Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
75
library.ziyonet.uz/
onasi kelib chaqirdi. Jurayj onasining ovozini eshitdi, ammo ibodatni davom ettirayinmi
buzib, javob qilayinmi deb oʻyga toldi. Oʻylanib-oʻylanib, ibodatini buzmay, onasiga
javob qaytarmadi. Onasi ikkinchi, uchinchi marta ham chaqirganida javob boʻlmagach,
«Alloh taolo seni fohisha xotinlarga yoʻliqtirsin», - deb duoyibad qilib, iziga qaytib ketdi.
Oradan koʻp oʻtmay oʻsha podachi yoniga kelib-ketib turadigan xotin bola tugʻib qoʻydi.
Uni buzuqlikda ayblab podshoh huzuriga keltirib soʻroq qilishganda «Bu bola
ibodatxonadagi rohibdan boʻlgan», - deb tuhmat da’vosini qildi. Buni eshitgan podshoh
gʻazablanib, «rohibning ibodatxonasi buzilsin, oʻzi bu yerga keltirilsin!» deb amr qildi.
Buyruqqa asosan ibodatxona buzilib, Jurayjning qoʻllari arqon bilan bogʻlanib keltirildi.
Jurayj yoʻlda kela tur
-Xoʻsh, menga ayt-chi, qoʻllaringni bogʻlab olib kelayotganlarida gʻazablanish oʻrniga
nima uchun kulding? - deb soʻradi.
-Yuz bergan voqeani koʻzim bilan koʻrib kulgim keldi. U ham boʻlsa, onamning menga
qilgan duoyibadlari edi, - Jurayj shunday deb boʻlib oʻtgan voqeani soʻzlab berdi.
Endi bayon etilajak hadisni Abdulloh ibn Avf (r.a.) Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat
qiladilar:
«Rasululloh (s.a.v.) yonlarida Suffada edik. Hijrat qilgan bir ayol Rasuli akramning
huzurlariga keldi. Paygʻambarimiz (s.a.v.) uni ayollar yoniga, oʻgʻlini esa bizning
yonimizga yubordilar. Oradan koʻp oʻtmay, ayolning oʻgʻli vaboga chalinib, vafot etdi.
Sarvari olam (s.a.v.) yigitning koʻzlarini yumganlaridan soʻng, uni yuvish uchun
tayyorgarlik koʻrayotganimizda menga:
-Ey Anas! Bor, onasiga xabar qil, - dedilar.
Onasiga xabar berdim. Onasi kelib, oʻlikning oyoq uchi tomoniga oʻtirdi va farzandining
sovub qolgan oyoqlarini ushlab duo qildi:
-Allohim! Men oʻz xohishim bilan musulmon boʻldim. Sening diningga kirdim. Butlarga
sigʻinishni tark etdim. Oʻz xohishim bilan Senga yukindim va Paygʻambaringni sevdim.
Allohim! Meni balo-musibatlarga duchor qilib, butparastlarni sevintirma va toqatim
yetmaydigan ushbu musibatni menga yuklama...
Allohga qasamki, ayol duo qilib boʻlar-boʻlmas, oʻlikka jon qaytdi, bola oyoqlarini
qimirlatib, koʻzlarini ochdi. Rasululloh (s.a.v.) vafot etgunlariga qadar ham u yigit tirik
edi...»
Ota-ona hayotlik choqlarida ularning roziliklarini olish - Allohga va Uning Rasuliga
boʻlgan sevgining bir zarrasi. Yana bir zarrasi esa ularning vafotlaridan soʻng xayrli
duolar bilan eslash. Namoz oʻquvchilar ota-onalarini kunda besh mahal yodga oladilar,
Allohdan magʻfirat soʻrab, duo qiladilar. Benamozlar esa turli kundalik tashvishlar bilan
band boʻlib ularni unutadilar. Yana bir muammo: ayrimlar otalari yoki onalari vafot
etishganda «bizning xilxonamiz falon yerda», deb uzoq qabristonlarga olib borib dafn
etadilar. Oqibatda otalari yoki onalari qabrlarini yilda ikki marta - hayit bayrami
kunlaridagina ziyorat qiladilar. Agar oʻzlari yashaydigan mahalla (yoki qishloq)
qabristoniga qoʻysalar, mahalladagi janozada ishtirok etish bahonasida ham ziyorat
qilardilar.
Yaqinda bir maktabning muallimasi ibratli voqeani hikoya qilib berdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |