N-xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi vositalar. (N-xolinomimetiklar)
Ushbu guruhga quyidagi alkaloidlar mansub
nikotin, lobelin
va s
itizin
kiradi.Bu guruh dori vositalarini N-xolinoretseptorlarga bo’lgan ta’siri 2
bosqichli bo’lib, avval qo’zg’atadilar, keyin esa falajlaydilar.
Nikotin
- tamaki bargi (Nicotiana tabacum, Nicotiana rustica) alkaloidi bo’lib,
piridin metil pirrolidin hosilasi hisoblanadi. Zaharli bo’lgani uchun tibbiyotda
qo’llanilmaydi. Eksperimental farmakalogiyada dori vositalarini ta’sir
mexanizmini o’rganishda qo’llaniladi. Bundan tashqari, tamaki chekish keng
tarqalganligi sababli nikotinni farmakodinamikasi va farmakokinetikasini
o’rganish ahamiyatga ega. Nikotin ham periferik ham markaziy
- 226 -
xolinoretseptorlarga ta’sir etadi. Ayniqsa, unga vegitativ gangliylardagi N-
xolinoretseptorlar sezgirdirlar, bunda nikotin 2 ta fazali ta’sir ko’rsatadi. 1-faza
(qo’zg’alish) ganglionar neyronlar membranalarining depolyarizatsiyasi bilan
xarakterlansa, 2-faza (tormozlanish) atsetilxolinga nisbatan raqobatli antagonist
sifatida belgilanadi. Nikotin atsetilxolinning sinteziga, ajralib chiqishiga va
gidrolizlanishiga
ta’sir
qilmaydi.
Nikotin
sinakarotit
sohaning
xemoretseptorlariga
stimullovchi
ta’sir
qilib
nafas
va
tomirlarni
harakatlantiruvchi markazlarni reflektor qo’zg’atadi. Tormozlanish fazasi qonda
nikotin yuqori konsentratsiyada yig’ilganida vujudga keladi. Kichik dozalarda
nikotin buyrak usti bezi xromaffin hujayralarini N-xolinoretseptorlarini
qo’zg’atadi, shu sababli adrenalinni ajralishini ko’paytiradi, katta dozalarda-
teskari ta’sir ko’rsatadi. Vegitativ gangliyalarga ta’sir qiluvchi dozaning oshib
ketishi ta’sirining boshlanishida nerv-mushak o’tkazuvchanligini osonlashtiradi,
so’ngra susaytiradi.
Markaziy nerv sistemasiga nikotin juda sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bunda
ham 2 ta fazali ta’sir namoyon bo’ladi: uni kichik dozalarda ishlatilganda
qo’zg’alish ustun kelsa, yuqori dozalarda− tormozlanish ustun keladi. Bosh
miya po’stlog’iga nikotinning ta’siri tufayli subyektiv holatni yaqqol
o’zgartiradi. Nikotin nafas markazini kuchli qo’zg’atadi ( yuqori dozalarda uni
tormozlaydi). Uning yuqori dozalardagi miqdori tirishishni keltirib chiqiradi.
Nikotinni antidiuretik ta’siri uning markaziy ta’siri bilan bog’lanadi
(Gipofizni orqa bo’lagidan antidiuretik gormon ajralishi kuchayadi).
Nikotinni har xil organlarga va sistemalarga ta’siri uning ham periferik
ham markaziy ta’siriga bog’liq. Yurakning qisqarishlar chastotasi boshida
sekinlashadi (adashgan nerv markazi va intramural parasimpatik gangliyalarning
qo’zg’alishi) so’ngra tezlashadi (moddaning simpatik gangliyalarga ta’siri va
buyrak usti bezi mag’iz qavatidan adrenalinning ajralishi). Kichik dozalarda
nikotin arterial bosimni oshiradi. Bu dori vositaning simpatik gangliyalarni va
tomir harakatlantiruvchi markazning qo’zg’alishi, adrenalin ajralishining
- 227 -
kuchayishi va to’g’ridan-to’g’ri miotrop tomirlarni qisqartirish ta’siri bilan
bog’liq.
Nikotin ta’sirida ko’pincha ko’ngil aynish (markaziy), qusish kuzatilishi
mumkin. Ichak motorikasi kuchayadi. Yuqori dozalarda nikotin ichak tonusini
pasaytiradi.
So’lak va bronxial bezlarning sekretor funksiyasi avval kuchayadi, so’ngra
tormozlanish fazasiga o’tadi. Sekinlik bilan nikotinga o’rganish paydo
bo’ladi.Nikotin shilliq qavat va teridan yaxshi so’riladi. Uning miqdori asosan
jigarda, shuningdek o’pka va buyraklarda biotransformatsiyaga uchraydi.
Nikotin va uning hosilalari 10-15 soat mobaynida siydikdan ajraladi. Emizish
davrida nikotin sut bezlari orqali chiqariladi.
Nikotindan o’tkir zaharlanishdagi persalivatsiya, ko’ngil aynishi, qusish,
diareya kuzatiladi. Bradikardiya taxikardiya bilan almashinadi. Arterial bosim
ko’tarilgan, nafas olish yetishmovchiligi yo’qolishiga almashinadi. Dastlab
qorachig’lar torayadi, keyin kengayadi. Ko’rishning, eshitishning pasayishi,
shuningdek tirishishlar kuzatiladi. Beriladigan yordam asosini nafas olishni
ta`minlashdan iborat, chunki nafas markazining falajlanishi natijasida o’lim
kuzatilishi mumkin. Nikotin organizmdan batamom chiqib ketgunga qadar
sun’iy nafas oldirishni davom ettirish lozim.
Nikotindan surunkali zaharlanish tamaki chekish bilan bog’liq. Shuni esda
tutish lozimki, tamaki tutunida nikotindan tashqari boshqa zaharli moddalar –
fenol, uglerod oksid, sinil kislota ajraladi. Tamaki tutunida radiaktiv
moddalarning izlari borligi aniqlangan, ular esa kanserogen modda hisoblanadi.
Surunkali zaharlanishning simptomotikasi har xil bo’lishi mumkin. Nafas
yo’llari shilliq pardalari yallig’lanish holatlari bo’ladi, gipersalivatsiya
kuzatiladi. Oshqozon shirasining kislotaligi kamayadi. Yo’g’on ichak motorikasi
kuchayadi.
Qon aylanish sistemasidagi o’zgarishlar – arterial bosim ko’tarilshi va
yurak qisqarishlar ritmining tezlashishlaridan tashqari, ekstrasistoliya,
- 228 -
paroksizmal taxikardiya bo’lishi mumkin. Nikotin stenokardiya xurujlarini
keltirib chiqarishga sabab bo’ladi, ba`zida so’rishni pasaytiradi. Oliy nerv
faoliyati tomonidan jiddiy o’zgarishlar kuzatiladi.
Tamaki chekish sog’liqqa zarar keltiradi. U yurak ishemik kasalliklari,
o’pka rakni, surunkali bronxit emfizemasi va boshqa kasalliklarni keltirib
chiqaradi. Chekishning oqibatida shaxsning barvaqt o’limi va nogiron bo`lib
qolishi kuzatiladi.
N- xolinomimetiklardan dori modda sifatida lobelin va sitizin ishlatiladi,
ular reflaktor ta’sir qiluvchi nafas analeptiklari hisoblanadilar.
Lobelin – Lobelia inflate
o’simligi tarkibidagi alkaloiddir. Kimyoviy
tuzilishi bo’yicha uchlamchi aminlarga mansubdir. Dori vosita karotid
koptokchalar retseptorlariga xolinomimetik ta’sir ko’rsatib, reflektor tarzda
nafas markazini qo’zg’atadi (uzunchoq miyada joylashgan boshqa markazlarni
ham). Avval, qisqa muddatga arterial bosimni pasaytiradi (markazlarni va
adashgan nerv gangliyalarni aktivlaydi), so’ngra uni ko’taradi (asosan simpatik
gangliyalar va buyrak usti bezi mag’iz moddasiga stimullovchi tasir tufayli).
Kuchli ifodalangan nafasning qo’zg’alishi rakitnik (
Cytisus labumum
) va
termopsis
(
Thermopsis
lanceolata
) o’simliklari tarkibida saqlanuvchi
alkaloidlar-
sitizin
qo’llanilganda namayon bo’ladi. Kimyoviy tuzulishi bo’yicha
- 229 -
sitizin
ikkilamchi
aminlar
guruhiga
kiradi.
Uning
ta’siri
N-
xolinoretseptorlarning stimulyatsiyasiga bog’liq bo’lib, lobelinga o’xshaydi.
Yuqori konsentratsiyalarda bu alkaloidlar N-xolinoretseptorlarni falajlaydi.
Sitizinning 0.15% li eritmasi
Sititon
nomi bilan chiqariladi. Ikkala dori vosita
ham nafasni stimullash uchun qo’llaniladi (agar nafas markazining reflektor
qo’zg’aluvchanligi saqlangan bo’lsa). Vena ichiga yuboriladi. Ta’sir
davomiyligi juda qisqa. Bundan tashqari, bu ikki alkaloid chekishga bo’lgan
xumorlikni chalg’itish maqsadida beriladigan dori vositalarning asosiy
komponentidir ( sitizin “Tabeks”, lobelin esa “Lobesil” tabletkalari tarkibida
bo’ladi ).
Do'stlaringiz bilan baham: |