O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Gazsimon narkotik vositalar 
Azot (I)-oksid -rangsiz, hidsiz gaz bo‘lib, mahalliy qitiqlantiruvchi 
xususiyati yo‘q, zaharsiz modda hisoblanadi. Narkotik kuchi sust. Narkoz 
rivojlanishi uchun uni nafas yo‘llariga 94 hajm % miqdorida kiritish kerak, lekin 
bunda gipoksiya vujudga keladi. Agar 80-86% miqdorda berilsa, yuzaki narkoz 
rivojlanadi (“shodlantiruvchi gaz”). Anesteziologiyada 80% azot (I)-oksidi va 
20% kislorod aralashmasidan foydalaniladi. Bunda tez, qo‘zg‘alish bosqichi 
qisqa bo‘lgan, oson boshqariladigan narkoz yuzaga keladi. Lekin narkoz chuqur 
bo‘lmaydi, mushaklar bo‘shashmaydi. Dori vositani berishni to‘xtatish bilan 
bemor uyg‘onadi. Noxush ta’sirlari yo‘q. Alangalanmaydi, lekin efir bilan 
aralashmasi portlashi mumkin. Odatda bu dori vositani boshqa faolligi yuqori 
bo‘lgan narkotiklar bilan (ftorotan), kuraresimon vositalar bilan qo‘shib 
qo‘llaniladi. Faqat jarrohlikda emas, balki kuchli og‘riqlarni daf etishda ham 
ishlatiladi. (miokard infarkti). Dori vosita nafas yo‘llari orqali o‘zgarmagan 
holda organizmdan ajraladi.
Siklopropan- Azot (I)-oksididan narkotik va og‘riqsizlantirish kuchi 
yuqoriligi bilan farq qiladi.
Narkotik ta’sir kengligi katta. Tez yuzaga chiquvchi (3-5 min), chuqur, 
qo‘zg‘alish bosqichi juda sust va qisqa bo‘lgan narkoz chaqiradi. Bunda skelet 
mushaklari yaxshi bo‘shashadi, narkozni boshqarish yengil, narkozdan 
uyg‘onish qisqa (bir necha daqiqa). Dori vositaning asosiy kamchiligi bu 
kardiotoksik ta’siri, ya’ni siklopropan har turli aritmiyalarni, xatto qorinchalar 
(ekstrasistoliyasi, bradikardiya) mushaklarining titrashini chaqiradi, chunki u 
miokardni adrenalinga bo‘lgan sezuvchanligini oshirib yuboradi. Bundan 
tashqari siklopropan qon bosimini oshiradi, giperglikemiya, glyukozuriyani 
rivojlantiradi, nafas olishni yomonlashtiradi. Dori vosita o‘pka orqali ajraladi. 
Narkozdan keyingi davrda analgeziya bo‘lmaganligidan bemorlar og‘riqni 
sezadilar, bosh og‘rig‘i, ichak parezi, qayt qilish kuzatiladi.


- 277 -
Ko‘pincha boshqa narkotiklar bilan birga qo‘llaniladi (azod-oksidi,efir) 
nafas yo‘llari bezlari sekretsiyasini kuchaytirmaganligi sababli o‘pka kasalliklari 
bor bemorlar siklopropan bilan chaqirilgan narkozni yaxshi o‘tkazadilar.

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish