O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/168
Sana07.04.2022
Hajmi4,89 Mb.
#534980
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   168
Bog'liq
mantiq

Sillogizmning umumiy qoidalari. 
 
Xulosa asoslarining chin Bulishi xulosaning chin Bulishi uchun etarli emas. Xulosa chin 
Bulishi uchun yana ma’lum qoidalarga amal qilish xam zarur. Bu sillogizmning umumiy 






ёки 


128 
qoidalari deb ataladi. Ular sillogizmning terminlari va asoslariga taalluqli Bo’lgan qoidalar 
Bulib, quyidagilardan iborat: 
1. Sillogizmda uchta termin: katta, kichik va o’rta terminlar Bulishi kerak. Ma’lumki, 
sillogizmning xulosasi katta va kichik terminlarning o’rta terminga Bo’lgan 
munosabatiga asoslanadi; shu sababdan xam terminlar soni uchtadan kam yoki ortiq 
Bulmasligi talab qilinadi. Agar terminlar soni uchtadan kam Bo’lsa, xulosasi yangi bilim 
bermaydi. 
Masalan: Xamma notiqlar so’z san’atini chuqur egallagandir. 
So’z san’atini chuqur egallaganlar orasida notiqlar xam bor. 
Bu ikki muloxazadan xulosa chiqarib Bulmaydi, chunki terminlar soni ikkita. 
Terminlar sonining uchtadan ortib ketishi ayniyat qonuni talablarining buzilishi bilan 
bogliq Bulib, terminlarning to’rtlanishi (quarternio termunorum), deb ataluvchi xatoga 
olib keladi: 
Davlat-iqtisodiy munosabatlarining siyosiy ifodasidir. 
Xar bir inson uchun sixat-salomatlik eng katta davlatdir. 
Bu muloxazalarda «davlat» tushunchasining ikki xil ma’noda qo’llanilishi chetki 
terminlarning o’zaro mantiqiy boglanishiga imkon bermaydi. Terminlarning uchtadan 
ortiq Bulishi asoslar o’rtasidagi mantiqiy aloqadorlikning uzilishiga xam sabab Bo’ladi: 
Xamma notiqlar-shuxratparast. 
Ŝitseron-davlat arbobi Bo’lgan. 
Bu ikki muloxazadan xulosa chiqarib Bulmaydi, chunki bu muloxazalar o’zaro 
mantiqiy boglanmagan. 
2. O’rta termin xech Bulmaganda asoslardan birida to’la xajmda olinishi kerak. 
Agar o’rta termin xech bir asosda to’liq xajmda olinmasa, chetki terminlarning 
boglanishi noaniq Bo’ladi va xulosaning chin yoki xatoligini aniqlab Bulmaydi. 
Ba’zi faylasuflar notiqdir. 
Kafedramizning xamma a’zolari faylasufdir. 
Bu sillogizmda o’rta termin katta asosda juz’iy xukmning subekti, kichik asosda 
umumiy tasdiq xukmning predikati Bo’lganligi uchun to’liq xajmda olinmagan. Shuning 
uchun chetki terminlar o’rtasidagi bogliqlik aniqlanmagan. Bu asoslardan chiqarilgan 
xulosalar noaniq Bo’ladi: 
a) Kafedramizning xamma a’zolari notiqdir. 
b) Kafedramizning ba’zi a’zolari notiqdir. 
3. Katta va kichik terminlar asoslarda qanday xajmda olingan Bo’lsa, xulosada xam 
shunday xajmda Bulishi kerak. 
Bu qoidaning buzilishi kichik yoki katta termin xajmining noo’rin kengayib ketishiga 
olib keladi. Masalan: 
Xamma studentlar imtixon topshiradilar. 
Xech bir abiturent student emas. 
Xech bir abiturent imtixon topshirmaydi. 
Bu misolda kichik termin xajmining noo’rin kengayib ketishi xulosaning xato 
Bulishiga sabab Buldi. 
4. Ikki inkor xukmdan (asosdan) xulosa chiqarib Bulmaydi. Masalan: 
Ishsizlar tadbirkor emas. 
Talabalar ishsiz emas. 



129 
5. Ikki juz’iy xukmdan xulosa chiqarib Bulmaydi. Masalan: 
Ba’zi ayollar tadbirkordir. 
Ba’zi davlat arboblari ayollardir. 

6. Asoslardan biri inkor xukm Bo’lsa, xulosa xam inkor xukm Bo’ladi.Masalan: 
Xech bir jinoyat jazosiz qolmaydi. 
Vatanga xiyonat qilish jinoyatdir 
Vatanga xiyonat qilish jazosiz qolmaydi. 
7. Asoslardan biri juz’iy xukm Bo’lsa, xulosa xam juz’iy xukm Bo’ladi. Masalan: 
Yaxshi farzand ota-onasini xurmat qiladi. 
Ba’zi yoshlar yaxshi farzanddir. 
Ba’zi yoshlar ota-onasini xurmat qiladi. 

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish