A’zolar
Ko’rsatkichlar
Samara
Agonistlar
antagonistlar
Ko’z
Rangdor
parda
aylana muskulining
tonusi
Oshadi (mioz)
Pasayadi (midriaz)
Ko’zning
ichki
bosimi
Pasayadi
Ko’tariladi
Kipriksimon
muskulning tonusi
Oshadi
(akkomodatsiya
spazmi, yaqindan
ko’rish)
Pasayadi
(akkomodatsiya
paralichi, uzoqdan
ko’rish
So’lak bezlari
Sekretsiya
Oshadi
Pasayadi
Yurak
Ritm
Pasayadi
(bradikardiya)
Oshadi
(taxikardiya)
Bo’lmachalar
qisqaruvchanligi
Pasayadi
Oshadi
Atrioventrikulyar
o’tkazuvchanlik
Pasayadi
(atrioventrikulyar
blokadagacha)
Yengillashadi
Tomirlar
Silliq
mushaklar
tonusi
Pasayadi
Traxeya,
bronxlar
Silliq
mushaklar
tonusi
Oshadi
Pasayadi
Bronxial
bezlar
sekretsiyasi
Oshadi
Pasayadi
Oshqozon
va
ichaklar
Motorika
Ekskretor
bezlar
sekretsiyasi
Kuchayadi
Kuchayadi
Susayadi
Susayadi
O’t pufagi va
yo’llari
Silliq
mushaklar
tonusi
Oshadi
Pasayadi
Siydik pufagi
Devorining tonusi
va motorikasi
Oshadi
Pasayadi
- 220 -
M-xolinoretseptorlarni falajlovchi vositalar.
(M-xolinoblokatorlar yoki atropinsimon vositalar)
M-xolinoblokatorlar – M-xolinoretseptorlarni bloklovchi moddalardir.
Ulardan eng yaxshi o’rganilgani atropin – bu guruhning tipik vakili hisoblanadi.
Shuning uchun M-xolinoblokatorlarni atropinsimon moddalar deyiladi. M-
xolinoblokatorlarning asosiy ta’sirlari, ularni M-xolinoretseptorlarning effektor
hujayralari membranalarini bloklashi bilan bog’liqdir (xolinergik nervlarning
postganglionar tolalari oxirlarida). Bundan tashqari, ular MNS dagi M-
xolinoretseptorlarni ham bloklaydi (agar gematoensefalik baryerdan o’tsa).
M-xolinoblokatorlarning ta’sir prinsipi shundan iboratki, ular M-
xolinoretseptorlarni bloklaganligi sababli mediator atsetilxolinning retseptor
bilan o’zaro ta’siriga to’sqinlik qiladi.
M-xolinoblokatorlar xolinergik (parasimpatik) nervlarning ta’sirlanish
xususiyatlariga va M-xolinomimetik faollikka ega bo’lgan moddalarning
(atsetilxolin va uning analoglari, antixolinesteraz vositalar, shuningdek
muskarinomimetik moddalar) ta’sirlariga to’sqinlik qiladi.
Kimyoviy jihatdan M-xolinoblokatorlar uchlamchi aminlar va to’rtlamchi
ammoniyli birikmalar hisoblanadi.
Atropin – yuqori tanlab ta’sir ko’rsatuvchi, M-xolinoblokator bo’lib,
belladonna (Atropa belladonna), mingdevona (Hyoscyamus niger), bangidevona
(Datura stramonium) kabi o’simliklardan olinadigan alkaloiddir. Keyinchalik
sintetik yo’l bilan ham olingan. Kimyoviy tuzilishi bo’yicha tropin va D, L-
tropokislotasining murakkab efiri bo’lib hisoblanadi. Ayniqsa atropinda
spazmolitik xususiyat kuchli ifodalangan. M-xolinoretseptorlarni falajlab,
atropin xolinergik (parasimpatik) nervlarning silliq mushakli organlarga
ko’rsatadigan stimullovchi ta’sirini bartaraf etadi. Atropin ta’sirida MIT, o’t
yo’llari va o’t qopi, bronxlar, siydik pufagi mushaklarining tonusi pasayadi.
Atropin ko’z mushaklarining tonusiga ham ta’sir qiladi. Ko’zning rangdor
pardasi aylana mushaklarining M-xolinoretseptorlarining bloklanishi natijasida
- 221 -
qorachiq kengayadi (midriaz). Ko’z oldingi kamerasidan suyuqlik oqishi
qiyinlashadi va ko’zning ichki bosimi ortadi (ayniqsa glaukomada). Kipriksimon
mushaklar M-xolinoretseptorlarining bloklanishi uni bo’shashtiradi, qin boylami
taranglashib, ko’z gavhari qavariqligi kamayadi. Akkomodatsiya falaji vujudga
keladi va ko’z uzoqdagi buyumlarni aniq ko’rib, yaqindagilar xiralashadi.
Atropinning yurak-qon tomir sistemasiga ta’siri, asosan yurakka ta’sirida
namoyon bo’ladi. Adashgan nervning yurakka bo’lgan xolinergik ta’sirining
pasayishi tufayli taxikardiya yuz beradi. Bu holatda adrenergik (simpatik)
innervatsiyaning tonusi ustun turadi. Atrioventrikulyar o’tkazuvchanlik
yaxshilanadi. Qon tomirlariga va arterial bosimga atropin ta’sir qilmaydi, lekin
xolinomimetik vositalarning gipotenziv ta’siriga qarshilik qiladi.
Atropinning
muhim
xususiyatlaridan
biri
bezlar
sekretsiyasini
kamaytirishidir (bronxlar, burun-halqum, so’lak, MIT, ter va ko’z yosh bezlari).
Bu esa og’iz, terining qurishiga, o’zgarishiga olib keladi. Ter ajralishining
kamayishi tana haroratining oshishiga olib kelishi mumkin. Bezlarning
xolinergik
innervatsiyasining
blokadasidan
tashqari,
atropin
ularga
xolinomimetik vositalarning stimullovchi ta’sirini ham yo’qotadi. Ba’zi bir
bezlar sekretsiyasi boshqa mexanizm bilan stimullanadi. Bunday holatlarda
atropin yuborilganda o’zgarish ro’y bermaydi. Shu sababli, gormonlar bilan
boshqariluvchi sut bezlari sekretsiyasi o’zgarmaydi. Atropin anestetik faollikka
ega ekanligini mahalliy ishlatilganda ko’rish mumkin. Atropin endogen
atsetilxolin va antixolinesteraz vositalarning MNS M-xolinoretseptorlarining
qo’zg’alishi bilan bog’liq bo’lgan ta’sirlarini yuzaga chiqishiga to’sqinlik qiladi.
Atropin markaziy xolinoblokatorlik ta’siri bilan birga ba’zi bir harakat
buzilishlarida
(parkinsonizmda)
ekstrapiramidal
sistemaning
xolinoretseptorlarini blokada qilib, shifobaxsh ta’sir ko’rsatadi.
Atropin MIT dan, shilliq qavatlardan yaxshi so’riladi. Atropin va uning
metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi. Rezorbtiv ta’sirining
- 222 -
davomiligi – 6 soat. Ko’zning shilliq pardasiga tomizilganda akkomodatsiyaning
buzilishi 3-4 kun davom etadi, midriaz 7 kun va undan ortiq saqlanadi.
Atropin spazmolitik vosita sifatida MIT, o’t yo’llari kolikalarida
qo’llaniladi. Og’riqlar (kolikalar) bilan kuzatiladigan spastik holatlar atropin
qabul qilingandan so’ng kamayadi yoki yo’qoladi. U bronxospazmlarda ham
samarali.
Atropinning
bezlar
sekretsiyasini
pasaytirish
xususiyati
parkinsonizmda, og’ir metal tuzlari bilan zaharlanganda, me’da va o’n ikki
barmoqli ichak yarasi, o’tkir pankreatit kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Atropinni premedikatsiyada keng qo’llanilishi, uning so’lak, burun-halqum va
traxo-bronxial bezlarning sekretsiyasini pasaytirishi bilan bog’liq. Bundan
tashqari yurakning M-xolinoretseptorlarini bloklab (vagolitik ta’sir), atropin
uning reflektor to’xtab qolishiga olib keluvchi salbiy reflekslarning oldini oladi
(masalan, yuqori nafas yo’llarini ta’sirlovchi ingalyatsion narkoz vositalar
qo’llanilganda).
Ko’z amaliyotida atropin diagnostika maqsadida (ko’zning to’r pardasini
tekshirishda, ko’zoynak tanlashda ) va ko’zning bir qator kassalliklarini
davolashda (iridotsiklit va boshq.) ishlatiladi.
Atropin
m-xolinomimetiklar
va
antixolinesteraz
vositalar
bilan
zaharlanishlarda qo’llaniladi.
Atropinni nojo’ya ta’sirlari uning M-xolinoblokatorlik ta’siri tufayli
yuzaga chiqadi. Ko’p hollarda og’iz qurishi, akkomodatsiyaning buzilishi,
taxikardiya kabilar bilan namoyon bo’ladi. Ko’z ichki bosimining ko’tarilishi
(atropinni gloukomada ishlatib bo’lmaydi), obstinensiya, siydik ajralishining
buzilishi kuzatilishi mumkin.
Atropin bilan zaharlanish simptomlari , uning xolinergik innervatsiyani
bloklashi va MNS ga ta’siri bilan bog’liq bo’ladi. Og’iz, tomoqni qurishi,
yutishning, nutqning buzilishi, terinig qurishi, tana temperaturasining
ko’tarilishi, ko’z qorachig’ining kengayib ketishi, fotofobiya(yorug’likdan
qo’rqish), harakat va nutqning qo’zg’alishidan xotira va orientatsiyaning
- 223 -
buzilishi, galyutsinatsiyalar kuzatiladi. Zaharlanish o’tkir psixoz shaklida o’tadi.
Atropin bilan o’tkir zaharlanish bolalar o’rtasida ko’proq uchraydi, chunki ular
atropinga sezuvchan bo’ladilar. Bu dori vosita dozasini oshirib
yuborilganidan,yoki
ushbu
alkaloid
saqlovchi
o’simlik
(bangidevona,mingdevona) mevalarini iste’mol qilishdan yuzaga chiqadi.
Davolash hazm bo’lmagan atropinni MIT dan chiqarib tashlash (oshqozonni
yuvish, tannin, aktivlangan ko’mir, tuz surgi vositalari),moddani organizmdan
chiqarishni tezlashtirish (diurezni oshirish, gemosorbsiya) va fiziologik
antagonistlarini (masalan, MNS dan yaxshi o’tuvchi antixolinesteraz vositalar)
Kuchli ifodalangan qo’zg’alishlarda diazepam(sibazon), ba’zi hollarda qisqa
ta’sir qiluvchi barbituratlar buyuriladi.Yurakning tez urishini kamaytirish uchun
β-adrenoblokatorlar qo‘llaniladi. Haroratni tushirish uchun tashqi sovutish
choralari ko‘riladi. Kerak bo‘lsa sun’iy nafas oldirish yo‘lga qo‘yiladi.
Yorug‘likdan qo‘rqish holati bo‘lganligi sababli bemor qorong‘i xonaga
joylashtiriladi. Atropin saqlovchi dori vositalaridan
Do'stlaringiz bilan baham: |