O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


- feoxromatsitoma (chunki oktadin avval qon bosimini ko‘taradi)



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

 
-
feoxromatsitoma (chunki oktadin avval qon bosimini ko‘taradi)
 
-
miokard infarktida, gipotonik holatlari
 
-
buyrak filtratsiyasining buzilishida (chunki peshob tarkibida o‘zgarmagan 
dori ajraladi yoki uning metabolitlari). 
Rezerpin
-
yaqqol simpatolitik xususiyatga ega, Rauwolfia serpentina 
o‘simligining bargi va ildizidan olinadigan alkaloid, rezerpin kislotasining 
murakkab efiridir, indol hosilasi. Rezerpin NA ni zahira qilinishini buzadi
aksoplazmadagi NA zaxirasiga eng boy bo‘lgan vezikulalarda mediator 
miqdorini keskin kamaytiradi. Dori vosita ta’sirida presinaptik membranadagi 
zaharlardan NA ajralib chiqishi kuchayadi, lekin MAO ta’sirida parchalanib 
ketadi va sinaps yorig‘iga yetarli miqdorda NA chiqmaydi. Buning natijasida 
tomirlarga adrenergik ta’sir bo‘lmaydi, qon bosimi tushib ketadi va bunday 
natija uzoq muddat saqlanadi. Rezerpin qon bosimini asta-sekin tushiradi (maks. 
effekt bir necha kundan keyin yuzaga keladi). U bir hisobdan yurakning sistolik 
hajmini va periferik qon tomirlar qarshiligini kamayishi bilan bog‘liq bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan pressor reflekslarning susayishi bilan bog‘liqdir. Rezerpin 
bevosita adrenolitik va ganglioblokatorlik xususiyatiga ega emas, lekin simpatik 
nerv tonusining pasayishi, parasimpatik nervlar ta’sirining ustunligiga olib 


- 268 -
keladi. Natijada bradikardiya, MIT a’zolarining sekretsiyasi va harakatining 
kuchayishi, qorachiq torayishi va bosh og‘rig‘i yuzaga keladi. Rezerpin MNS ga 
tinchlantiruvchi ta’sir etadi (neyroleptik), buyrakda qon aylanish va filtratsiyani 
kuchaytiradi, yog‘ va oqsil almashinuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi (ayniqsa, 
xafaqon, yurak toj tomir aterosklerozi bor bemorlarida). 
Qo‘llanilishi: 
-
xafaqon, yurak tomir yetishmovchiligining yengil ko‘rinishida 
-
homiladorlikning kech toksikozlarida 
-
tireotoksikozda (antitireoid dori vositalarning dozasini kamaytiradi) 
-
asab ruhiy buzilishlarda (shizofreniya, alkogol psixozida) 
-
uyqusizlikda. 
Noxush ta’siri : ko‘z shilliq qavatining qizarishi, oshqozonda og‘riq 
paydo bo‘lishi, diareya, xolsizlik, bosh aylanish, ko‘ngil aynash, qayt qilish, 
yomon tush ko‘rish, bronxospazm (ayniqsa, bronx.astmali bemorlarda) xurjini 
kuchaytirish, uyquchanlik (uyqusirash), parkinsonizm, ishtahani ochilib ketishi. 
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: 
-
yurak tomir sistemasining og‘ir va organik jarohatida (dekompensatsiya) 
-
bradikardiyada 
-
nefrosklerozda
-
me’da va 12 barmoq ichakning yara kasalligida 
-
bronxial astma va boshqa allergik holatlarda
-
serebral sklerozda. 
Raunatin
-
rauvolfiya o‘simligining ildizi tarkibidagi alkaloidlar 
yig‘indisidan iborat (rezirpin, aymalin, serpentin va boshqalar …), farmakologik 
ta’siri asosan tarkibidagi rezerpin bilan bog‘liq. Asosiy ta’sir bu qon bosimini 
tushirish va antiaritmik xususiyatidir. MNS ga rezerpinga nisbatan kuchsizroq 
tinchlantiruvchi ta’sir qiladi. Rezerpinga nisbatan gipotenziya chaqirishi asta 
sekin boshlanadi. Noxush ta’siri kamroq, rezerpinga nisbatan yaxshiroq ta’sir 
ko‘rsatadi.


- 269 -
Ba’zan terlash, uyqusirash, xolsizlik, burun shilliq qavatining shishi 
kuzatiladi. qon bosimini tushiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Ornid

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish