I. Qaytar ta’sir ko’rsatuvchidori vositalar
:
fizostigmin salitsilat, prozerin, Galantamin gidrobromid.
II. Qaytmas ta’sir ko’rsatuvchi dori vositalar:
armin, fosfakol, fosfororganik birikmalar.
Antixoliesteraz vositalarining atsetilxolinesterazani falajlashi fermentning
atsetilxolin bilan bog’lanuvchi joylarida yuz beradi. Ba’zi bir dori vositalar
anion va esteraz markazlar (prozerin) bilan bog’lansa, boshqalari faqat anion
(edrofoni) yoki faqat esteraz markaz (fosfor organik birikmalar) bilan
bog’lanadi. Bundan tashqari antixolinesteraz vositalarining atsetilxolinesteraza
bog’lanishida gidrofob o’zaro ta’sirlar muhim rol o’ynaydi. Atsetilxolinesteraz
vositalar atsetilxolin gidroliziga to’sqinlik qilib, uning muskaringa va nikotinga
o’xshash ta’sirlarini uzaytiradi. M-xolinomimetik ta’sir bir qator silliq
musqo’llar (ko’zning aylana va kipriksimon musqo’llari, bronxlar, MIT va
boshqa musqo’llar) ning tonusi va qisqarish aktivligini oshirishi bilan namoyon
bo’ladi. Antixolinesteraz vositalar terapevtik dozalarda bradikardiya
chaqiradi,yurak ishining pasaytiradi, yurakning o’tkazuvchi yo’llari bo’yicha
impuls o’tishini sekinlashtiradi, arterial bosim pasayadi. Yuqori dozalarda esa
taxikardiya chaqirishi mumkin (uni yurak qisqarishlari chastotasiga ta’siri, uning
faqat M-xolinoretseptorlarni qo’zg’alishlari bilan bog’liq bo’lmasdan, balki
simpatik gangliyalar xolinoretseptorlarini, buyrak usti bezi mag’iz moddasini va
uzunchoq miya markazini stimullash bilan ham bog’liq bo’ladi).Antixolinesteraz
- 215 -
vositalar xolinergik innervatsiyaga ega bo’lgan bezlarni (bronx, ovqat hazm
qilish, ter va boshqa bezlarni) sekretsiyasini kuchaytiradi. Antixolinesteraz
vositalarning nikotinsimon ta’siri nerv-mushak sistemasi o’tkazuvchanligi va
vegetativ gangliyalarda namoyon bo’ladi. Kichik dozalarda antixolinesteraz
vositalar skelet mushaklarida va vegetativ gangliyalarda qo’zg’alishlar o’tishini
osonlashtiradi, kata dozalarda esa susaytiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Antixolinesteraz vositalar kichik dozalarda MNS (elektroensefalogrammaning
disinxronizatsiyasi vujudga keladi, qator reflektor reaksiyalar vaqti qisqaradi) ni
stimullaydi. Katta dozalarda,ayniqsa toksik dozalarda bu moddalar MNS ni
susaytiradi. Antixolinesteraz vositalarni ko’zning ba’zi funksiyalariga, MIT va
siydik pufagining tonusi va motorikasiga, nerv-muskul o’tkazuvchanligiga va
MNS ga ta’sirlari tibbiyot amaliyotida ahamiyatga ega.
Antixolinesteraz vositalar ko’zga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi:
a) qorachiqni toraytiradi (mioz) bu rangdor pardada joylashgan ko’zning aylana
musqo’llaridagi M-xolinoretseptorlarni qo’zg’alishi va muskulning qisqarishi
bilan bog’liq;
b) ko’zni ichki bosimini pasaytiradi. Bu miozning natijasidir.Bunda rang parda
yupqalashadi, ko’zning oldingi kamerasi burchagi ochilashadi va buning
natijasida ko’zning ichki suyuqligi oqishi Fontan bo’shlig’idan Shlemov
kanaliga oqishi osonlashadi;
c) akkomadatsiya spazmini chaqiradi. Bu holatda modda ko’zning kipriksimon
muskuli M-xolinoretseptorlarini stimulyatsiyasi tufayli yuz beradi, chunki bu
yerda faqat xolinergik innervatsiya mavjud. Ko’zning aylana mushaklari
bo’shashi, ko’z gavharini qavariqligini oshiradi. Ko’z yaqin masofadan
ko’rishga moslashadi;
Antixolinesteraz vositalarning ko’zni ichki bosimini pasaytirishi glaukomani
davolashda keng qo’llaniladi. MIT motorikasiga antixolinesteraz vositalar
stimullovchi ta’sir ko’rsatadi. Siydik qopi musqo’llarining tonusi va qisqarish
- 216 -
aktivligi kuchayadi. Bu ta’sirlar ichak va qovuq atoniyasini bartaraf etish uchun
qo’llaniladi.
Antixolinesteraz vositalar nerv-mushak o’tkazuvchanligini osonlashtirganligi
sababli miosteniyada, shuningdek antidepolyarizatsiyalovchi (raqobat) turidagi
kuraresimon vositalar bilan zaharlanishda antagonist sifatida qo’llaniladi. Dori
vositalarni tanlashda, ularni faolligi, zaharliligi, dozasi, ta’sirini davomiyligi,
har-xil bar’erlardan o’tish qobiliyatiga ahamiyat berish kerak. Glaukomani
davolashda prozerin (neostigmin metilsulfat), fizostigmin, armin ishlatiladi.
Galantamin bu maqsadda qo’llanilmaydi, chunki u konyuktivaga ta’sirlovchi
ta’sir ko’rsatib, konyuktivani shishiga olib keladi.
Rezorbtiv ta’siri uchun (miosteniyada, ichak va siydik pufagi atoniyalarida,
polimiyelitda antidepolyarizatsiyalovchi kuraresimon vositalarining antagonisti
sifatida) dori vositalarning kam toksik vositalar prozerin va Galantamin, kamroq
hollarda fizostigmin tanlanadi. Galantamin (nivalin) va fizostigmin (uchlamchi
amin) gematoensefalik baryerdan o’tadi. Shu sababli o’tkazilgan polimiyelitning
qoldiq asoratlarini davolashda,qachonki xolinergik o’tkazuvchanlikni faqat
periferiyada emas, balki MNS da ham aktivlashtirish lozim bo’ganda, asosan
Galantamin qo’llaniladi. Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, progressiyalanuvchi
dementsiyani boshlang’ich bosqichida (Altsgeymer kasalligida) keksalarda
fizostigmin xotirani yaxshilaydi. Bu maqsadda Galantamin ham qo’llash
mumkin.Rezorbtiv ta’siri maqsadida piridostigmin bromid (mesti-non) va
oksazil(ambenoniy xlorid)qo’llash mumkin. Bular prozeringa nisbatan
davomliroq ta’sir ko’rsatadi.
Edrofoniy (tenzilon) juda qisqa muddat ta’sir ko’satadi va
antidepolyarizatsiyalovchi miorelaksantlar antoganisti sifatida ishlatiladi.Ba’zan
antixolinesteraz dori vositalar bilan zaharlanish kuzatiladi. Bu asosan
organizmda
atsetilxolinni
kontsentratsiyada
to’lanishi,
yoki
xolinoretseptorlarning qo’zg’alishi bilan bog’liq. Ko’p hollarda zaharlanish FOB
(fosfor organik birikmalar)qo’llanilishi tufayli kuzatilishi mumkin, chunki ular
- 217 -
yuqori darajadagi lipofillikka ega bo’lib, juda tez organizmga so’riladi va uzoq
muddatga atsetilxolinesterazani faolsizlantiradi. FOB bilan o`tkir zaharlanish
shifokorning kechiktirib bo`lmaydigan yordamini talab qiladi. Eng birinchi
qilinadigan ish FOBni tushgan joyidan chiqarib tashlash. Bu teri yoki shilliq
qavatlar bo`lsa, ularni 3-5% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan tozalab yuvish
lozim, agar modda MIT ga tushsa, me`da yuviladi, sifonli xuqna,
adsorbsiyalovchi va surgi vositalar buyiriladi. Intoksikatsiya simptomlari
yo`qolguncha bu tadbirlar bir necha marotaba takrorlanadi. Agar FOB qonga
so`rilgan bo`lsa, uni siydik orqali chiqarilishini tezlashtirish lozim. Qonni
FOBdan tozalashning samarali usullariga gemosorbsiya gemodializ peritoneal
dializ kiradi. FOBdan o`tkir zaharlanishni davolashning muhim omillaridan biri
M-xolinoblokatorlar (atropin va atropinsimon moddalar) va xolinesteraza
reaktevatorlaridan foydalanishdir. Ularga molekulasida oksim(-NOH) guruhini
tashkil qiluvchi bir qator birikmalar kiradi: dipiroksim (trimedoksimbromid,
TMV-4)izonitrozin. Ular atsetilxolinesteraza bilan bog`langan FOB qoldiqlari
bilan birikib fermentni erkin holatga o`tkazib, fiziologik aktivligini qayta
tiklaydi.
Dipiroksim to`rtlamchi ammoniyli birikma bo`lib MNS dan yomon,
uchlamchi amin izonitrozin esa yaxshi o`tadi. Xolinesteraza reaktivatorlari
zaharlanishning ilk davrlarida qo`llanilganda yuqori ta`sirga ega bo`ladi.
Keyinroq esa ular faqat atsetilxolinning oz miqdorini qayta tiklaydi. Shuning
uchun FOB dan o`tkir zaharlanganda xolinesteraza reaktivatorlarini M-
xolinoblokatorlari bilan birga qo`llash yuqori samara beradi. Xolinesteraza
reaktivatorlari parenteral qo`llaniladi. Kerakli holatlarda ularni bir necha
marotaba qo`llash lozim. Bundan tashqari simptomatik davo choralarini qo`llash
lozim. Bemorni nafas olishini doimo tekshirib turish lozim. FOB so`lak
bezlarining gipersekratsiyasini yuzaga keltirganligi sababli og`iz bo`shlig`i,
traxea va bronxlarni so`lakdan tozalab turish lozim. Kerakli holatlarda sun`iy
- 218 -
nafas oldirish lozim. Psixomotor qo`zg`alishlarda aminozin, diazepam, natriy
oksibutirat va boshqa dori vositalarni yuborish lozim bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |