O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Simpatolitiklar 
Rezerpin – 
Reserpine
Ichishga 0.00005-0,0001 g Kukun; tabletka 0,0001 va 
0,00025 g 
6.Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi vositalar 
6.1.Narkoz vositalari. Etil spirti. Uxlatuvchi vositalar 
Bu guruh moddalar umumiy og‘riqsizlantirishda qo‘llaniladi. Narkoz 
deganda MNS funksiyalarining qaytar susayishi tushunilib, u es-xushning 
yo‘qolishi, turli xil sezuvchanlikni va birinchi navbatda og‘riq sezishni keskin 
pasayishi, reflektor qo‘zg‘aluvchanlik va skelet mushaklari tonusini kamayishi 
bilan kechadi. Narkoz jarrohlik muolajalarni o‘tkazish uchun qulay sharoit 
yaratadi. Narkoz chaqiruvchi vositalarning ta’sir mexanizmi: MNSda 
qo‘zg‘alishni neyronlararo sinapslardan o‘tkazilishini buzilishi yoki kamayishi 
bilan bog‘liq. Buni tushuntiruvchi ko‘pgina nazariyalar (biofizik, bioximik, 
adsorbsion, lipid, oqsil, gidratlangan mikrokristal) mavjud, lekin birortasi ham 
jarayonni to‘liq yoritib berolmaydi. MNS har-xil bo‘limlarining narkoz 
vositalariga sezgirligi bir xil emas. Jumladan, eng sezuvchani bu miyaning 


- 272 -
po‘stloq qavati va retikulyar formatsiyadir, eng past sezuvchani bu uzunchoq 
miyada joylashgan hayot uchun muhim markazlarning sinapslaridir. 
Narkoz bosqichlari: 
1.
Analgeziya bosqichi 
2.
Qo‘zg‘alish bosqichi 
3.
Jarrohlik bosqichlari:
-
yuzaki narkoz, 
-
yengil narkoz, 
-
chuqur narkoz, 
-
juda chuqur narkoz 
4.
Agonal bosqich 
Bu bosqichlar asosan efir ta’siridagi narkozga xos bo‘lib, boshqa narkotik 
moddalar bilan chaqirilgan narkozda bosqichlarning rivojlanish darajasi turlicha 
bo‘ladi. Narkoz chaqiruvchi moddalarning kimyoviy tuzilishi va ta’sir kuchi 
orasida ma’lum qonuniyat yo‘q, chunki ular turli kimyoviy birikmalar turkumiga 
mansubdir. 
Narkoz vositalarining organizmga kiritish yo‘liga qarab, narkotik 
moddalar quyidagilarga bo‘linadilar: 
-
ingalyatsion narkoz vositalari
-
noingalyatsion narkoz vositalari
Narkoz uchun qo‘llaniladigan vositalar quydagi talablarga javob berishlari 
kerak: 
-
kuchli narkotik faollikka ega bo‘lishlari kerak, ya’ni narkoz tez rivojlanishi, 
qo‘zg‘alish davrining bo‘lmasligi yoki qisqa bo‘lishi, narkoz chuqur bo‘lishi 
kerak; 
-
narkoz oson boshqariladigan, ya’ni dori vositaning konsentratsiyasini 
o‘zgartirish bilan narkoz chuqurligi o‘zgaradigan bo‘lishi kerak;


- 273 -
-
ta’sir kengligi (narkotik kengligi) katta bo‘lishi kerak, ya’ni dori vositaning 
narkoz chaqiruvchi va uzunchoq miyada joylashgan markazlarni falajlovchi 
miqdori orasidagi farq katta bo‘lishi kerak; 
-
noxush va ortiqcha ta’siri bo‘lmasligi, bo‘lsa ham juda kam bo‘lishi kerak;
-
ta’sir kaytar bo‘lishi, narkozdan keyingi davr asoratsiz kechishi, narkotik 
modda berish to‘xtagach narkozdan chiqish tez bo‘lishi kerak; 
-
o‘t olish va portlashdan hafsiz bo‘lishi kerak.
-
moddiy jihatdan (ishlab chiqarish va xarid ma’nosida) arzon va qulay bo‘lishi 
kerak. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish