Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
71 
library.ziyonet.uz/ 
«Bir yoshgina qiz otasining qoʻli oʻrniga oʻz qoʻlini fido etishni istadi. Shu qizdek 
farzandga ega boʻlgan ota-ona qanday baxtiyordir...» 
Bu marmar tosh farzand mehriga qoʻyilgan oʻziga xos ramziy haykaldir. Hayotda hech 
yerda bunday haykal yoʻq. Ammo ota-ona farzandidan ozginagina mehr koʻrsa ham unga 
oʻz qalbi toʻridan bitta haykal tiklaydi. Bu haykalning nomi - shukronalik. Ota-onasini 
rozi qilgan farzandga esa Tubo (jannatlardan biri yohud undagi bir daraxt nomi) nasib 
boʻlishi, Alloh taolo umrini ziyoda etishi haqida sharafli hadisda marhamat qilinadi. 
Hazrat Navoiy ta’birlari bilan aytilsa - «Hurmati volidayn - farz ayn». Ota-onani 
hurmatlash - bajarilishi oʻta zarur amaldir. 
Abdulloh ibn Umar (r.a.) Taysala ibn Miyosdan «Doʻzaxdan qoʻrqib jannatga kirishni 
xohlaysanmi?» deb soʻradilar. «Albatta xohlayman», dedilar Taysala. «Ota-onang 
tirikmi?» - deb soʻradilar. «Otam vafot etganlar, ammo onam borlar», dedilar Taysala. 
Shunda Abdulloh ibn Umar dedilarki: «Katta gunohlardan oʻzingni saqlaganingdan keyin 
onangga qattiq gapirmasang, uning ob-ovqatini berib tursang, albatta jannatga kirasan», - 
dedilar. 
Agar e’tibor qilsak, bu hikmatning asosi ham «Jannat onalar oyogʻi ostidadir», hadisi 
sharifi ekanini anglaymiz. 
Rivoyat qiladilarkim, Marvon ibn Hakam Madinadan bir joyga safarga ketganlarida oʻz 
oʻrnilariga Abu Hurayrani qoldirib ketardilar. Abu Hurayra Zul-Hulayfada turib, oʻzlari 
bir xonada, onalari esa boshqa xonada yashardilar. Abu Hurayra qachon oʻz xonalaridan 
tashqariga chiqadigan boʻlsalar, onalarining eshigi oldiga kelib salom berardilar-da: 
«Meni yoshligimdan tarbiyat qilganingiz uchun sizga Alloh taoloning rahmati boʻlsin», - 
der edilar. Onalari ham u kishining salomlariga javob qaytarib: «Katta boʻlganingda 
menga yaxshilik qilayotganing, roziligimni olayotganing uchun senga ham Alloh 
taoloning rahmati boʻlsin», der edilar. Abu Hurayra tashqaridan qaytib kelganlarida ham 
ona-bola oʻrtasida shu muomala takrorlanardi. 
Ey koʻngil! Bu goʻzal muomala senda ham bormi? Bor boʻlsa, umring armonsiz oʻtajak. 
Yoʻq boʻlsa-chi? Avval aytgin: nima uchun yoʻq? Oʻntagina soʻzni aytishga tiling nima 
uchun aylanmaydi? Senga nima toʻsqinlik qiladi? Ehtimol onangni qaymoq bilan 
boqishga puling yoʻqdir. Qaymoq soʻzing-chi? Asal sotib olishga puling yetmas, ammo 
asal kabi totli duo uchun nimang yetishmaydi? 
Ne shodki, bizning yurtimizda ota-onasini hurmat qiluvchilar koʻp. Kamina istiqomat 
qiluvchi «Ilgʻor» mahallasida Yaponiya mamlakatidan kelgan bir yosh olim ijtimoiy 
tadqiqot olib bordi. 
U mahalladagi barcha marosimlarda ishtirok etishga harakat qildi. Uning ziyrak fahmi 
farzandlarning ota-onalarini beqiyos tarzda hurmat qilishlarini anglabdi. Bir kuni u bilan 
suhbat chogʻida dunyoga mashhur yapon adiblarining asarlaridan gap ochdim. 
-Ha, Yaponiya ulugʻ yozuvchilarga boy mamlakat. Mening yurtim ilm-fanda ham 
ilgarilab ketgan, - dedi u. - Ammo har bir xalq ilm-fanda yoki adabiyotda xuddi shunday, 
balki bundan ham a’loroq yutuqqa ertami-kechmi erishishi mumkin. Lekin sizning 
xalqingiz erishgan boylikka hamma ham erisha olmaydi. Ayniqsa hozirgi kunlarda



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish