Ferment asosi ta'sir qilish mexanizmi. Referat



Download 26,5 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi26,5 Kb.
#762437
TuriReferat
Bog'liq
Ferment asosi tasir qilish 21


Ferment asosi ta'sir qilish mexanizmi.
Referat
Fermentlarning ta’sir qilish mexanizmi va uning molekulyar asoslari. Fermentlarning katalitik ta’sir mexanizmini aniqlash enzimologiyaning asosiy va eng murakkab vazifalaridandir. Fermentlar ta’sirida faollashishning umumiy nazariyasi yoq, har bir fermentning ta’sir mexanizmi uning oziga xos spetsifik uchlamchi strukturasi, funktsional guruhlari, substrat bilan toqnashgandagi konformatsion ozgarishi bilan ta’minlanadi.
Fermentlarning ta’sir etishini tushuntirib beruvchi farazlardan biri – adsorbtsion faraz XX asr boshlarida ingliz fiziologi Beylis va nemis bioximigi Varburg tomonidan taklif etilgan. Ular bu farazni asoslashda biologik bolmagan katalizatorlarning ta’sir mexanizmidan kelib chiqqan. Adsorbtsion farazga asosan platinaga oxshash ferment yuzasi reagent molekulalari uchun adsorbtsiya joyi bolib hisoblanadi. Buning natijasida ularning ozaro tas’iri osonlashib, reaktsiya tezlashadi. Ammo bu faraz fermentning spetsifikligi (oziga xosligi)ni tushuntirib bera olmadi va u faqat tarixiy ahamiyatga ega bolib qoldi.
Fermentlarning ta’sir etish mexanizmi togrisidagi tasavvurlarni rivojlantirishda Mixaelis va Mentenning ferment-substrat komplekslari togrisidagi klassik ishlari katta ahamiyatga ega boldi. Mixaelis-Menten tasavvurlariga kora fermentativ kataliz jarayoni oddiy tenglama bilan ifodalanadi:
E + S ES ES* ES** EM E + M
2.Ferment-substrat kompleksi hosil bolishi jarayonida substrat fermentga yaqinlashadi, uning katalitik markaziga nisbatan mos ravishda moljal oladi. Bunday moslikni kalitni qulfga togri kelishiga oxshatish mumkin. Qulf va kalit modeliga binoan ferment murakkab qulfga oxshash, u faqat shakli aniq mos tushadigan substrat (kalit) ga togri keladi. Substratni fermentga mos kelishi va unga “yopishishi” ularning ozaro ta’sirlanishini shartlaydigan bir qator xususiyatlarga bogliq: enzim yuzasida oqlangan guruhlar tartibini substrat sathidagi oqlangan guruhga; substratning gidrofob qismini fermentning gidrofob qolqopi yoki chontakchasi mos bolishi; ferment-substratning gidroksil yoki aminoguruhlari bilan vodorod boglari hosil qiladigan guruhlarni muvofiq holatiga ega bolishi kerak. Keyingi fikrlarga asosan esa substratni fermentning faol markazi bilan birikishi qutblanish, elektronlarning siljishi yoki reaktsiyada qatnashadigan boglarning deformatsiyasi tufayli substrat molekulasini ma’lum ozgarishlarga, yuqori energiyaga ega faollanish holatiga keltiradi.
Fermentning nisbatan kichik faol markaziga substratning birikishi ferment konformatsiyasini substrat strukturasiga moslashtiradi. Demak, faol markazning shakllanishida substrat ham ishtirok etadi.
Umuman, fermentativ kataliz jarayonini shartli ravishda oziga xos 3 bosqichga bolish mumkin:
Substratning fermentga diffuziyalanishi va uning fermentni faol markazi bilan boglanib, ferment-substrat kompleksi – ES ning hosil bolishi.
Birlamchi ferment-substrat komplekslaridan bir yoki bir nechta faollashgan ferment-substrat komplekslari – ES* va ES** ning hosil bolishi.
Fermentning faol markazidan reaktsiya mahsulotining ajralishi va muhitga tarqalishi – EM kompleksi E va M (mahsulot) ga ajraladi.
Birinchi bosqich qisqa vaqt davom etib, muhitdagi substrat miqdori va fermentning faol markaziga diffuziyalanish tezligiga bogliq. ES kompleksining hosil bolishi lahza ichida amalga oshadi. Bu bosqichda faollanish energiyasi deyarli ozgarmaydi. Fermentning faol markazida substratlarning moljal olishi ularning yaqinlashishini va reaktsiya otishini yengillashtiradi.
Ikkinchi bosqich sekinroq boradi va uning davomiyligi ushbu kimyoviy reaktsiyaning faollanish energiyasiga bogliq. Bu bosqichda substrat boglarining uzilishi yoki fermentning katalitik guruhi bilan ozaro ta’sirlashishi natijasida yangi bog`lar hosil qilishi amalga oshadi. Aynan faollashgan komplekslar hisobiga substratning faollanish energiyasi pasayadi. Ikkinchi bosqich butun katalizning tezligini ta’minlaydi.
Uchinchi bosqich ham birinchi bosqich singari qisqa vaqt davom etadi. U reaktsiya muhitiga reaktsiya mahsulotlarining tarqalish tezligi bilan belgilanadi.
Fermentlar ta’sirining molekulyar mexanizmlarini kop tomonlari hali organilmagan. O`rganilgan fermentlar ta’sir mexanizmlari orasida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
1.Reagentlarning yaqinlashishi;
2. Substrat deformatsiyasi;
3. Kislota-ishqoriy kataliz;
4. Kovalend kataliz.
Reagentlarning yaqinlashishi – fermentlar uchun juda xos xususiyat bolib, moddalarning ozgarishini ming yoki on ming martaga tezlashtirish (substratlarning reaktsiyaga kirishish qobiliyatini oshirish) imkonini beradi. Ferment faol markazining aloqa (kontakt) qismi oziga xos holatda substratlarni boglaydi hamda ularning ozaro moljal olishi va yaqinlashishini katalitik guruhlarning ta’siri uchun foydali tomonga buradi. Ikki yoki undan ortiq molekulalarning bunday ozaro ta’sirlashuvi suvli muhitda va anorganik katalizator yuzasidagi tartibsiz toqnashuvda imkoni bolmagan reaktsiya tezligining oshishini ta’minlaydi. Substratlarning taxlangan holda joylashishi entropiyaning kamayishiga olib keladi, demak, faollanish energiyasining kamayishini ta’minlaydi.
2) Substrat deformatsiyasini gidrolaza, liaza va ba’zi transferazalarning ta’siri yaxshi tushuntiradi. Fermentga birikkuncha substrat “boshashgan” konfiguratsiyaga ega boladi. Faol markaz bilan boglangandan song substrat molekulasi choziladi (“deformatsiyalangan” konfiguratsiya). Substratdagi atomlararo boglar qancha uzun bolsa, uning uzilishiga shuncha kam energiya sarf boladi, ya’ni faollanish energiyasi pasayadi. Deformatsiya (chozilish) joyi suv molekulalari ta’siriga oson uchraydi.
3) Kislota-ishqoriy kataliz. Boshqa katalizatorlardan farqli ravishda ferment faol markazining asosiy xususiyati shundan iboratki, bunda aminokislota qoldiqlarining funktsional guruhlari kislota va ishqor xossalarini namoyon qiladi. Shu sababdan ferment katalitik hujum vaqtida protonlarning aktseptor va donor vazifalarini bajaradi, bunday imkoniyat odatdagi katalizatorlarda mavjud emas.
Faol markazga substratning birikishida uning molekulasiga katalitik markazning elektrofil va nukleofil guruhlari ta’sir qiladi va kislota-ishqor guruhlari hujum qilgan substrat qismlarida elektron zichlikning qayta taqsimlanishiga olib keladi. Bu esa substrat molekulasida qayta taqsimlanish va boglarning uzilishini yengillashtiradi. Katalitik markazida gistidin bolgan fermentlar koproq kislota-ishqoriy katalizni namoyon etadi. Gistidin blokirlangan holatlarda ferment faolligini yoqotadi. Kislota-ishqoriy kataliz gidrolaza, izomeraza va va liazalarga xos. U koproq kovalent kataliz bilan birgalikda amalga oshadi.
4) Kovalent kataliz faol markazning katalitik guruhlari va substrat orasida kovalent boglar hosil qiladigan fermentlarda kuzatiladi. Kovalent ferment-substrat oraliq mahsulotlar judayam turgun emas va reaktsiya mahsulotini ajratgan holda oson parchalanadi. Juda kopchilik fermentlar uchun bayon etilgan mexanizmlarning birgalikda amalga oshishi xos bolib, ularning yuqori darajadagi katalitik faolligini ta’minlaydi.
Download 26,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish