O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/168
Sana07.04.2022
Hajmi4,89 Mb.
#534980
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   168
Bog'liq
mantiq

To’liq induktsiya
induktiv xulosa chiqarishning shunday turiki, unda birorta belgining 
ma’lum bir sinfga mansub xar bir predmetga xosligini aniqlash asosida, shu belgining berilgan 
sinf predmetlari uchun umumiy belgi ekanligi xaqida xulosa chiqariladi. 
To’liq induktsiya predmetlarning kichik sinfiga, elementlari yaqqol ko’zga tashlanib 
turadigan, miqdor jixatdan cheklangan yopiq sistemalarga nisbatan xulosa chiqarishda 
ishlatiladi. Masalan, Quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar, NATOga a’zo davlatlar, 
birorta shaxarda joylashgan korxonalar va shu kabilar xaqida xulosalarni to’la induktsiya 
yo’li bilan olish mumkin. Xususan, Quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar xarakatining 
yo’nalishi soat strelkasi xarakati yo’nalishiga teskari ekanligi xaqidagi xulosa aynan ana 
shu usul yordamida xosil qilinadi. Xuddi shuningdek, «Barcha metallar elektr tokini 
o’tkazadi», «NATOga a’zo davlatlar shu tashkilotning ustaviga rioya qiladilar», 
«Toshkent shaxridagi barcha korxonalar elektr energiyasi bilan to’la ta’minlangan» kabi 
umumiy xukmlar orqali ifoda qilingan xulosaviy bilimlar xam to’liq induktsiyani qo’llash 
asosida shakllanadi. 
To’liq induktsiyada muxokamaning ko’rilish sxemasi quyidagi ko’rinishga ega: 
S

predmeti R belgiga ega 
S

predmeti R belgiga ega 
... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... 
S
n
predmeti R belgiga ega 
Faqat S
1
, S
2
,..., S
n
largina S 
sinfini tashkil etadi 
S sinfining xar bir predmeti R 
belgiga ega 
Simvolik ifodasi esa quyidagicha: 
R (x
1

R (x
2

... ... ... 
R (x
n



137 
1
, x
2
,..., x
n
>



x((x

S)

R (x)) 
Predmetlarning yopiq to’plamini o’rganish empirik tadqiqotning aniq bir sinfni bilish 
bilan chegaralanganligini bildiradi. Ana shuning uchun xam asoslardagi xar bir predmet 
xaqidagi ma’lumot qayd etilgan belgini sinf predmetlarining barchasiga yoyish, ularga 
tegishli, deb aytish uchun mantiqiy asos Bula oladi. 
Demak to’liq induktsiyaning asosiy xususiyati shundaki, unda berilgan sinfga mansub 
barcha predmetlar birma-bir o’rganilib chiqilishi, ular xaqida yakka xukmlar xosil 
qilinishi va asoslar sifatida qabul qilinishi zarur. 
To’liq induktsiyaning yana bir muxim xususiyati bor: uning asoslari xam, xulosasi 
xam aniq, tekshirilgan, extimoldan xoli fikrlarni aks etirgani uchun, ular qa’tiy xukmlar 
orqali ifodalanadi. Masalan, oddiy qa’tiy sillogizmni o’rganishni uning 1-figurasidan 
boshlab, uning to’gri moduslarga egaligini aniqlaymiz. Shu yo’l bilan sillogizm II, III, IV 
–figuralarini ko’rib chiqamiz; ularning xam xar birining to’gri moduslarga ega 
ekanligining guvoxi Bulamiz. Natijada sillogizm figuralarining bu xususiyatini yakka 
xukmlarda ifoda etamiz va to’liq induksiya Buyicha xulosa chiqarish uchun asos qilib 
olamiz xamda xulosa chiqaramiz. Unda yuritilayotgan muxokama jarayoni quyidagi 
shaklga kiradi: 
Sillogizmning I - figurasi to’gri moduslarga ega; 
Sillogizmning II – figurasi to’gri moduslarga ega; 
Sillogizmning III – figurasi to’gri moduslarga ega; 
Sillogizmning IV – figurasi to’gri moduslarga ega; 
Yuqoridagi figuralar sillogizmning xamma figuralaridir 
Demak, sillogizmning xamma figuralari o’zining to’gri moduslariga ega. 
To’liq induktsiyaning asoslari va xulosasini ularning strukturasi jixatidan olib taxlil 
qilsak, quyidagi xolni kuzatish mumkin. Asos Bulib kelayotgan xukmlar subyektlari 
mantiqiy sinfning aloxida elementlarini ifoda etadi. Xulosaning subyekti esa bir butun 
mantiqiy sinfni aks ettiradi. Asoslar va xulosa predikatlari predmetlar belgisini ifoda 
qiladi. U asoslarda sinfning aloxida olingan xar bir elementiga tegishli belgi sifatida fikr 
qilinadi. Xulosada esa u belgi butun sinfga ko’chirilib, unga tegishli umumiy belgi 
sifatida qayd etiladi. Fikrimizni quyidagi misol orqali oydinlashtiramiz: 
Zardusht Qadimgi Xorazmda tugilgan 
Budxa Xindistonda tugilgan 
Muso Misrda tugilgan 
Iso (Iisus Xristos) Quddusga yaqin Viflemda tugilgan 
Muxammad Makkada tugilgan 
Ular buyuk dinlarning asoschilaridir 
Demak, buyuk dinlarning asoschilari Sharqdan chiqqanlar. 
Keltirilgan misolda biz e’tiborimizni qaratishimiz zarur Bo’lgan muxim bir tomon bor. 
U xam Bo’lsa, faqat xulosaning subyektigina (Buyuk dinlar asoschilari) emas, balki 
predikatining (Sharkdan chiqqan) xam asoslardagi predikatlar (Xorazm, Xindiston, Misr, 
Quddus, Makkalarda to’gilganligi) sinfidan tashkil topganligidadir. Ya’ni, xulosa - R, 
asoslardagi R
1
, R
2
,..., R
n
turlaridan, modifikatsiyalaridan tashkil topgan. Boshqacha 


138 
aytganda, unda asoslar subyektlari - xulosa subyektida, asoslar predikatlari - xulosa 
predikatida sinflarga birlashtirilgan va mantiqan umumlashtirilib, umumiy xukm 
shaklidagi xulosa xosil qilingan. 
To’liq induktsiyaga xos Bo’lgan yana bir xususiyatni ko’rsatish mumkin. Bu uning 
asoslarda va xulosada ko’rsatilgan predmetlardan boshqa predmetlar xaqida bilim 
bermasligidan iborat. 
Nixoyat, to’liq induktsiyaning xulosasining aniq va chin Bulishi bilan deduktiv xulosa 
chiqarishga o’xshab ketishini qayd etish zarur. 
Buni to’liq induktsiyani sillogizm III – figurasi bilan solishtirish, ularning o’xshash 
tomonlarini ajratish yo’li bilan ko’rib chiqish mumkin. Birinchidan, ularning ikkalasi 
xam aniq xulosalar beradi. Bunga asosiy sabab shuki, sinfga mansub barcha predmetlar 
birma-bir o’rganilib chiqiladi. Ikkinchidan, ularning xulosasida predikat ifoda kiluvchi 
fikr (belgi xaqidagi fikr) mantiqiy turdan mantiqiy jinsga (mantiqiy sinfga) ko’chiriladi. 
Sillogizm III – figurasida xulosa juz’iy xukmlar tarzida kelib chiqadi, lekin asoslarda 
ko’rsatilgan predmetlarga qaraganda ko’proq Bo’lgan predmetlar sinfi xaqida fikr 
bildiriladi, ya’ni predikat (belgi xaqidagi ma’lumot) turdan jinsga ko’chiriladi. Masalan: 
Kitoblar – ma’naviy boylik 
Kitoblar - aqliy mexnat natijalari 
Demak, aqliy mexnat natijalarining ba’zilari ma’naviy boylikdir. 
Bunda «ma’naviy boylik» Bulish belgisi (R) «kitoblar»dan «aqliy mexnat natijalari» 
ga ko’chiriladi. Kitoblar – ma’naviy boylik, aqliy mexnat natijalari. Ma’naviy boylik esa, 
aqliy mexnat natijalarining bir turidir. 
To’liq induktsiya bilan sillogizm III-figurasining bir-biridan farq qiladigan tomonlari 
bor, albatta. Xususan, sillogizm III-figurasining xulosasi - juz’iy xukm, to’liq 
induktsiyasining xulosasi - umumiy xukmdan iborat. Lekin bu to’liq induktsiya 
xulosasining aniq, qat’iy Bulishga shuxba tugdirmaydi. Bu erda biz uchun eng muximi 
shudir. 
To’liq induktsiya taxliliga yakun yasab, uning xulosasining aniq, kat’iy Bulishini, 
predmetlarning kichik sinfi xaqida empirik materiallarni umumlashtirish yo’li bilan xulosaviy 
bilim olishning samarali vositasi ekanligini aloxida qayd etsa Bo’ladi. 
Obyektiv olamdagi predmet va xodisalarning katta sinflarini, ularning amalda cheksiz 
Bo’lgan xossalarini tajriba va kuzatishda to’laligicha qamrab olib Bulmaydi. Ana shuning 
uchun xam to’liq induktsiyaning bilish jarayonidagi imkoniyatlari o’z chegarasiga ega, 
deb xisoblanadi. 

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish