Induktiv xulosa chiqarishi
Biz avvalgi mavzuda zaruriy xulosa chiqarish bilan (deduktiv xulosa chiqarish
asosida) tanishib chiqqan edik. Mantiqda extimoliy xulosa chiqarish xam o’rganiladi.
Èxtimoliy xulosa chiqarish turli xil shakllarda, shu jumladan, induktiv xulosa
chiqarish shaklida amalga oshishi mumkin. Ularning barchasiga xos xususiyat –
xulosaning asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqmasligi xamda faqat ma’lum
bir darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi
mantiqiy
extimollik
, deb nom olgan.
Induktiv xulosa chiqarish bilan batafsilroq tanishib chiqamiz.
Bilish, qaysi soxada amalga oshishidan qat’iy nazar-soglom aql darajasidami yoki
ilmiy bilishdami – doimo predmet va xodisalarning xissiy idrok etiladigan xossa va
munosabatlarini o’rganishidan boshlanadi. Uni falsafada, mantiqda empirik bilish
bosqichi deb atashadi. Bu bosqichda subyekt turli xil tabiiy jarayonlar, ijtimoiy
xodisalarda o’xshash sharoitlarda ma’lum bir xususiyatlarning takrorlanishini kuzatadi.
Bu ana shu turgun xolda takrorlanib turuvchi xossaning ayrim predmetning individual
xossasi emas, balki ma’lum bir sinfga mansub predmetlarning umumiy xossasi Bo’lsa
kerak, degan fikrga kelishga asos Bo’ladi. Masalan, qaysi davlatda demokratiya
printsiplariga yaxshi amal qilinsa o’sha davlat axolisining ijtimoiy turmush darajasi
yuqoriligini kuzatish mumkin. Shu asosda demokratiyaning printsiplari, shartlari yaxshi
amal qiladigan xar qanday davlatda axolining turmush darajasi yuqori Bo’ladi, degan
xulosaga kelish mumkin.
Mana shunday juz’iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o’tish induktsiya shaklida
sodir Bo’ladi (lotincha inductio-yagona asosga keltirish).
134
Induktiv xulosa chiqarish e
mpirik umumlashtirish shaklida sodir Bulib, unda birorta
belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu
belgining mazkur sinfga tegishli barcha perdmetlarga xosligi xaqida xulosa chiqariladi.
Induktsiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o’rnatilgan turli empirik
qonuniyatlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o’z aksini topadi, predmet va xodisalar
xaqidagi bilimlarimizni kengaytirishiga olib keladi.
Induktiv xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish xisoblanadi, ya’ni uning asoslari
ikkita va undan ortiq muloxazalardan tashkil topgan Bo’ladi. Ular, odatda, yakka predmet
yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladilar. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga
mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy xukm tarzidagi fikr xosil qilinadi.
Demak, induktiv xulosa chiqarishda yakkalik, juz’iylik va umumiylikning dialektik
aloqasini kuzatamiz. Ayrim faktlarni ifodalaydigan, juz’iy xarakterga ega Bo’lgan
bilimlar umumiy bilimlarni xosil qilish uchun mantiqiy asos Bulib xizmat qiladi.
Takrorlanib turuvchi turgun aloqalar, odatda, predmetlarning muxim zaruriy aloqalaridan
iborat Bo’lgani uchun, bu umumiy bilimlar qonuniyatlarni ifoda qiladilar. Asoslardagi
yakka va juz’iy faktlar xaqidagi bilimlar esa ana shu qonuniyatlarning namoyon Bulishini
qayd etadilar. Induktiv xulosa chiqarish kuzatish va tajriba natijalarini umumlashtirish
bilan bogliq Bo’lgani uchun, ular xaqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Kuzatish predmet va xodisalarni o’rganishning eng oddiy, ko’p xollarda qo’llash
mumkin Bo’lgan usulidir. Unda subyekt (masalan, tadqiqotchi) kuzatilayotgan xodisaga
bevosita ta’sir o’tkazmasdan, uni tabiiy xolatida, boglanshlarida o’rganadi. Bunda
subyekt o’z sezgi organlari, tadqiqotlar olib boriladigan asbob-uskunalar (masalan,
mikroskop, tunda ko’rish asbobi va shu kabilar) bilan ish ko’radi.
Tabiiyki kuzatish pala-partish, uzuq-yuluq xolda emas, balki izchil, ko’pincha
avvaldan tuzilgan reja (masalan, tadqiqot rejasi) asosida o’tkaziladi. Masalan, korxona
raxbari uning turli Buginlarida, Bulimlarida ishlayotgan mas’ul xodimlarning,
ishchilarning ishini sistemali ravishda, muntazam kuzatib boradi, induktsiya asosida
ma’lum bir xulosalarga keladi. Bu xulosalar boshqaruv strukturasi, kadrlar masalasiga
ma’lum bir o’zgartirishlar kiritish uchun asos Bulib xizmat qiladi. Boshka bir misol.
Militsiya yoki prokuratura xodimi jinoyatni sodir qilishda shubxalanayotgan kishini
xibsga olishdan avval uning xatti -xarakatlarini oldindan tuzilgan reja asosida, turli xil
sharoitlarda tabiiy xolatda, unga xalaqit bermagan xolda kuzatib boradi. Bu esa unga
qat’iy bir qarorga kelishi uchun zarur Bo’lgan faktlarni topishiga yordam berishi
mumkin.
Tajriba (eksperiment) xodisalarni o’rganishning murakkabroq usuli Bulib, u bilish
obyektiga ma’lum bir tarzda ta’sir o’tkazishni taqozo etadi. Tajriba, albatta, avvaldan
tuzilgan reja asosida, maxsus yaratilgan sharoitda, zarur asbob-uskunalardan
foydalangan, kerakli mantiqiy usullarni qo’llagan xolda o’tkaziladi.
Ilmiy bilishning tehnikaviy asosi tobora mustaxkamlanib borayotgan xozirgi sharoitda
tajribalar turli-tuman murakkab asbob-uskunalardan foydalanilgan xolda o’tkaziladi. Ular
xodisalarning sababi aloqalarni aniqlashni, ichki qonuniyatlarini ochishni osonlashtiradi,
tezlashtiradi.
Bu erda, albatta, mukammal asbob-uskunalarning yaratilishining negizida xam
obyektiv borliq va bilimga hos qonuniyatlarning ochilishi, ularni ifoda qiluvchi
bilimlarning amaliyot, tehnikada joriy qilinishi yotishni, ya’ni, boshqacha aytganda,
135
induktiv hulosa chiqarishda amaliyot va bilimning uzviy aloqada Bulishni nazarda tutish
lozim.
Tajriba bilish jarayonida ko’yidagi ko’layliklarni yaratishga imkon beradi.
1.
O’rganiladigan (tajriba o’tkaziladigan) predmetlar doirasini tadqiqotchi ixtiyoriy
ravishda kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin;
2.
Bilish obyektini «toza» xolda, ya’ni boshqa obyektlar ta’siridan «ajratib» qo’ygan
xolda yoki ular bilan birga Bo’lgan o’zaro ta’sirida olib o’rganish mumkin;
3.
Bilish obyektiga ta’sir etuvchi xolatlarni ixtiyoriy tarzda o’zgartirib turish mumkin;
4.
O’tkazitlayotgan tajribani tezlashtirish yoki sekinlashtirish mumkin;
5.
Natijaning chinligiga ishonch xosil qilish uchun tajribani zarur Bo’lgan miqdorda
takrorlash mumkin.
Induktiv xulosa chiqarishning asoslarida, yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, kuzatish
va tajriba natijalari ifodalangan Bulib, ular birorta S sinfiga taaluqli S
1
, S
2
,.. S
n
xodisalarda r belgisining turgun xolda takrorlanishi xaqidagi axborotni qayd qiladilar.
Xulosasida shu belgining predmetlarning butun sinfiga xosligi xaqida fikr xosil qilinadi.
Unda muxokamaning sxemasi quyidagicha Bo’ladi:
S
1
xodisasi R belgiga ega
S
2
xodisasi R belgiga ega
... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ... ...
S
n
xodisasi R belgiga ega
S
1
, S
2
,..., S
n
lar S sinfiga mansub
S sinfining xar bir xodisasi R belgiga ega.
Simvolik ifodasi esa quyidagicha:
R (x
1
)
R (x
2
)
... ... ...
R (x
n
)
x
1
, x
2
,..., x
n
S
x ((x
S)
R (x)
Tajribada ko’p martalab takrorlanadigan predmetning turgun aloqalari sababiyatni,
zaruriyatni ifoda qiladigan umumiylikdan iborat Bulib, u induktiv xulosa chiqarishda
asoslardan xulosaga o’tish uchun mantiqiy asos Bulib xizmat qiladi.
Induktiv xulosa chiqarishning bilishdagi bosh vazifasi juz’iy xolni umumiylashtirish,
ya’ni ayrim faktlarga xos xussusiyatni berilgan sinfga taalluqli barcha predmetlarga xos
xussusiyat darajasiga ko’tarish (generalizatsiya qilish) asosida umumiy bilim xosil
qilishdan iborat. O’z mazmuni va bilishdagi axamiyatiga ko’ra bu bilimlar kundalik
tajribani umumlashtirish negizida xosil qilinadigan eng oddiy umumlashmalardan tortib,
to empirik va nazariy qonunlar, gipotezalar, ilmiy nazariyalar darajasigacha etgan
bilimlar Bulishi mumkin.
Ilmiy bilish tarixi fanning turli xil soxalarida qilingan kashfiyotlar, masalan elektr,
magnitizm, optikaga oid juda ko’p sababiy aloqadorliklar, qonuniyatlar ularning aynan
induktiv yo’l bilan o’rnatilganini tasdiqlaydi.
Induktsiya asosida xosil qilingan xulosalarning mantiqiy qiymati, extimoliy yoki
zaruriy Bulishi o’tkazilgan tajribaning xarakteriga bogliq.
136
Kuzatish va tajriba tugalanmagan Bo’ladi. Keyingi o’tkaziladigan tajriba,
kuzatishlarda predmet va xodisalarning yangi muxim xususiyatlari, munosabatlari
aniqlanishi mumkin. Bu esa, mavjud predmet va xodisalar xaqidagi tasavvurlarni
o’zgartirib yuboradi. Xususan, avval chin deb xisoblangan bilimlar shubxa ostiga olinib
qoladi, extimoliy tarzdagi fikrlarga aylanadi.
Mantiqda extimollik tushunchasi chiqarilgan xulosaning noaniqligini, qo’shimcha
tekshirishlar o’tkazish zarurligini anglatadi. Shunga qaramasdan tajriba bilimning muxim
vositasi Bulib qoladi.
Shuni aloxida qayd etish zarurki, ayrim, juz’iy faktlar xaqidagi aniq bilimlardan
noaniq hulosalarning chiqishi obyektiv voqyelikni bilishning murakkab dialektik jarayon
ekanligini bildiradi. Voqyelikdagi bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchsini
tajribada qamrab olish qiyin. Sinf predmetlarining barchasi qamrab olinganda xam,
ularning hususiyatlarining xammasini o’rganib Bulmaydi, chunki ularning soni ko’p.
Xarakat, taraqqiyot davomida to’htovsiz ravishda ularning ba’zilari yo’qolib, boshqa
birlari paydo Bulib turadi.
Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi: to’liq va to’liqsiz induktsiyalar farq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |