Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
76
library.ziyonet.uz/
Ma’lumingizkim, hozir bola birinchi sinfga chiqishdan oldin muallimlarning suhbatidan
oʻtadi. Bu bilan bolaning ongi, zehni darajasi aniqlanadi. Xullas, bir bolaga rasmni
koʻrsatib: «Bu nima?» deb soʻrashadi. Bola javob beradi: «Bu boʻgʻirsoq». Boshqa
rasmni koʻrsatib soʻrashadi: «Bu nima?» Javob beradi: «Bu tulki». Yana soʻraydilar.
Ammo bola javob oʻrniga xuddi kattalarday deydiki: «Mendan bunaqa mayda-chuyda
narsalarni soʻramang. Siz Paygʻambarimizning, alayhissalom hayotlarini soʻrang, aytib
beray». Muallimalar noiloj «aytib ber», deyishadi. Bu yerda asosiy gap muallimalarning
bilmagan ilmini bola bilishida emas. Asosiy murod - bu bola ulgʻayganida ota-onasini
xorlab qoʻymaydi. Ota-onasi oʻtgandan keyin ham duoda boʻladi. Farzandiga Islom
alifbesini oʻrgatgan ota va ona va dunyo oxiratlari uchun ikki muazzam saroy tiklab
qoʻyibdilarkim, unda yashash ularga muborak boʻlsin.
Abu Usayd (r.a.) hikoya qiladilar:
«Biz Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida edik. Shu vaqt bir kishi kelib: «Yo Rasulalloh! Ota-
onamning hayot vaqtlarida qilgan yaxshiliklarimdan tashqari ularning vafotidan keyin
yana nima qilsam shu yaxshiligim davom etadi?» - deb soʻradi. Rasululloh (s.a.v.) unga
dedilar:
-Toʻrtta narsani qilib yursang, ularga qiladigan yaxshiliging davom etavergan boʻladi.
Ularning birlamchisi - ota-onang haqlariga duo qilasan va gunohlarini kechirmakni Alloh
taolodan soʻraysan. Ikkilamchisi - ularning nasihat va shar'iy vasiyatlarini amalga
oshirasan. Uchlamchi - ularning doʻstlarini hurmatlaysan va toʻrtlamchi - qavm-
qarindoshlar bilan ular tufayli qaror topgan qarindoshlik aloqalarini uzmaysan.
Bu mavzuda aytaman desak, hikmat koʻp. Biroq, Alisher Navoiy hazratlaridan bir necha
bayt oʻqimasak, koʻnglimiz oʻrniga tushmaydigan koʻrinadi:
Biri erur makrumati volidayn,
Bilki munung qilmogʻidur farzi ayn.
Bu ikining xidmatini bir bil,
Har necha ifrot esa, taqsir bil.
Deyilmoqchikim: Tarbiyaning yana biri ota-onani hurmat qilish; buni bajarish uning
uchun majburiyatdir (shartdir). Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq
boʻlsa ham, kam deb bil.
Boshni fido ayla, ato qoshigʻa,
Jismni qil sadqa ano boshigʻa.
Ikki jahoninggʻa tilarsen fazo –
Hosil eti ushbu ikisidin rizo.
Deyilmoqchikim: Otang oldida boshingni fido qilib, onang boshi uchun butun jismingni
sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyong obod boʻlishini istasang, shu ikki odamning
roziligini ol!
Tun-kunungga aylagali nur fosh,
Birini oy angla, birisin quyosh.
Soʻzlaridin chekma qalam tashqari,
Xatlaridin qoʻyma qadam tashqari.
Boʻlsun adab birla bori xidmating,
Xam qil adab “dol”i kibi qomating.
Do'stlaringiz bilan baham: |