139
S
2
predmeti P belgiga ega
... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ...
S
n
predmeti P belgiga ega
S
1
, S
2
,..., S
n
predmetlari C sinfiga tegishli
Èxtimol, S sinfining xar bir predmeti R belgiga egadir.
Bu sxemani simvolik ko’rinishda quyidagicha yozish mumkin.
R (x
1
)
R (x
2
)
... ... ...
R (x
n
)
x
1
, x
2
,..., x
n
...
C
x ((x
S)
R (x))
Xulosa yuqoridagidek o’qiladi, ya’ni «Èxtimol, S sinfining xar bir predmeti R belgiga
ega Bo’lsa kerak»
Masalan:
2 soni 2 ga koldiqsiz
Bulinadi
4 soni 2 ga koldiqsiz Bulinadi
... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ...
n soni 2 ga koldiqsiz Bulinadi
2, 4,..., n... sonlari juft sonlardir
Èxtimol, juft sonlarning barchasi 2 ga qoldiksiz Bulinsa kerak.
To’liqsiz induktsiyada xulosaviy bilimning empirik asosi to’liq aniqlanmaydi, ana
shuning uchun xam undagi amalga oshirilgan umumlashtirish to’liqsiz Bo’ladi. Xususan,
unda berilgan mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasi emas, faqat S dan Sn gacha
Bo’lgan qismigina o’rganiladi, xolos. Ana shu o’rganilgan predmetlarga birorta P belgining
xosligi (xos emasligi) kuzatilsa, uning o’rganilayotgan sinfga mansub barcha predmetlarga
xosligi (xos emasligi) xaqida extimoliy tarzdagi xulosa chiqariladi. Bu xulosa ixtiyoriy
ravishda xosil qilinmaydi va tasodifiy xarakterga ega emas, albatta. Juz’iylikdan
(yakkalikdan) umumiylikka o’tish, ya’ni sinfga tegishli ayrim predmetlar xaqidagi bilimdan
sinfga tegishli barcha predmetlar xaqidagi bilimga o’tish mantiqan asoslangandir.
Predmetlar sinfining bir qismidan ikkinchisiga ko’chirilayotgan belgining zaruriyligi,
umumiyligi uning tajribada muayyan xolatlar mavjud Bo’lganda bir jinsli faktlarda
takrorlanib turishining turgunligida o’z ifodasini topadi, ya’ni u empirik asos yordamida
tasdiqlanadi.
Masalan, tabiatda gazning xaroratining o’zgarishi uning xajmining o’zgarishiga olib
kelishi, jamiyatda iqtisod
bilan siyosatning bogliqligi, bilishda fakt va qonunning o’zaro
aloqasi zaruriy (muayyan sharoitda albatta vujudga keladi) va umumiy (muayyan sharoit
paydo Bo’lgan barcha xollarda takrorlanadi) aloqalardan, borliqda amal qilayotgan
qonuniyatlardan iborat.
Zaruriy aloqalarning bir vaqtning o’zida umumiy aloqalardan iborat Bulishi
(predmetlarning birorta sinfi, to’plamiga xos Bulishi), ularning esa, o’z navbatida, yakka,
ayrim predmetlarda namoyon Bulishi, ya’ni ularning xususiyatlari sifatida yuzaga
140
chiqishi ilmiy bilish va amaliy muxokama yuritishda birorta
mantiqiy sinf xaqida unga
mansub predmetlarning ayrimlarini o’rganish asosida fikr bildirish mumkinligini
anglatadi.
Xaqiqatan xam, kundalik turmushimizda biz ana shunday yo’l tutamiz. Xususan,
paxta, bugdoy, sut, metall prokati, gazlama va shu kabi ommaviy ravishda ishlab
chiqariladigan maxsulotlarning katta xajmining sifati xaqida ulardan olingan kichkina
namunalarni tekshirish natijalariga tayangan xolda fikr bildiramiz.
Bunda ko’p xollarda xosil qilgan xulosaviy fikrlarimiz xaqiqatdan yoki xaqiqatga
yaqin fikrdan iborat Bo’ladi.
O’z-o’zidan ravshanki, bu yo’l bilan olingan xulosalar xamma vaqt xam to’gri
Bulavermaydi. Ba’zan chiqarilgan xulosalar xato xam Bulishi mumkin.
Buni quyidagi
misol tasdiklaydi. Qachonlardir kimyogarlar metallarning bir qanchasi ustida
eksperimentlar o’tkazishib, ularning qizdirilganda oltingugurt bilan birikishini
kuzatishgan va shu asosda, «Barcha metallar qizdirilganda oltingugurt bilan birikadi»,
degan xulosaga kelishgan. Ularning muxokamasi quyidagi sxema tarzida kechgan.
Mis qizdirilganda oltingugurt bilan birikadi
Temir qizdirilganda oltigugurt bilan birikadi
Alyuminiy qizddirilganda oltingugurt bilan birikadi
Mis, temir, alyuminiy ..., metallar
sinfiga kiruvchi
ximiyaviy elementlar
Èxtimol, barcha metallar qizdirilganda oltingugurt
bilan biriksa kerak.
Bu xulosaning xatoligi ma’lum bir vaqt o’tgandan keyin oltin ustida eksperiment
o’tkazilganda ma’lum Bo’ladi: u qizdirilganda oltingugurt bilan birikmagan.
Biz ko’rib chiqqan xol birorta belgining ayrim predmetlarda takrorlanishiga asoslanib,
u belgini mazkur predmetlar mansub Bo’lgan sinfga to’laligicha induktiv yo’l bilan
ko’chirish, ya’ni uni berilgan sinf predmetlarining barchasiga xos umumiy belgi, deb
xisoblash mantiqiy zaruriyatdan iborat Bulishga da’vo qila olmaydi, degan fikrga olib
keladi. Chunki belgining bir qancha predmetlarda takrorlanishi
oddiy bir moslikdan
iborat Bulishi, ya’ni tasodifiy xarakterga ega Bulishi xam mumkin.
Demak, to’liqsiz induktsiya Buyicha xulosa chiqarishga xos xususiyatlardan biri
asoslardan xulosaning mantiqan kelib chiqishning kuchsiz Bulishidir.
To’liqsiz induktsiya uchun xarakterli Bo’lgan bu kamchilikni «tuzatish» uchun bir
qancha metodologik talabalarga rioya qilish zarur. Bu ma’lum bir darajada xulosaning
chin Bulishi extimolining ortishiga imkoniyat yaratadi. Ular quyidagilardan iborat:
1.
Èkstensiv metoddan foydalanish, ya’ni o’rganilayotgan predmetlar sonini oshirish.
Bu bir oz Bo’lsa xam xulosaning chin Bulishi extimolini orttiradi. Lekin bu erda bir
narsani xisobga olish zarur. Tajriba tugal Bulmagan, ya’ni
sinfning barcha predmetlari
emas, faqat bir nechtasi o’rganiladigan bir sharoitda keyingi o’tkaziladigan tajribalardan
birida avvalgi tajribalar natijalariga zid Bo’lgan xolni kuzatish extimoldan xoli emas.
Bunda o’rganilayotgan xodislar sonini ko’paytirish yo’li bilan ko’zlangan maqsadga
erishishga urinish kam samara beradi. Tajribani to’gal kilishga erishib Bulmaydi, Chunki
bilish obyekti ko’p xollarda ochik sistemadan – xodisalar va xolatlar soni amalda cheksiz
Bo’lgan obyektdan iborat Bo’ladi.
141
2.
Tajriba natijalarining sifat jixatidan xilma xil Bulishiga erishish, ya’ni bir xil
sharoitda takrorlanadigan belgilarnigini emas, balki turli xil soxalar, xolatlarda
takrorlanadigan o’xshash belgilarni xam qayd etish mo’ximdir.
3.
Shuningdek, tajriba natijalarining ko’chli Bulishi, «bexosdan»
aniklanishi omillari
xam mo’xim axamiyatga ega.
4.
Keyingi ikkita metodologik talab to’liksiz induksiyada empirik materiallarni tanlab
olishni takoza etadi.
Dastlabki empirik materiallarni-ko’zatish va tajriba natijalarini tanlab olish usuliga
ko’ra to’liksiz induksiyaning ikkita turi: sanash orkali to’liksiz induksiya (eno’merativ
induksiya) va istisno kilish orkali to’liksiz induksiya (eliminativ induksiya) ajratilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: