FARG’ONA DAVLAT UNEVERSITETI
PEDOGOGIKA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
PEDOGOGIKA PSIXOLOGIYA YO’NALISHI
19.22 GURUH TALABASI
YOQUBOVA DIYORABONUNING
SHAXS PSIXOLOGIYASI.IQTIDORLI BOLALAR
PSIXOLOGIYASI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU;ONGSIZLIK Z.FREYD bo’yicha insoniy mavjudlikning asosi sifatida
REJA 1.Z.FREYD hayoti
2 Z.FREYDNING PSIXOANALITIK TA’LIMOTI
3. Z.FREYD bo’yicha insoniy mavjudlikning asosi 4.xulosa
Zigmund Freyd 1856-vili 6 mayda Chexoslovakiyaning Prshibor (u paytdagi
Freyburg) degan kichik bir shahrida dunyoga keladi. 1860-yili Freydlar oilasi
Venaga ко’chib o’tishadi va Z. Freyd umrining oxirigacha Avstriyada yashab ijod
qiladi. Fizika, biologiya, tarix va falsafaga o’ch bo’lgan Z. Freyd doimo tabiatda
bo’ladigan hodisalaming o’zini o’rganibgina qolmasdan, ulaming sabablarini
izlagan. Z. Freyd umrining oxirigacha determinist bo’lib qoldi, ya’ni ruhiy-asabiy
bo’zilishlaming sababini, asl mohiyatini izladi. Z. Freyd awaliga mashhur olim Ernst
Bryukkning qo’l ostida fiziologiya sirlarini o’rgandi. U ilmiy ish bilan shug’ullanib,
orqa miya ftziologiyasini o’rgana boshlaydi. Lekin Freyd ko’p bolali oilada tavallud
topganligi uchun moddiy tomondan juda qiynalib qoladi va ilmiy ishni tashlab,
amaliy nevrologiya sohasida ishlab, har kuni 8-10 soatlab bemorlami qabul qiladi.
Tibbiy amaliyotda olgan tajribalarini ilmiy tomondan o’rganib, tez orada mashhur
nevropatolog vrach bo’lib nom chiqaradi. O’sha paytlari bemorlami davolashdagi
fizioterapevtik usullami Z. Freyd ham ko’p qo’llagan va biroq keyinchalik bu usullar
uni qoniqtirmagan. U gipnoz bilan qiziqib, uni Iosif Breyer va J. Sharkolardan
o’rganib, bemorlami davolashda keng tadbiq qiladi. Bolalar/ serebral falaji,
afaziyalar bilan qiziqib, bir nechta maqolalar ham chop qildiradi
1861-yili motor nutq markazini kashf qilgan P. Brok nutq bo’zilishini
«afemiya» deb atagandi. Z Freyd motor afaziya haqida so’z yurita tunb,
«Transkortikal motor afaziyada bemoming gapira olmaslik sababi, Brok markazi
funksional faoliyatinmg pasayishidir», degan edi.
Z. Freyd fanda yangi yo nalish, ya’ni psixoanalizni yaratadi. U mhiyasabiy
bo’zilishlaming kelib chiqishi bilan qiziqdi, isterik simptomlaming sabablan va
sirlarini o’rgandi, ulami ruhiv ta’sir qilish vo li bilan davolav boshladi Ongsizlik
haqida ta’limotni yaratdi.
Seksual hayotning ruhiy faoliyat bilan uzviy bog’liqligini o’rgandi. Z. Freyd fan olamida mard olimlardan bin edi. Agar uning dunyoqarashiga zid
va isbotlangan yangi dalillar paydo bo’lsa, ulami o’ziga xos mardlik bilan qabul
qilardi. Masalan, isteriyalami faqat seksual bo’zilishlar nuqtai nazaridan tushuntirib
bergan Z. Freyd birinchi jahon urushida juda ko’p askarlar orasida isterik
simptomlami kuzatgan, urushdan qaytgandan so’ng esa ularda isteriya belgilari yo’q
bo’lib ketgan. Bu holatni kuzatgan Freyd panseksualizm g’oyasidan chekindi. Shuni
ta’kidlash lozimki, mashhur fiziolog I P. Pavlovning eksperimental nevrozlar
kansepsiyasini yaratish g’oyasiga Z. Freydning shu sohaga taalluqli maqolasi ham
turtki bo’lgan.
Z. Freyd isterik nevrozlaming kelib chiqishida I.P. Pavlovning tormozlanish va
qo’zg’alish jarayonlari haqidagi ta’limotini yuqori baholagan. Sobiq sho’ro tuzumi
davrida bu ikkala buyuk olimning ishlari bir-biriga qarama- qarshi qo’yilib, mashhur
psixoanalitik Z. Freyd asossiz qoralab kelindi. Ammo uning inson psixologiyasini
o’rganishda qilgan olamshumul ishlari butun dunyoda tan olingan edi.
Z.Freyd bo'yicha psixikaning to'zilishi
Z. Freyd katta bir maktab yaratdi va buning natijasida fanda freyd izm
yo’nalishi paydo bo’ldi. Bu haqda kitobning «ongsizlik» qismida batafsil ma’lumot
beramiz. Uning dastlabki safdoshlari va shogirdlari A. Adler va K.G. Yunglar
nevrozlaming kelib chiqishiga oid o’z nazariyalarini ilgari surishdi. A. Adler fanda
individualpsixologiya g’oyasini ko’tarib chiqqan bo’lsa, K.G. Yung ote e’tiborini
analitikpsixologiyaga qaratdi.
Z. Freyd yaratgan psixonaliz to’g’risidagi nazariya inson ruhini bir muz tog’iga
qiyoslaydiki, go’yo uning ustki, ya’ni oltidan bir qismi ong bo’lsa, suv ostida
ko’rinmay yotgan oltidan besh qismi ong ostidagi jamyonlardir, ya’ni ongsizlikdir.
Psixoanaliz fani o’z oldiga ongdan yashirinib yotgan chuqur psixologik
jarayonlaming sir-asrorini ochishni maqsad qilib qo’vadi va shu yo’l bilan nevrozni
keltirib chiqaruvchi omillami o’rganadi. Z.Freyd «yashirinib» yotgan psixologik
jarayonlami ongsiz jarayonlar deb atadi. Rus psixologlari bu holatni turli atamalar
bilan ta’riflashadi: «bessoznatelnoye» (ongsizlik), «podsoznatelnoye» (ongostlilik), «podsoznaniye» (ong osti). Ba’zi o’zbek psixologlari «ongostlilik» degan atamani
ma’qul ko’rishadi. Shunday qilib, hanuzgacha fanda katta shovshuvlarga sabab
bo’lib kelayotgan va mohiyati to’laligacha o’rganilmagan ushbu noaniq psixologik
jarayonlaming atamasi ham noaniq fc^o’lib qolmoqda. Ulaming ma’nosini
o’zgartirmagan holda biz «ongsizlik» atamasini ma’qul topdik va darslikda ushbu
atamadan foydalanamiz.
Ongsizlik bu shunday holatki, bunda odam ixtivorsiz tarzda, o’zi bilmasdan
yoki anglamasdan turli xatti-harakatlami amalga oshiradi. Bu xatti-harakatlar o’z-
o’zidan kundalik havotda, uyquda, ya’ni tush ko’ravotganda yoki gipnotik holatlarda
kuzatilib turadi. Ongsizlik, tabiiyki, ongga bog'liq bo’lmagan holat.
Z. Freydning ta’biri bilan avtganda, ongdan siqib chiqarilgan odamning tabiiy
instinktlari ong ostida joy topadi. Ongsizlik tug’ma xususiyat bo’lib, insonning
barcha xatti-harakatlarini belgilab beradi.
Ongsizlikni Z. Freydning psixoanaliz haqidagi ta’limoti o’rganadi. Psixoanaliz
ta’limotining yaratiUshiga, asosan, bolalar psixologiyasi, nevrozlar klinikasi va
psixoterapiya usullari turtki bo’lgan. Psixoanaliz o’rganadigan asosiy
yo’nalishlardan bin shaxsning jinsiy rivojlanishidir. Z. Freyd nevrozlaming kelib
chiqishini o’zi yaratgan psixoseksual nazariyaga asoslanib tushuntirib berdi.
Z. Freyd o’z kuzatuvlariga asoslanib, odam shaxsi va ruhiyatining yangi bir
modelini yaratdi. Unga asosan, bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgan 3 ta psixologik
to’zilma mayjud. Bular id, ego va super-ego «И» — bu instinktlar. U ongdan xolis.
«Ego» — bu Men. Uning ongi bor. «Superego», ya’ni Super-men — bu odamni
o’rab turgan muhit, jamiyat. U odamning xulq-atvorini «tepadan» nazorat qilib
turadi. Bu tushunchalaming har biriga ta’rif berib chiqamiz.
Id yoki instinktlar. Z. Freydning fikricha, evolyusiyaning dastlabki bosqichida
odamda o’z-o’zini saqlash, ya’ni ovqat izlash instinkti odamning xulq-atvorini
belgilab bergan. shu bilan parallel holda yoki biroz so’ng bu funksiyani ko’payish
instinkti, ya’ni seksual instinkt bajara boshlagan. Bu instinktlar «id» ning o’zginasidir. «Id» ongda aks etmaydi, u ong ostida joylashgan, to’g’rirog’i, ong
ostiga tiqishtirilgan. «Id» qoniqish prinsiplariga asoslanib faoliyat ko’rsatadi. Bu
yerda jinsiy qoniqish alohida o’rin to’tadi. Z.
Freyd jinsiy mayl tushunchasini bag’oyat kengaytirib yuboradi. Ya’ni Z. Freyd
ta'limoti bo’yicha jinsiy mayl odamning xatti-harakatini tug’ilganidan buyon
boshqarib keladi. Z.Freyd qondirilmagan his-tuyg’u yoki maylning ruhiy quwati ong
ostida to’planib boradi va o’z ifodasini topishga urinadi, deb fikr yurgizadi.
Mayllar ichida u libidoni asosiy o'ringa qo’ygan
«Id» doimo «men» va «super-men» bilan murosasiz jang olib boradi, chunki
ular «id» ni doimo nazorat qilishga intiladi. «Id» kuchli energiyaga ega bo’lsa-da,
«men» uni ong ostidan so’zib chiqishiga yo’l qo’ymaydi. Shuning uchun ham «id»
tajovuzkordir.
«Men» nazoratni to’la qo’lga olgunga qadar instinktlar go’yoki odamning
hayot tarzini, ya’ni xulq-atvorini belgilab bergan. «Men»ning rivojlanishi odamning
hayot tarzini o’zgartinb yubordi va uning xulqatvorini nazorat ostiga oldi. Shunga
qaramasdan, psixoanalitiklar «id» ga odamning hayot tarzini belgilab beruvchi
asosiy manba sifatida qarashadi.
«Id» o’zgarmas, «теп» esa rivojlanib boradi. Odam boshqa jonzotlardan aql-
zakovatning, ya’ni ongning borligi bilan farq qiladi. Demak, ong «теп» demakdir.
Agar odam faqat «id» ga bo’ysunib yashaganida edi, uning hayot tarn
hayvonlamikiga o’xshab qolardi. Vaholanki, odam faoliyati ongli jarayondir va u
o’z xatti-harakatlarida ham, asosan ongga tayanadi.
Psixoanalitiklar odamni, aniqrog’i uning ruhini, tirik hujayraga o’xshatishadi.
Bunda hujayraning tashqi pardasi «теп» bo’lsa, uning ichki tarkibi «id» dir.
Hujayraning ichida moddalar almashinuvi natijasida katta energiya to’planadi va
kuchli energiyaga ega bo’lgan «id» tashqariga yorib chiqqisi keladi. Bunga esa
hujayraning tashqi pardasi, ya’ni «теп» yo’l qo’vmaydi. Xo’sh unda «Super-men»
nima? Ma’lumki, hujayralar to’plami to’qimani, to’qimalar a’zolami, a'zolar esa organizmni tashkil qiladi. Demak, «Super-men» - barcha «men»laming
yig’indisidir. Hujayra organizmda hayot kechirgani kabi, organizm ham hujavrasiz
yashay olmaydi.
Organizm — bu «super-men» «Super-men» — bu jamiyat, madaniyat, axloq
va din talablari. «Super-men» «теп» bilan birgalikda seksual xususiyatlarga boy
bo’lgan «id» ni nazorat qiladi va ular orasidagi ziddiyatlarni kuchaytiradi.
Z.Freydning fikriga ko’ra, nevrozlaming kelib chiqishiga «Supermen» va
«теп» sababchi Psixoanalitiklar nevrozlami psixoterapevtik yo’l bilan davolashda
aynan mana shu nazoratni kamaytirishga yoki to’xtatishga va shu yo’l bilan «id»
ning ongga so'zib chiqishiga yordam berishadi. Buning natijasida «id» ning
tajovuzkorligi pasayib, nevroz belgilari chekinadi.
Freydgacha A.Shopengauyer xuddi shunday qiyoslashni iroda va tafakkur
orasidagi munosabaflami o’rganish uchun ishlatgan edi. Chavandoz otni o’zi г
boshqarsa-da, faqat uning quwati hisobiga harakatlanadi. Kerak paytda y^chavandoz
o’zanni qattiq ushlab otni to’xtatishi va o’zi xohlagan tomonga yo’naltira olishi
zarur, aks holda u yiqilib qattiq jarohat oladi yoki halok bo’ladi. Ba’zi vaziyatlarda
qachon to’xtash va qaysi tomonga vurish kerakligini chavandoz emas, balki otning
o’zi tanlavdi. Masalan, chavandoz uxlab qoladi, charchaydi yoki kasallanadi.
«Men» (chavandoz) ning ahvoli «id» (ot) ning ahvoliga qaraganda biroz
murakkabroq. Chunki, «men» bir tomondan atrof-muhitning, ya’ni tashqi olamning
qonun-qoidalariga amal qilishi kerak, ikkinchi tomondan kuchli ot («id») ni
boshqarishi kerak. «Men» ham tashqi olamning, ya’ni «super- men»ning talablarini,
ham «id»ning ehtiyojlarini qondirishi uchun doim xavotirda yashaydi. Bu talablami
bajarish uchun «men» doim sergak bo’lib turishi kerak, bu talablar bajarilmasa,
aybdorlik hissi aynan uning bo’yniga tushadi. Demak, «men» doimo o’zini himoya
qilish yo’llarini izlaydi. Z. Freyd nevrozlaming kelib chiqishini ushbu ziddiyatli
mimosabatlardan izlagan. Keyinchalik Z. Freyd yaralangan harbiy xizmatchilarda ham nevroz va isteriya
holatlarini kuzatadi. Bu kasalliklami jinsiy mayl bilan izohlab bo’lmasdi, albatta.
Endi Z.Freyd ong ostiga qamalgan va qondirilmagan ehtiyojlarni boshqacha yo’l
bilan qondirish yo’llarini izladi, ya’ni u seksual faoliyatni boshqa faoliyat bilan
almashtirish (sublimasiya) mumkinligini ilgari surdi. Bu faoliyat nima? Ular axloq
qonunlariga zid kelmaydigan faoliyatlar (fan, madaniyat, sport, ijod va h.k). Bu
nazariyani Z. Freydgacha ham o’rganishgan. Biroq Z. Freyd insoniyat varatgan
madaniy boyliklami ana shu xil evrilish (sublimasiya) mahsuli deb bildi.
Umuman olganda, psixoanalitik yo’l bilan davolash nimaga asoslangan?
Oddiyroq qilib tushuntirganda, psixoanalitik bilan yolg’iz qolgan mijoz o’zini erkin
qo’yib ko’zlarini yarim yumgan holda yotadi yoki bemalol o’tiradi va xayoliga
kelgan barcha fikrlarini oqizmay-tomizmay so’zlab beradi. Bu yerda birorta ham sir
qolmasligi va bemor uyalmasligi kerak. Ma’noli so’zlarmi, ma’nosizmi, bemor
ulami psixoanalitikka ochib tashlashi kerak, zarur bo’lsa, bu maqsadga erishish
uchun gipnoz ham qo’llaniladi. Ana shundagina, Z. Freyd ta’biri bilan aytganda,
ruhiy poklanish, ya’ni «katarsis» ro’y beradi va tuzalish jara\\mi jadal kechadi. Z.
Freydning fikricha, eng muhimi mazkur assosiasiyalar ong tomonidan
boshqarilmasligi kerak va bemor fikrini erkin ifodalashi zarur. Psixoanalitiklaming
ta’kidlashicha ana shundagina ong ostiga qamalgan istak- xohishlar va ong
tomonidan taqiqlangan ziddiyatli muammolar o’z yechimini topadi va natijada
nevroz chekinadi.
Neofreydizm
Z. Freyd ta’limotining tarafdorlari ham, tanqidchilari ham ko’p bo’lgan. Uning
eng yaqin safdoshlari va shogirdlari bo’lmish Alfred Adler va Karl Gustav Yung
uning ta’limotini awaliga qo'llab-quwatlashdi, keyinchalik undan qisman voz
kechishdi. Ular o’zlarining ta’limotini yaratishdi: A. Adler individual psixologiya,
K.G. Yung analitik psixologiya to’g’risida. Ular Z. Frey dm tanqid qilishsa-da,
aslida ular tanlagan yo’nalish psixoanalizning davomi edi. A. Adler fanga «yetishmovchilik hissi» degan tushunchani kiritdi. Uning
fikricha, bu tuyg’u tabiiy va tug’ma bo'lib, har birimiz uchun xosdir va shaxsning
rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Adleming fikricha, har bir inson umri
mobaynida o’zidagi ushbu yetishmovchilikdan qutulish uchun boshqalar ustidan
hukmronlik qilishga, ulaming faolligini bostirishga intilib yashaydi. Buning uchun
u o’zidagi barcha imkoniyatlami ishga soladi va jamiyatda o’z o’mini topishga
intiladi. Adler bu jaravonni kompensasiya yoki superkompensasiya deb atadi.
Superkompensasiya — bu yetishmovchilik hissiga bo’lgan tug’ma reaksiyalaming
ijtimoiy bir ko’rinishidir. Adleming fikricha, ana shu tug’ma instinktlar odamni
atrofdagilarga tajovuzkor qilib qo’yadi. Demak, odamda nevroz rivojlanishining
oldini olish uchun undagi yetishmovchilik hissini bartaraf etish zarur. Vaholanki,
A.Adler ham o’z ta’limotida inson ruhiyatining rivojlanishida instinktiv
reaksiyalarga urg’u bergan.
K.G. Yungning ta’limoti biroz boshqacha edi. U «jamoa ongsizligi» degan
tushunchani taklif qildi. Yung individual ongsizlik va jamoa ongsizligi orasida aniq
bir chegara chizig’ini o’tkazdi. Uning fikricha, jamoa ongsizligi individual
ongsizlikdan farqli o’laroq, avloddan avlodga uzatiladi va «men» jamoa ongsizligi
ta’siri ostida rivojlanadi.
Yungning fikricha, individual ongsizlik odamning shaxsiy tajribasida aks etadi.
Bu tajribalar albatta qachonlardir ongda aks etgan, lekin ongdan siqib chiqarilishi
natijasida unut bo’lib ketgan Jamoa ongsizligi — bu umuminsoniy tajribalar bo’lib,
har bir millat va elatlar uchun xosdir, u o’tmishimizning yashiringan xotira izlaridir.
U mifologiyada, xalq dostonlarida, diniy qarashlarda aks etgan bo’lib, hozirgi zamon
kishilarining ongida tushlar ko’rish orqali namoyon bo’lib turadi. Yung Freydning
seksual nazariyasini tan olmadi va nevrozlar rivojlanishining boshqa bir qancha
sabablarini ko’rsatib, ulami isbot qilib berdi. Ulaming ichida ijtimoiy
kelishmovchiliklar, kishi hayotidagi fojiali davrlami ham asosiy omil sifatida
ko’rsatdi. Z. Freyd nazariyasini talqin va tanqid qiluvchilar safi yana kengaya bordi.
O’tgan asming 30-yillari oxirida neofreydizm shakllana boshladi. Bu yo’nalishning
eng ko’zga ko’ringan tarafdorlari E. Fromm va K.Xomi edi. Ular psixoanalizni
o’rganishda sosiologik vo’nalishdagi ta’limotlardan ham foydalanishdi. Ular
instinktiv jarayonlami inkor qilmagan holda insonning yashash faoliyatida odamlar
orasidagi munosabatlami ustun qo’yishdi. Neofreydizm tarafdorlari nevrozning
kelib chiqish sababini quyidagicha talqin qilishadi: odam bolasi tug’ilgandan
xavotirda yashaydi, chunki uning qarshisida adovatli dunyo paydo bo’ladi va bu
xavotir e’tibor va mehribonlikning yo’qligidan kuchayib boradi. Kevinchalik esa
individ ijtimoiy omillaming qaqshatqich zarbasiga duch keladi va jamiyatda
yolg’izlanib qoladi, u o’zining jamiyatga nisbatan begonaligini anglaydi. Demak,
ulaming fikricha, jamiyat shaxsning sinxron rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Shuning
uchun ham, nevrozning asosiy sababchisi jamivatdir va aynan individni
sog’lomlashtirish orqali jamiyatni sog’lomlashtirish mumkrn.
E. Fromm shaxsning rivojlanishida tug’ma omillaming ahamiyatini, ya’ni
bolaning seksual rivojlanishi, Edip komleksi va jinsiy munosabatlaming ahamiyatini
bo’rttirib ko’rsatmaslikni aytadi. U har bir odamdagi ruhiv kechinmalami ijtimoiy
muhitga sho ng’ib ketganligida deb biladi. Demak, seksual instinktlar shaxsni
shakllantirmas ekan, balki shaxsning o’zi ulami belgilab beradi.
K. Xomi ta’limotida ham ijtimoiy omillaming ahamiyati yuqori ekanligini
ko’rish mumkin. U insonning xulq-atvorida uni o’rab turgan jamiyatga nisbatan
quyidagi uehta yo’nalishni ajratdi: odamlarga intilish, ya’ni mehribonlik izlash,
odamlardan yiroqlashish, ya’ni yolg’izlikka intilish, odamlarga qarshi turish, ya’ni
hukmronlikka intilish. Ushbu xususiyatlaming qaysi biri ustun kelishiga qarab 3 xil
nevrotik shaxs shakllanadi: 1) itoatkor, qanday bo’lmasin boshqalaming
muhabbatini va e’tiborini qozonishni istovchi; 2) jamiyatga qarshi chiquvchi, undan
yiroqlashishga intiluvchi; 3) davlatparast va odamlar ustidan hukmronlikka
intiluvchi. K. Xomi fikricha, bu reaksiyalaming barchasi insonni qoniqtirmas ekan, xavotir hyech qachon yo’qolmavdi, aksincha kuchaya borib, yangi va yangi
kelishmovchiliklami yuzaga keltiraveradi.
Shunday qilib, K. Xomining nevroz haqidagi ta’limotini quyidagicha sharhlash
mumkin: nevroz kurtaklari bola tug’ilgandan so’nggi xavotirdan boshlanadi va unga
dushman bo’lgan adovadi dunyo bilan ko’rashish natijasida davom etadi. Buning
natijasida yuqorida qayd qilingan uchta himoya strategiyasi ishlab chiqiladi.
Odamning ichki dunyosini tushunish barcha psixologik maktablarning
qiziqishini uyg’otib kelgan. Shu o’rinda Freyd nazariyasidan biroz oldinroq paydo
bo’lgan va asosan odamning his-tuyg’ularini tahlil qilishga qaratilgan Jeyms-Lange
nazariyasi to’g’risida to’xtalib o’tish lozim. Chunki ushbu nazariya XX asming 30-
chi yillaridan keyin ham psixologlarda qiziqish uyg’otib kelgan. Jeyms-Lange
nazariyasi psixologik katarsisni yuzaga keltirisihni quyidagicha talqin qilishga
chaqiradi. Masalan, yaqin kishisidan judo bo’lgan odam qattiq xafa bo’lib yig’laydi,
biror narsadan qo’rqqan odam titraydi, asabi qattiq taranglashganidan qo’lini musht
qilib tizzasiga uradi va hokazo. U. Jeyms va N. Lange xuddi shu holatni boshqacha
talqin qilishga chaqiradi: siz xafa bo ’Iganingiz uchun yig ’layotganingiz yo 'q, vig
’lavotganingiz uchun xafa bo'layapsiz; siz qo'rqqaningiz uchun titravoiganingiz
yo’q, titrayotganingiz uchun qo’rqayapsiz; siz qattiq asabiylashganingizdan
qo'lingizni musht qilib urayotganingiz yo’q, qo’lingizni musht qilib urayotganingiz
uchun asabiylashayapsiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |