Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
68
library.ziyonet.uz/
U kishi xalifaning muloyim qalbli, shafqat, marhamatli ekanliklariga ajablanib, dedi:
-Mening oʻnta farzandim bor. Men oʻz bolalarimni ham erkalab, oʻpmayman. Bolalarim
meni koʻrishganda zirillab turishadi. Ota shunday boʻlishi kerak emasmi?
Xalifa bu soʻzlarni eshitib, yozilgan farmonni olib yirtib tashladilar-da dedilar:
-Bu odamni hokim etib tayinlashni istamayman. Oʻz farzandlariga toshkoʻngil boʻlgan
odam xalqqa qanday manfaat yetkazishi mumkin?
Afsuslarkim, oramizda «bola otadan qoʻrqib, zirillab turishi kerak», degan notoʻgʻri
qoidaga rioya qiluvchilar ham topiladi. Agar umr boʻyi bolalarini shunday tutishga
intilgan odam vafot etsa, farzandlari «qutulganimizga shukr», deyishmasmikin?
Yana sharafli hadislarga qaytsak:
Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh bir kuni nabiralari imom Husaynni oʻpdilar. Bu
vaqt huzurlarida Aqra’ ibn Hobis oʻtirgan edilar. U kishi: «Mening oʻnta bolam bor,
ulardan bittasini ham men oʻpgan emasman»,- dedilar. Janobi Rasululloh (s.a.v.) unga
qaradilar-da, dedilar: «Marhamatli boʻlmagan kishiga Alloh taolo ham marhamat nazari
bilan qaramaydi».
Bugun oʻz farzandlariga mehr berolmaganlar qariganlarida xorlansalar boshqalardan
oʻpkalanmasliklari kerak boʻladi.
Koʻrdikki, ota-onaning farzand oldidagi burchi ham ulugʻ ekan. Bolani dunyoga keltirib
qoʻygan bilan ish bitmaydi. Ota-onaning farzandlariga ilm va yaxshi axloq tarbiyasini,
xususan badan tarbiyasini ham berish, jismonan chiniqtirish, xususan suzishni oʻrgatish
kabi vazifalari bor. Ota-ona bolani odobli, axloqli qilib voyaga yetkazganlari uchungina
olqishga sazovor boʻladilar. Ota-onaning burchlari haqida gap ketganda, farzandga
chiroyli ism qoʻyish mas'uliyatini, voyaga yetganda uylantirish (kuyovga uzatish)
vazifasini vaqtida bajarishlari shartligini ham ta’kidlab oʻtishimiz lozim. Ba’zan eshitib
qolamiz, ayrim ota-onalar turli bahonalar bilan bu vazifani galga solaveradilar. Oqibatda
oʻgʻil nikohsiz uylanib oladi, qiz homilador boʻlib qolganini aytishdan boshqa chorasi
qolmaydi. Bunday boʻlishdan Alloh saqlasin! Ota-onalik burchini toʻgʻri ado etganlarni
Alloh turli balolardan va malomatlardan, benomusliklardan asraydi. Agar ota-ona oʻz
burchini bajarmasa oxiratda farzandning da’vo qilishi ham aytilgan. Da’vo nimalardan
iborat boʻlishi mumkin? Gunoh daftari toʻlib toshgan odam ota-onasi yoqasiga yopishib
deyishi mumkinki: «Yo Rabbim, men bu ota-onamga da’vogarman. Menga Islomni
oʻrgatmadi. Meni teatrga yubordi, litsey, kollejga yubordi, masjidga yubormadi. Chet
tilni oʻrgatdi, Qur'oni Karimni oʻrgatmadi. Amerikada oʻqitdi, ammo «la ilaha illolloh»ni
oʻrgatmadi. Halol-haromni anglatmadi. Shuning uchun men senga qullik qila olmadim.
Bular aybdordir...» Shunday boʻlishidan barchalarimizni Alloh saqlasin! Ayrim
bandalarning esa oʻlganidan keyin nufuzi koʻtarilib qolar ekan. Shunda u ajablanib: «Ey
Rabbim, bu darajamning koʻtarilishi nimadan hosil boʻldi?» deb soʻraydi. Shunda Alloh
tomonidan ma’lum etilar ekanki: «Ey bandam, orqangda qolgan bola-chaqalaringning sen
uchun qilgan istigʻforlarining natijasidir». Alloh barchalarimizga shunday ajr nasib etsin!
Qiyomatda buning aksi ham boʻlishi mumkin ekan. Abasa surasida ta’kid etilganki,
ayrim insonlar qiyomatda ota-onasidan qochar ekan. «Ularga munosib xizmat qilmadim,
endi haqlarini talab qiladilar», deb qoʻrqib, iztirobga tushar ekan. Ana shu iztirobning
Do'stlaringiz bilan baham: |