Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

H
URMATI VOLIDAYN 
-
 FARZ AYN
 
Bu bobda ota - ona va farzand munosabatlariga doir axloq hamda muammolar haqida 
soʻz yuritiladi. 
Ota-onasini hurmat qilmagan farzand oʻz farzandlaridan hurmat talab qilishi noloyiqdir, 
deydilar. Siz bu fikrga qoʻshilasizmi? Unda «qaytar dunyo» degan iboraga qanday 
qaraysiz? Imom Muslim rivoyat qilgan bu hadisi sharifdan qanday ma’no uqamiz: 
«Otalaringizga mehribon boʻlinglar, shunda sizlar ham farzandlaringizdan mehr-
muruvvat koʻrasiz». 
Endigi rivoyatni koʻp eshitgan boʻlsangiz ham takrorlaylik: Bir odam uzoq umr koʻrib 
oʻgʻlining joniga tegibdi. Oʻgʻil otadan qutilish maqsadida uni togʻu toshga tashlab kelish 


Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
59 
library.ziyonet.uz/ 
maqsadida qopga solibdi-yu, orqalab yoʻlga tushibdi. Charchab bir daraxt ostida 
toʻxtaganda qopdagi otasi kulaveribdi. Oʻgʻil bundan ajablanib, kulish sababini 
soʻraganida ota debdi: «Men ham otamni qopga solib togʻu toshga tashlab kelish 
maqsadida orqalagan edim. Tasodifni qaraginki, xuddi shu yerga kelganimda men ham 
dam olish uchun toʻxtagan edim...» 
Yana bir rivoyat: oʻgʻil koʻzlari xiralashib qolgan, ovqat yeyayotganida qoʻllari 
qaltiraydigan qari otasining izzat va hurmatini bajo keltirmas edi. Bir kuni chol 
bechoraning qoʻllari qaltirab, osh suzib berilgan chinni kosani tushirib, sindirib qoʻydi. 
Buni koʻrgan kelini nordon gap aytib uning koʻnglini vayron qildi. Oʻgʻil esa otasini 
hovli etagidagi zax xonaga koʻchirdi. Kelin endi qaynotasiga eski yogʻoch kosada taom 
beradigan boʻldi. Bundan koʻngli ozor topgan qariya vafot etib ketgan kampirini eslab, 
zor-zor yigʻlardi. Uning yolgʻiz yupanchi va suyanchigʻi besh yoshli nabirasi edi. Bola 
bobosining yoniga kelib oʻtirardi, ma’sumona soʻzlari, yoqimli qiliqlari bilan bobosining 
koʻnglini ovlab, uning gʻam va alamlarini bir oz boʻlsa-da, yengillatardi. 
Bola qoʻliga pichoq olib bir yogʻochni yoʻnib oʻtirganida otasi: «Oʻgʻlim, nima 
qilyapsan?» - deb soʻradi. Bola yumushidan bosh koʻtarmagan holda javob berdi: 
-Dadajon, oyim eski yogʻoch kosada buvamga ovqat beradilar. Men ham yogʻoch kosa 
yasayapman, katta boʻlganimda oyim bilan sizga shu kosada ovqat beraman. 
Goʻdakning bu ibratli gapi otaga ta’sir qildi. U darhol zax xonada yotgan otasi huzuriga 
kirdi, tiz choʻkdi, koʻz yoshi toʻkib, uzr soʻradi... 
Bu barchaga maktab boʻlguvchi voqea bayoni. Bayonning xotimasini bu kabi ijobiy 
tarzda yakunlamay, «goʻdakning gaplari otasiga ta’sir etmadi, chol oʻsha zax xonada 
xorlik bilan oʻlim topdi», desak ham boʻladi. Chunki qalbi tosh farzandlar ham bor va 
ularni bir gap bilan insofga kelishlariga ishonish qiyin. Nachora, insofga kelmasalar 
oʻzlari ekkan bemehrlik daraxtining achchiq mevasini oʻzlari yeydilar. Bu jazo uzoq 
kuttirmaydi. Bugun atroflarida emaklab yurgan shirin farzandlarining yogʻoch kosada 
taom tutish onlari gʻoyat tez kelganini oʻzlari ham bilmay qoladilar. 
Bunga oʻxshash ibratli voqealarni koʻp eshitganmiz. Endi boʻlib oʻtgan haqiqiy 
voqealardan aytay: 
Moskva televideniesida bir koʻrsatuv namoyish etildi. Sakson uch yoshdagi sogʻlom 
onani ellik yetti yoshdagi oʻgʻil jinnixonaga joʻnatdi. Maqsad - uyga ega chiqish. Shu 
koʻrsatuvda bir jurnalist ayol Checheniston urushida koʻrganlarini soʻzlab berdi. Grozniy 
shahri rus askarlari tomonidan vayron etilgach, koʻchalarda boshpanasiz qolgan 
himoyasiz qariyalar najot umidida tentirab yurisharkan. Ular asosan rus millatiga mansub 
qariyalar ekan. Ular yoʻlda uchragan jurnalistlarga murojaat etishib, Rossiyaning boshqa 
shaharlarida yashayotgan farzandlari, qarindoshlari manzilini berishib, ularga xabar 
yoʻllashlarini oʻtinib soʻrasharkan. Jurnalist ayolning oʻzi oʻnlab shaharlarga qoʻngʻiroq 
qilibdi, xatlar yozibdi, ammo hech kim kelmabdi, otasi yoki onasini yoki qarindoshini 
olib ketmabdi. Sakson yoshdan oshgan koʻzi ojiz bir kampirni jurnalist ayolning oʻzi 
harbiylar yordamida Moskvaga keltiribdi. Shunda ham u mushtiparni oʻgʻli oilasi 
bagʻriga olmabdi... 
Shu voqealarni bayon qilib boʻlgach, jurnalist ayol chechenlarning qariyalarini misolga 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish