Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
77 
library.ziyonet.uz/ 
Deyilmoqchikim: Tunu kuningga nur berib turgan birlarini oy deb bil, ikkinchilarini esa 
quyosh. Ularning soʻzlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga 
bir qadam ham bosma. Hamma xizmatni sen adab bilan bajar, “adab” soʻzidagi “dol” 
harfi kabi qomatingni ular huzurida eg. 
Ming yillar mobaynida yaratilgan kitoblarda ota-onani izzatlashga doir nasihatlar 
qilingan. Bu nasihatlarning mualliflari koʻp boʻlgani bilan ma’nolarida farq kam. Shu 
bois mazkur bobni oʻn birinchi asrda yashagan Amir Unsurulmaoliy Kaykovusning 
Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan tarjima qilingan nasihatlari bilan yakunlashni 
ma’qul topdik. 
-Ey farzand, bilgʻilkim, aql yuzasidan farzandgʻa ota-onani hurmat qilish vojibdur, 
nedinkim uning asli ota va onadur. Ota va onani nima uchun hurmat qilurman deb 
koʻnglinggʻa kelturmagʻil, bilgʻilki ular sening uchun oʻlimgʻa ham tayyor turadurlar. 
Har farzandki, oqil va dono boʻlsa, hech vaqt ota va onaning mehr haqqini ado qilmoqdin 
xoli boʻlmagʻusidir. Ota-ona farmonbardordur. Bu farmonbardorlikda ham ish boʻlgʻay 
va ham farmon boʻlgʻay. Ota-onaning ishi seni parvarish qilmoqdur va farmoni senga 
yaxshilik oʻrgatmoqdur. Ey farzand, shul vajdin ota-onangni sagʻal ham ranjitmagʻil. 
Ota-onaning hayoqiga din nuqtai nazaridan rioya qilmasang ham, aql yuzidan, muruvvat 
yuzidan rioya qil va koʻrgʻil: ota-ona aslida seni jon va dil bila parvarish qilmishlar. Agar 
ular haqida kamchiliklar qilsang, taqsir koʻrguzsang, sen hech yaxshilikka sazovor 
emasdursan, nedinkim har kishi aslning yaxshiligʻin bilmasa, oʻzganing ham yaxshiligʻin 
bilmagʻusidir. Oʻz farzanding sening haqingda qanday boʻlishin tilasang, sen ham ota-
onang haqida shunday boʻlgʻil, nedinkim sen ota-onangga nima ish qilsang, farzanding 
ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki odam mevaga, ota-ona daraxtga 
oʻxshaydur. Daraxtni har qancha yaxshi tarbiyat qilsang, mevasi shuncha yaxshiroq va 
shirinroq boʻlur.Ota-onaga izzat va hurmatni qancha koʻp qilsang, ularning duolari 
shuncha tezroq mustajob boʻlur. 
Zinhor meros olmoq hirsi bila ota-onang oʻlimini tilamagʻilki, ularning rizqi bila sening 
rizqing yetishur. Ota-onaning oʻlimini tilamagʻil, chunki ota-ona oʻlmay yursalar ham 
rizqing yetishaveradi, nedinkim, rizq taqsimlangandur va u har yoʻl bila vosil boʻlur. 
Roʻziy nasiba uchun oʻzingni koʻp ranj-mashaqqatga qoʻymagʻil, bul nasiba ranj va 
azob-uqubat bila ziyoda boʻlmagʻusidir. 
Qur'oni Karimda va hadisi shariflarda buyurilgan amallar asosida aytilgan mazkur 
nasihatlarga itoat etgan holda umr kechirishni barchalarimizga Alloh nasib etsin! 
Endi duoga qoʻl ochaylik: 
-Yo Allohim, yo Rabbim! Gunohlarimizni afv et. Kimniki otasi yoki onasi yoki ikkovlari 
hayot boʻlsa, ularning umrlariga-rizqlariga baraka ber. Dardmandlarining dardlariga davo 
ber. Farzandu nabiralari baxti iqbolini koʻrish saodatini nasib ayla. Farzandlarini 
goʻdaklik chogʻida qanday rahm va shafqat bilan tarbiya etgan boʻlsalar Sen ham ularni 
shunday shafqating bilan panohingda asra. Haq yoʻlingdagi ota-onalarning farzandlari 
haqqiga qilgan xayrli duolarini dargohingda qabul va maqbul ayla. Haq yoʻlingdan 
adashganlar orasidagi ota-onalarga hidoyat ber. Ota-onasini oʻzingning bayting - 
Ka’batulloh ziyoratiga olib bormoqni niyat qilib yurgan farzandlarning niyatlarini amalga 
oshir. Otalari yoki onalari, yoki ikkovlari bilan yonma-yon yurib, «labbayka!»ni aytib 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish