Mavzu: Guruhdan bir predmetni ajratishni, alohida predmetlardan guruh hosil qilishni o‘rgatish Maqsad



Download 197,9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.01.2023
Hajmi197,9 Kb.
#898181
Bog'liq
Mashg ulot ishlanmasi matematika



Mavzu: Guruhdan bir predmetni ajratishni, alohida
predmetlardan guruh hosil qilishni o‘rgatish 
Maqsad:
• Alohida predmetlardan guruh hosil qilishni, guruhdan bir predmetni ajratishni 
o‘rgatish. 
• «Ko‘p» va «bitta» tushunchalarining ma’nosini tushuntirish, nutqida «ko‘p», 
«bitta», «bitta ham», «bittadan» so‘zlarini ishlatishni mashq qildirish. 
Kutilayotgan natija:
• Bolalar «bitta» va «ko‘p» haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. 
Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga 
mo‘ljallangan interfaol usullar:
• Qisqa hikoya 
• Tushuntirish 
• Savol —javob 
• Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin
Kerakli jihozlar:
• O‘yinchoqlar to‘plami — ona mushuk va mushukchalar (mushukchalar soni, 
bolalar soniga teng bo‘lishi kerak). 
Mashg‘ulotga tayyorgarlik:
• Stol ustiga o‘yinchoqlar — ona mushuk va mushukchalar usti yopiq holda 
qo‘yiladi. Bolalar stol atrofida yarim doira bo‘lib o‘tiradilar. 
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: 
«Miyovv, miyovv!»— Bu miyovlayotgan nima ekan? (Tarbiyachi ona 
mushukning ustini ochib ko‘rsatadi). Bu ona mushukku. Ona mushuk nechta ekan? 
Ona' mushuk nimalarni chaqiryapti? (Tarbiyachi mushukchalarning ham ustini 
ochadi va bolalarning diqqatini mushukchalarning ko‘p ekanligiga qaratadi. «Ko‘p» 
so‘zini alohida intonasiya bilan talaffuz etadi. Bitta mushukchani qo‘liga olib 
so‘raydi: «Menda nechta mushukcha bor? To‘tri. Menda bitta mushukcha bor. Ona 
mushukda qancha mushukchalar bor? Ha, ona mushukda mushukchalar ko‘p», — 
deb tarbiyachi bolalarning javoblarini ma’qullaydi. 


Keyin bolalarni navbat bilan chaqiradi va bittadan mushukcha olishni taklif qiladi. 
Har bir bola bittadan mushukcha oladi, ona mushukning bolalari tobora kamayib 
boraveradi, oxiri bitta ham qolmaydi. «Bittadan» va «bitta ham» so‘zlari urg‘u berib 
aytiladi. Bolalar «bittadan» mushukcha olganlaridan keyin ona mushukda «bitta 
ham» mushukcha qolmaganini ko‘radilar. Tarbiyachining taklifi bilan 
mushukchalarni yaxshilab ko‘rib chiqadilar. Tarbiyachi savol beradi: 
«Mushukchalar qanday rangda? Qani aytingchi, sizlarda nechtadan mushuk bor?» 
Savollarga 2 — 3 bola javob beradi. Tarbiyachi ularning javoblarini umumlashtiradi: 
«Jamolda bitta mushukcha, Ulug‘bekda bitta muigukcha, Lolada bitta mushukcha, 
Kamolda bitta mushukcha, Yulduzda bitta mushukcha, hammada bittadan 
mushukcha bor, ona mushukda esa bitta ham mushukcha qolmadi. Kelinglar, 
hammamyz birgalikda aytamiz: bitta ham mushukcha qolmadi! «Miyovv, miyovv!» 
— ona mushuk mushukchalarini chaqiryapti. Ona mushukda ko‘p mushukcha 
bo‘lishi uchun nima qilishimiz kerak? Ona mushukda ko‘p mushukcha bo‘lishi 
uchun, qo‘lingizdagi mushukchalarni olib kelishingiz kerak». Tarbiyachi bolalarni 
navbat bilan stol yoniga chaqiradi, har bir boladan u nechta mushukcha olib 
kelganligini so‘raydi, ularning olib kelgan mushukchalarining sonini ta’kidlab aytib 
turadi: «Kamol bitta mushukcha olib keldi, Jamol bitta mushukcha olib keldi, Lola 
bitta mushukcha olib keldi, bolalar qaranglar, mushukchalar ko‘payib bormoqda». 
Hamma mushukchalar stolga qo‘yilganidan keyin ona mushukda qancha mushukcha 
bo‘lgani aytiladi. «Hamma bittadan mushukcha olib keldi va ona mushukning 
mushukchalari ko‘p bo‘ldi». «Ha, ona mushukning mushukchalari ko‘p. Ona 
mushuk nechta? To‘g‘ri, ona mushuk bitta. Qaysi ' ko‘p: ona mushukmi yoki 
mushukchalarmi ? To‘g‘ri, mushukchalar ko‘p, ona mushuk bo‘lsa bitta». 
Bolajonlar, hozir men sizlarga qiziqarli hikoya aytib beraman. Bitta mushukning 
ko‘p mushukchalari bor ekan. Bolajonlar mushuk nechta ekan? Bitta. 
Mushukchalarchi ? To‘g‘ri, mushukchalar ko‘p ekan. Mushuk bolalarini qanday 
qilib chaqiradi? To‘g‘ri, «miyovv» deb chaqirar ekan.. Mushukchalarchi, ular 
qanday javob beradilar? Mushuk mushukchalari bilan har xil o‘yinlar o‘ynar ekan. 
Masalan: «Bekinmachoq» o‘yinini o‘ynar ekan. «Bekinmachoq» o‘yinini bilasizlar, 


bir kishi ko‘zlarini yumib turadi, boshqalar yashirinadi. So‘ng ko‘zini yumib turgan 
bola, ko‘zini ochib, yashiringanlarni topadi. Xohlaysizlarmi, hozir mushukchalar 
bilan «Bekinmachoq» o‘yinini o‘ynaymiz. Biz mushukchalarning onasi bilan 
ko‘zimizni yumib turamiz. Sizlar har biringiz bittadan mushukchani olib, u bilan 
birga yashirinasiz. Keyin biz sizlarni izlab topamiz. " Biz ko‘zimizni yumib 
turibmiz, qani, bolajonlar, har biringiz bittadan mushukchani olib, u bilan birga 
yashirining. Hamma bolalar va mushukchalar yashirinib bo‘ldimi? Biz izlashni 
boshladik! Jamolbek, siz mushukcha bilan stol yoniga yashiringansiz, sizni topib 
oldik. Mushukcha bilan yonimga keling. Jamolbek, siz nechta mushukcha olib 
keldingiz? To‘g‘ri, bitta mushukcha olib keldingiz. Miyov — miyov! 
Mushukchalarning onasi xursand bo‘ldi. Xuddi shunday qilib tarbiyachi hamma 
bolalarni topadi. «Bekinmachoq» o‘iini yoqdimi, bolajonlar? So‘ngra stol ustida 
nechta mushuk va qancha mushukchalar borligini so‘raydi. 
Bolalar bilimini tekshiriga va mustahkamlash uchun savollar:
1
.
Ona mushuk nechta? 
2. Mushukchalar qancha, ko‘pmi, bittami? Mashgulot yakunida bolalarni 
rag‘batlantirish. 

Download 197,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish