1-topshiriq.
So‘zlarni tartib bilan qo‘yib, gaplar tuzing.
1. Talabalar, jo‘nab ketishdi, bugun, yordam berishga, paxtakorlarga.
2. Singlisiga, Asror, sotib oldi, bir quti qalam, bir rasm daftar.
3. Bo‘lmadi, o‘tgan yil, qishda, sovuq, qattiq.
4. Cho‘mildik, yozda, suv omborida, Kattaqo‘rg‘on.
5. Olindi, bu yil, paxtadan, mo‘l hosil.
6. Ikkita, gilam, biz, sotib oldik, chiroyli.
7. Singlisi, Javohirning, Madina, qiz, aqlli va kamtarin.
8. O‘tadi, oqib, O‘zbekistondan, daryo, ikkita, katta.
9. Ertalab, turasiz, har kuni, siz, soat nechada, uyqudan?
10. Universitetni, bitirgani, akam, yo‘q, hali.
2-topshiriq.
O’tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1.Til jamiyat taraqqiyotiga qanday ta`sir etadi?
2.Til va tafakkur, til va nutq tushunchalarini farqlay olasizmi?
3. Til haqida donolar nima deyishgan?
4.Mamlakatimizda o’zbek tiliga qanday e’tibor qaratilmoqda
5.Til to‘g‘risidagi maqol va hikmatlarni yozing. Ularning ma’nosini izohlash asosida «Tilga e’tibor – elga e’tibor» mavzusida ijodiy bayon yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |