Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
73 
library.ziyonet.uz/ 
qanday odobsizlik qilib edi? Nuh alayhissalom kemada uxlab yotganlarida shamol 
koʻtarilib, uyat joylari ochilib qolganini koʻrib kulgan edi! 
Paygʻambarlarki ota-ona huzurida itoat etar ekanlar, bizning itoatimiz xususida soʻz 
boʻlishi mumkin emas. Hadisi sharifda ta’kid etilganidek, agar ular biz - farzandlarga 
«dunyodan kech», deyishsa ham hurmatlari uchun buyruqlarini ijro qilishga majburmiz. 
Jannat yoʻli shudir. Afsuskim, oramizda jannatga ishonmaydiganlar ham topiladi. 
Ularga deymizki, ota-ona roziligini ololmasangiz shu dunyoning oʻzidayoq jabr koʻrasiz. 
Avvalo, ota-onasini xorlagan odamni jamiyat izzat qilmaydi. Bu odam jamiyat nazaridan 
qoladi va bundan ortiq xorlik boʻlmas. Qolaversa, yana takror aytamiz, oʻzining 
farzandlari ham uni xorlaydi. Xorlanib, azoblanib tezroq oʻlishni istaydi. Lekin Alloh 
unga oʻlim bermaydi. Ana shunday xorlangan odamlar bizlarga oʻrnak boʻlishlari kerak. 
Rasul alayhissalom minbarga chiqayotib, bir qadam tashlab «omiyn» dedilar. Ikkinchi 
qadam tashlab yana «omiyn» dedilar. Uchinchi qadamni bosganlarida ham «omiyn» 
dedilar. Minbardan tushganlarida sahobalar «Yo Rasulalloh! Xutba oʻqish uchun 
minbarga chiqayotib nima sababdan uch marta «omiyn» dedingiz?» - deb soʻrashdi. 
Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Men minbarga chiqayotganimda Jabroil alayhissalom kelib 
«onasi va otasi hayotlik vaqtida yoki bulardan biri hayot boʻla turib, ularning roziligini 
olib, jannati boʻla olmagan va bu imkoniyatni boy bergan farzandning burni yerga 
ishqalsin!» - dedilar. Men ham «omiyn» dedim» - dedilar. 
Bundan murod: bir farzandning onasi va otasi yoki ulardan biri hayotligida ularga xizmat 
qilib, duosini ololmasdan, jannati boʻlolmaganlarning holiga voy, degan ma’no bor. 
«Holi voy» boʻlayotganlarni koʻrmaymizmi? Yoki koʻrib koʻrmaganga olamizmi? 
Qaynona-kelin mojarosini hal etish uchun hovlini boʻlib olgan farzandlar yoʻqmi 
oramizda? «Ota-onam bolaligimda menga yaxshi qarashmagan» deb nolib yuruvchi 
noshukrlar-chi? Sovet davrida bolalar va yoshlar uzoq yillar mobaynida otasini sotgan 
oqpadar Pavlik Morozov misolida tarbiya qilingan edi. Ana shu ahmaqona tarbiyaning 
dogʻlari butunlay yuvildimi? 
Oʻtgan asrning oʻttizinchi yillaridan misol: qarib qolgan otaning bir oʻgʻil va bir qizi bor. 
Oʻgʻilning turmushi toʻkin, jamiyatdagi mavqei ham balandroq. Qizining oilasi bir 
amallab kun koʻradi. Ota xastalanib kasalxonaga tushganida bu farzandlarning mehr-
oqibati aniq koʻrinadi. Oʻgʻil ishda band ekanligini bahona qilib kam keladi. Oʻgʻilning 
mehri shunday boʻlgach, oilasiniki qanday boʻlardi? Qiz esa kunda ikki-uch qatnaydi. 
Shunda ota qoʻllarini baland koʻtarib qizni duo qiladi. Qiz ketgach, joni uziladi. Oʻsha 
duo - otaning roziligi edi. Alloh ham undan rozi boʻldi. Oʻgʻilning oilasidan baraka 
koʻtarila boshladi. Boshiga koʻp tashvishlar tushdi. Qariganida farzandlari yonida boʻlsa 
ham, sutga ivitilgan bir qoshiq nonni ogʻziga tutguvchi mehribon topilmadi. Kasalxona 
farroshining qoʻlida jon berdi. Farrosh musulmonlik qoidalarini bilmagani sababli 
jagʻlari, oyoq-qoʻllari bogʻlanmay, gʻassolni ham ancha qiynadi. Gʻassol qancha 
urinmasin, jagʻ ochiqligicha ketdi. Qizning oilasi esa kundan kun yashnay berdi. Qiz 
keksalik yoshiga yetganida, xastalanganida farzandlari qoʻllarida koʻtarib yurganlarini 
oʻzim koʻrdim. Jon berishlari ham moʻ'jiza kabi yuz berdi. Farzandlari davrasida, 
gaplaridan adashmay, yaxshi nasihatlar qilib, bir nafas bilan yengilgina jon berdilar. 
Ikkinchi misolga oʻtishdan oldin diqqatimizni bir narsaga qarataylik: shu kunlarda, shu 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish