Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
54
library.ziyonet.uz/
hisobida. Shu bois ma’lumot sifatida tilga olib oʻtyapmiz. Soʻfiylik tarixida yomonliklari
bilan zikr etilgan, hatto kofir deb e’lon qilinganlar ham borki, shulardan ikkitasini
«Sabotul ojiziyn»ga Tojuddin Yolchiquli tomonidan yozilgan sharh asosida bayon qilib
oʻtsak zarar qilmas, biz ojiz bandalarni xato yoʻllardan asrashga xizmat qilar, insha
Alloh!
Gʻaraz, e bandalar, nozir oʻlunglar,
Yamon yoʻl firqagʻa hozir boʻlunglar.
Sharh: maqsad shuki, e bandalar, yomon yoʻldan yurguvchi guruhlar holidan bayon
qilayin. Sizlar esa hoziru nozir boʻlingizlar.
Bani Odamda bordur bir firqa
Tutarlar oʻzlarin ahli tariqa.
Sharh: Odam bolalari orasida bir turli guruh bordir. Ular oʻzlarini ahli tariqat sanab,
«bizlar ahli jazbamiz»,-derlar. Oʻzlari jazbaning ma’nosi va uning necha xil boʻlishini
bilmaydilar. Faqat tariqat ahlidanmiz va zikri jahriyadanmiz, deya baqirib devona boʻlib
yurishadi.
Alar shar'i nabiyning dushmanidur,
Alarning oti, ya’ni «ravshaniy»dur.
Sharh: sifatlanmish guruhlar Paygʻambarimiz (s.a.v.) shariatining dushmanidir. Bularning
hollari kofir butidan ortiqroqdir. Ammo mazhablarining oti mazhabi Ya’rab ibni Safvon
Ravshaniydur (Ravshaniy - Balxdagi bir qishloqning nomi).
Alar oʻzlarigʻa «orif» qoʻyib ot,
Oʻqurlar omiylargʻa yaxshi abyot.
Sharh: bu botil mazhab ahli bir-birlarini «orif» atab, u shunday avliyo, shundayin holli,
derlar. Bir uyga yigʻilishib oxirat holni koʻrsatuvchi abyotlar va hikmatlarni omiylarga
aytib va turli daf'u nogʻorayu boshqa cholgʻularda ohanglar chalurlar. Xotinlar va
besoqollar nafis tovushlar bilan oʻzarlar. Bir zamondan soʻng ba’zilarining dimogʻiga
shayton oʻsirgach, aqllaridan ozib, hushdan ketishadi. Lekin aytishlaricha, aqldan ozib
hushdan ketishlari bir tur doridandir. Safro oʻtini gulxanga qoʻyib undan tutun chiqib
dimoqlariga kirgach, hushsiz boʻlishadi. Ammo shayxlari hushlarini yoʻqotmay doim
ogʻizlariga asal solib turishadi. Bu asal boyagi giyoh tutinining haroratini qaytarib turadi.
Ul mal'unning gʻarazi - koʻrkam xotin yoki besoqol hushsiz boʻlgach, uni jimo' qilishdir.
Valekin aytushur behuda ma’niy,
Oʻzining yoʻligʻa solmoqqa ya’niy.
Sharh: ammo bu firqaning shayxlari oʻtgan avliyolar va ularning hollari haqidagi behuda
gaplar bilan omiylarni ragʻbatlantirib, oʻzlarining botil yoʻllariga solmoq va kiritmoq
havasida boʻladilar.
Alarda boʻlmagay hech yaxshi niyat
Ayolu ahlida boʻlmas hamiyyat.
Sharh: oʻsha majlisda boʻlganlarning yaxshi niyatlari yoʻq. Bir-birlariga oshiq boʻlib
yurishadi. Xotinlari va oilalariga kuyunchak boʻlishmay, balki qaysi birining xotini
qoʻlga tushsa, oʻshani jimo' qilishadi. Shundan soʻng «men Alloh ishqida mast boʻlib,
nima narsa boʻlganini bilmadim»,-deyishadi. Va yana ayturlarki, Alloh taolo hazrati
koʻzlariga goh koʻrinib, goh koʻrinmas emish. Olimlarni dushman koʻrib namozni
Do'stlaringiz bilan baham: |