Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
72
library.ziyonet.uz/
hamma narsa ilm-fan taraqqiyoti mezoni bilan oʻlchanib, ma’naviy olamdan
uzoqlashilayotgan asrda qiyin, gʻoyat qiyin. Men farzandlarning ota-onalariga
mehribonligini nazarda tutyapman. Bu men uchun yangi olamday tuyulyapti. Chunki
men bu olamni yoʻqotganman. Hozir ota-onam xasta. Akam qoʻshni orolda yashaydi.
Lekin bir necha oylab kelib koʻrolmaydi. Kelsa, ishdan qoladi. Ishdan qolsa, vazifasidan
haydaladi...
Yaponiyalik mehmon shunday deb xoʻrsinib, koʻziga yosh olgan edi...
Ota-ona orasida ba’zan kelishmovchiliklar ham boʻlib turadi. Masalan ota-ona bir ish
buyursa farzand bu ishni toʻgʻri hisoblamay rad etishi mumkin. Bunda ham albatta ota-
onaning koʻngli ranjiydi.
Sa’d ibn Abi Vaqqos dedilar: «Alloh taolo Qur'oni Karimdan toʻrt oyatni mening
haqimda tushirdi. Onam: «Sen Muhammaddan ajralmaguningcha men hech narsa
yemayman ham, ichmayman ham» deb qasam ichgan edilar. Shunda Alloh taolo: «Agar
ular (ya’ni ota-onang) seni oʻzing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zoʻrlasalar,
u holda ularga itoat qilma, Ularga (garchi kofir boʻlsalar-da), dunyoda yaxshi muomalada
boʻlgin» (Luqmon surasi,15.), deb buyurdi.
Shayxlar debdilarkim: «Voliduka - robbuka», ya’ni otang - parvardigoringdir. Deyilmish
bu ma’nodan shirk koʻrilmasligi, aksincha, «tarbiyachi Allohga itoat etganing kabi ota-
onaga ham itoatda turgin», deyilmish ma’noni uqmoq joiz. Allohning inson tarbiyasiga
oid amrini bolaga eng avvalo ota-ona yetkazadi. Bu oʻrinda «robbuka» - tarbiyachi
ekaniga ishora hamda mas'uliyat yuki ham anglashilsa durust boʻlar. Xalqda «Hakim ota»
nomi bilan mashhur zotlardan Hakim Sulaymon «ota - qodiri qayyum, ona - roziqi
marsum», degan ekanlar. Ya’ni ota Allohning abadiy qudrat egasi sifatiga, ona esa
Allohning barcha jonzotga rizq beruvchi sifatiga oʻxshatilyapti.
Atodin xato kelsa koʻrma xato,
Savob bil xato qilsa dogʻi ato.
Atoning xatosini bilgil savob,
Seni yuz balodin qutqargʻay Xudo.
Turkigoʻy shoirlardan Adib Ahmadning bu nasihatini yodlab olsak-da, otamiz yoki
onamizga betgachoparlik bilan gap qaytarishga chogʻlaganimizda eslasak, balki ularning
koʻnglini ogʻritib qoʻyishdan saqlanarmiz.
Ibrohim Xalilullohning otalari but yoʻnuvchi usta Ozar edi. Ibrohim alayhissalom
otalarini butparastlikdan qaytarish uchun nasihat qilgan vaqtlarida nido keldikim, ta’zim
va muloyimliq bilan nasihat qilgʻil. Va Yusuf alayhissalom otalari Ya’qubga
(alayhissalom) xatolik bilan odobsizlik qilganlari uchun boshqa paygʻambarlardan
yetmish yildan keyin jannatga kirishga hukm etildilar. Yusuf alayhissalom qanday
odobsizlik qilibdilar ekan? Otalari bilan koʻrishayotganlarida otdan tushmay soʻrashgan
ekanlar! Nuhning (alayhissalom) oʻgʻillari Xom ham odobsizligi tufayli otaning
duoyibadiga uchradi: rangi qora boʻlib, uning naslidan paygʻambarlik uzildi. Xom
Do'stlaringiz bilan baham: |