miqdori keskin kamaytiriladi.
Qonning tomirlarda ivib qolish sindromining oldini olish va tomirlardagi qon harakatini yaxshilash maqsadida gepatin (sutkasiga 200-400 bir/kg miqdorida) tomchilab venaga qo`yiladi.
Giper yoki gipokaliemiyaning oldini olish uchun bemor venasiga kaltsiy xlorid va kaltsiy glyukonat (10%li eritmasidan 10 ml) qo`yiladi,
Giponatriemiyaning oldini olish uchun natriy xloridning izotonik eritmasidan 200-300 ml venaga tomchilab yuboriladi.
Buyrak faoliyati o’tkir yetishmovchiligining ikkinchi davri - oliguriya paytida bir sutkada chiqariladigan siydik miqdori 500 mldan oshmaydi. Bemor boshi og’rib, ko’ngli ayniydi, qusadi, ovqat emaydi. Uxlayveradi, ba’zan tajovuzkorlik harakatlari kuzatiladi tanada shish paydo bo’ladi, yuz salqib, qorin ko’pchiydi. Pasternatskiy simptomi musbat bo’ladi. Enstefalopatiya, eklampsiya alomatlari kuzatiladi. Bemorning ko’zi xiralashadi.
Biokimyoviy tekshirishda gipernatriemiya, giperkaliemiya, atsidoz, kreatinin (500-1000 mmol/l gacha) va mochevina (30-50 mmol/l gacha) ko’paygani aniqlanadi. Qoldiq azot 200-290 mmol/l, plazmadagi ammiak miqdori 170-290 mmol/l, tashkil qiladi. Siydik - plarma koefistienti 1,5:1,1 gacha boradi.
Bunday holat yuz berganda harakatdagi qon hajmini normallashtirish va gemodinamikani tuzatish uchun davo choralari avvalo arterial gipertenziya bilan shok holatini bartaraf qilishga qaratiladi. Bemorga beriladigan suyuqlik miqdori sutkasiga chiqarilgan siydik hajmidan 500 ml ko’proq bo’ladi.
Hujayradan tashqaridagi suyuqlikdagi kaliyni hujayra ichiga o’tkazish va organizmda energiya muvozanatini to’g’rilash uchun 100 ml 40%li glyukoza eritmasiga insulin qo’shib (4 gr -glyukozaga 1 birlik insulin hisobidan),venadan yuboriladi.
Buyrakda qon harakatini yaxshilash va buyrak arteriolalarinikengaytirish uchun izotonik eritma yoki glyukozada suyultirgan holda dopamin (4% eritmasidan 1,5-3 mg/kg) tomchi usuli bilan venaga yuboriladi (gipotenziya bo’lsa, 8-12 mg/kg hisobidan),shuningdek eufillin buyuriladi (2,4% eritmasidan 0,1- 0,2 mg/kg hisobidan venaga).
Diurezni yaxshilash va gipergidratatsiyani bartaraf qilish uchun laziks (1%li eritmasidan 2,5 mg/kg dan 20-30 mg/kg gacha) venaga tomchilab qo`yiladi.
Metabolik atsidozga qarshi natriy gidrokarbonat (5%li eritmasidan 2-4 ml/kg) yoki trisamin (4-5 ml/kg) venaga tomchilab yuboriladi.
Giperkaliemiya va gipokaliemiyani bartaraf etish uchun kaltsiy glyukonat (10%li eritmasidan sutkasiga 20-40 ml dan) venaga oqim holida qo`yiladi.
Tomirlarda qon ivib qolishining oldini olish va qon harakatini yaxshilash uchun venadan geparin (kuniga 200-500 birlik /kg hisobidan) yuborish buyuriladi. Soda eritmasidan sifonli klizma qilish tavsiya etiladi. Me’dani zond yordamida yuviladi. Belga isitgich qo’yiladi. Intoksikatsiyani kamaytirish uchun tomchilab gemodez (200 ml) yuboriladi. Qusishni to’xtatish uchun 10%li natriy xlorid eritmasi buyuriladi. Bemorni tinchlantirish uchun venaga yoki muskul orasiga droperidol (0, 25% eritmasidan 2-5 ml) shuningdek muskul orasiga promedol (1%li eritmasidan 1-2 ml) in’ektsiya qilinadi. Yuqorida qayd qilingan dori-darmonlardan tashqari ekstrakorporal detoksikatsiya, gemodializ, gemosorbtsiya, peritoneal dializ usullaridar ham foydalaniladi.
III. Diurezning ko’payish davri. Bu davrda diurez sutkasiga 1,5 dan 5-6 litrgacha ko’payadi (poliuriya).Biroq bemor ahvoli og’ir bo’lib qolaveradi. Siydikning nisbiy zichligi kam bo’ladi. Siydik cho’kmasida eritrotsitlar, epiteliy hujayralar va tsilindrlar topiladi. Bu davrda elektrolitlar, kislota-ishqor muvozanati, mochevina, kreatininni tekshirib, elektroqardiografiyani kuzatib borish, azotemiyani sekin-asta kamaytirish choralarini ko’rish kerak.
Buyrak faoliyati yetishmovchiligining bu davrida bemor qabul qiladigan suyuqlik miqdori chiqariladigan siydik hajmidan kamroq (0,2-0,5 litrgacha) bo’lishi lozim.
Hujayralar ichida kaliyni saqlab qolish va organizmni energiya bilan ta’minlash uchun glyukozaning 5-10%li eritmasidan 500 ml tomchilab venaga yuboriladi. Kaliy xlorid 7, 5% eritmasidan sutkasiga 1-2 mg/kg hisobida venaga tomchilab berib turiladi. Insulin (8-10 birlik) ham tayinlanadi.
Disproteinemiyani bartaraf qilish uchun 5%li albumin, plazma buyuriladi.
Gipergidratatsiyani tugatish uchun sorbit (50-80 g) yoki magniy sulfat (15-30g) yarim stakaniliq suv bilan ichiriladi. Anabolik ta’sir ko’rsatish uchun bir haftada bir marta muskul orasiga retabolil (5%li eritmasidan 1-2 ml) yuboriladi.
Giponatriemiya holati yuz berganda 3% natriy xlorid venaga qo`yiladi.
Elektrolitlar almashinuvini tartibga solish uchun venaga tomchilab atsesol, trisol, laktosol (500 ml) yuboriladi.
IV. Sog’ayish davrida poliuriya to’xtaydi, diurez normallashadi. 6-8 oygacha gipostenuriya kuzatiladi. Bunday holatda simptomatik terapiya amalga oshiriladi.

Download 73,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish