Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
70 
library.ziyonet.uz/ 
marosimiga tayyorlanayotgan ekan. Bizda bunaqa odat koʻp uchraydi. «Otam (yoki 
onam) koʻrib qolsinlar», deb toʻy yoki boshqa marosimni tezlatamiz. Bu albatta yaxshi 
niyat. Ammo bu niyat ortida «otam (yoki onam) oʻlib qolsa toʻyim qolib ketadi (yoki 
toʻyga ataganlarim azaga ishlatilib ketadimi) degan hadik ham boʻladi, buni 
yashirmaylik. Xullas, birodarimizning akasi aqiqa dasturxoniga olinajak ne’matlarni 
roʻyxat qilib oʻtirganida xasta ota «quyultirilgan shirin sut ham olib kelgin», deb iltimos 
qilibdi. Shunda nodon oʻgʻil oʻylamay-netmay «Bunaqa sut hozir otliqqa yoʻq, qaerdan 
topaman», debdi. Xasta ota indamabdi. Oʻsha paytda bu narsaning topilishi chindan ham 
qiyin edi. Ammo oʻgʻil otaning koʻngli uchun «albatta topamiz», desa kifoya edi. 
«Xudoning marhamatini qarangki, - deydi birodarimiz, - akamning bu gaplaridan ranjib 
turganimda bir doʻstim dadamni yoʻqlab, ikkita non bilan oʻsha soʻralgan shirin sutdan 
olib keldi. «Mana, dada, soʻraganingiz, ochib beraymi?» deb soʻradim. Dadam bankani 
qoʻllariga olib xuddi goʻdak boshini silaganday silardilar-da, «keyin ochasan», dedilar. 
Aqiqadan soʻng dadam hushlarini yoʻqotdilar va koʻp oʻtmay bu foniy dunyoni tark 
etdilar. Ayollar dadam istagan quyultirilgan shirin sutni ochib, shirinliklar pishirib 
ma’raka dasturxoniga qoʻydilar...» 
Shunga oʻxshagan voqealar oz boʻlsa ham uchrab turadi-ki, undan koʻz yummoqlik 
musulmon bolasiga xos emas. Ota-onalarini izzat qiluvchilarni hayotda koʻp uchratamiz 
va bundan koʻngillarimiz shodlanadi. «Mening farzandlarim ham shunday solih boʻlsin», 
deb niyat qilamiz. Niyat qilishimiz albatta yaxshi, ammo shuning oʻzi kifoya emas. 
Farzandning olijanob, fazilatli boʻlishi faqat uning nasl-nasabiga ham taalluqli boʻlib 
qolmaydi. 
Qadimda oʻgʻrilarning qoʻllari kesilganini eshitganmiz. Shunday oʻgʻrilardan biri 
ushlanib, jazoga hukm qilinganda bir qizcha podsho huzuriga kelib tiz choʻkib, 
yigʻlaganicha oʻtinib soʻrabdi: 
-Otamni jinoyatlari uchun qoʻllarini kesishga buyurgansiz. Bilaman, hukmingiz adolatli. 
Lekin otamning mendan kichik yana toʻrt farzandlari bor. Onamiz kasalvandlar, bizlarni 
boqa olmaydilar. Agar otamizning qoʻllarini kestirsangiz, hammamiz ochdan oʻlamiz. 
Bizlarga rahm qiling, otamizning qoʻllarini kestirmang. Agar qoʻl kesmaslikning boshqa 
iloji boʻlmasa, u holda otamning qoʻllari oʻrniga mening qoʻlimni kesa qoling. 
Podsho bu gapni eshitib, kichkinagina qizning ota-onasiga muhabbati bu qadar 
ulugʻligidan hayratda qoldi. Qizni sinamoq maqsadida unga: 
-Mayli, otang qoʻli oʻrniga sening qoʻlingni kestiraman. Qoʻlingni bugun emas, ertaga 
kesishadi. Ertagacha yaxshilab oʻylagin, keyin yana pushaymon yeb yurmagin, - dedi. 
Ertasi kuni jazo maydonida yana odam toʻplandi. Qizning otasini keltirdilar. Qiz ham 
hozir boʻlib, otasiga dedi: 
-Otajon, sira qoʻrqmang, men podshoga «Otamning qoʻllari oʻrniga mening qoʻlimni 
kestiring», deb yalindim. Iltimosim qabul boʻldi. Hozir mening qoʻlimni kesib, sizni ozod 
qilishadi. 
Qiz shunday deb, kundaga qoʻlini qoʻydi. Bu holatdan podsho ham, toʻplanganlar ham 
koʻz yoshi toʻkdilar. Qizning otasi ozod etildi. Ota-bolaga iltifotlar koʻrsatildi. 
Podshoning amri bilan jazo maydonidagi kunda olib tashlanib, uning oʻrniga bir marmar 
tosh tiklandi-da, bu soʻzlar oʻyib yozildi: 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish