Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
56 
library.ziyonet.uz/ 
Yassaviydan naql qilurlar, ya’ni «bizning silsilamiz Xoja Ahmad Yassaviy», derlar va 
shu bilan xaloyiqni aldamoq istarlar. Ajab! Xoja Ahmad Yassaviy Alloh taoloning doʻsti 
(valiy) boʻlsa-yu, bunchayin bid'at va yovuz ishlarni qiladimi?! Aslo! Ulugʻ avliyodan 
bundayin kufr ishlar kelmas! Nozimi kitob aytadiki, Xoja Ahmad Yassaviy hazratlari 
shariatning quyoshi, ya’ni komilu mukammal erdilar. Ul zotning nomini bulgʻab 
kelayotgan bu guruh Allohning rahmatidan yiroq va ularning ishlari ahli sunnat va jamoat 
ishidan ayrilgandir. Shuning uchun ular kofirdirlar. Paygʻambarimiz alayhissalom 
marhamat qiladilarki: «Qiyomat kun boʻlsa, «omanno bihi va sadaqno» - jon bilan tan 
bir-biriga qoʻshilib qabrdan tursalar, har kim oʻzining yaxshi koʻrgan guruhi bilan 
boʻladi». 
Bu satrlarni oʻqib: «tarix bayoni ekan», deb e’tiborsiz boʻlmang. Kamina huquq 
idoralaridan birining xodimidan diyorimizda shunday guruh mavjudligini eshitgan edim. 
Poytaxtda oʻqiyotgan bir yigit ta’til kunlari qishlogʻiga kelganida uni shunday davraga 
olib boradilar. Yigit hushsizlikda oʻz onasi bilan qoʻshilib, soʻng oʻziga kelganida 
dahshatga tushadi va u yerdan chiqib oʻzini oʻzi oʻldiradi... 
Demoqchimizki, soʻfiy boʻlish, bu yuqori martabaga yetishish oson emas. Shuning uchun 
aytadilarkim: «Ogoh boʻl, ey soʻfiy! Sen ahli holdan boʻlib, «soʻfiy» ismi bilan atalding. 
Va tariqat yoʻliga kirishingda zurafo ahli huzurinda «soʻfiydir», deb fikr qilinding. Shul 
isming va shu yoʻlingda sobit boʻl. Chunki «soʻfiy» isming tariqat yoʻliga kirib, Alloh 
taoloning xos qullari jumlasidan ekaningni bildirur. Agar shul ismingda sobit boʻlmayin 
nafsi havolaringga berilib, soʻfiy ismingga xiloflik qilsang, qiyomat kunida buning uyati 
qandayin boʻlarkin!? Qiyomatda oʻzingni «soʻfiy» ismidan mahrum qilib, «E, zolim!» 
yoki «E, fosiq!» yoki «E, osiy!» - deya undashar. Bunday ismlar bilan undalmogʻingda 
chidab boʻlmas xoʻrliklar bordir...» 
«Ishq ichra kuyib-yonmaganni ishqqa berilgan dema! Kim jonini fido qilmas ekan, uni 
oshiq sanama, - deydilar hazrat Navoiy. - Ishqqa mubtalo boʻlgan kishi koʻnglidan 
chiqqan oʻt vayronani yondirib yuboruvchi ajdar dami kabi qudratlidir... Kimki Ishq aro 
oʻtga aylansa, ajablanmang, chunki oʻtga nimaiki tushsa, u ham oʻt boʻlib yonadi. Ishq 
bir oʻt kabi uning vujudini chulgʻab oladi, negaki, olov atrofida aylangan kishi oʻrtanmay 
qolmaydi. Ishq bilan oʻynashib boʻlmaydi. Jismingga oʻt tushsa, u seni quyundek 
sargardon qiladi. Ishq osmonida qaysi yoqqa chaqin tushsa, u shu ondayoq jonni shu'la 
selobiga gʻarq qilib yuboradi. Ishq chaqmogʻi xonumonini kuydirib yuboradi, xonumon 
nima degan gap, butun jahonga oʻt qoʻyadi!..» 
Demak, ishq haqida lof urish bilan Ishqqa yetishib boʻlmas ekan. Kim buni anglabdi -
yoʻllari ravondir. Agar soʻzlarning eng rosti - Alloh taoloning Soʻzi, yoʻllarning eng 
chiroyligi - Muhammadning alayhissalom Yoʻllari ekanini bilib, bu haqiqatni qalbimizga 
muhrlab olsak hayotning yoʻllarida adashmaymiz. 
Mazkur bobni Ishqning muhim asoslaridan biri boʻlmish bandaning bandaga muhabbati 
haqidagi sharafli hadislar bilan yakunlaymiz: 
Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh: «Allohga qasamki, sizlar musulmoni komil 
boʻlmaguningizcha jannatga kira olmaysiz. Musulmoni komil boʻlishingiz uchun bir-
biringizga muhabbat qoʻymogʻingiz shart. Oʻrtalaringizda muhabbat paydo boʻlishi 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish