Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
61 
library.ziyonet.uz/ 
Bir qiz onasidan shikoyat qildi: 
-Onamning aqllari oʻzlarida emas. Uyimga kelib toʻpolon qiladilar, tinchlik bermaydilar. 
Rasululloh (s.a.v.) onani chaqirtirdilar. Gʻoyat qari, bechorahol ona dediki: «Yo 
Rasulalloh(s.a.v.)! Sabr qilayin desam, qizim xabar olmaydi. Hatto bolalarini 
yubormaydi. Yolgʻiz oʻzim pashshalarga yem boʻlib yotaman. Na oʻlib qutulaman, na 
rohat koʻraman. Qizimning beparvoligi shunchalik. 
Rasululloh (s.a.v.) dedilar: 
-Toʻqqiz oy, toʻqqiz kun, toʻqqiz soat seni qornida tarbiya etgan kim? Oʻlim jari yoqasiga 
kelib seni tuqqan kim? Seni ikki yil emizgan kim? Seni balogʻatga yetkazib uzatgan kim? 
Shu onang! Agar shu onangni rozi qilmasang, jannat senga harom! Tavba qilsang - 
qilding, yoʻqsa yarim mulkingni olib beraman. 
Qiz tavba qildi... 
Dersizki, Islomning dastlabki yillarida dinni yaxshi anglamaganlar orasida shunday 
berahmlar boʻlgandir. Ehtimol shundaydir. Ammo «Qariyalar uyi» deb nomlanmish 
joylarda oʻz oʻlimlarini kutib yotgan bechoralarning bolalari-chi? Bundan oʻttiz - qirq yil 
avval bunday uylarda oʻzbeklarni koʻrsak ajablanardik. Endi ajablanmaydigan boʻlib 
qoldik. Holbuki, biz ajablanish nima ekan, faryod urishimiz kerak! Otasi yoki onasini 
shunday joyga yuborgan ablahning yoqasidan olishimiz kerak. Oʻsha ablah qaysi 
birimizning yaqin qarindoshimiz, yon qoʻshnimiz, yoki mahalladoshimiz, yoki birga 
ishlaydigan hamkasbimiz-ku? Nega indamaymiz? 
Ey koʻngil! Sen jamiyatdagi ana shunday fojiaga shohidsan. Nechun jimsan? Nechun 
bundaylar bilan murosa qilasan? Nechun ularning dasturxoni atrofida oʻtirib, taomidan 
yeysan? Sen qariyalar uyidagi bechoralarning koʻzlaridagi yoshlarni koʻrmabmiding? 
«Ota-onaning yigʻlashi boladan norozi boʻlganlaridan dalolat beradi va bu esa katta 
gunohlardandir», degan hadisi sharifni bila turib, nechun ularni ogoh etmaysan? Ota-
onaga oq boʻlishning gunohlarning eng kattalaridan biri ekanligi haqidagi Rasulullohning 
(s.a.v.) muborak soʻzlarini nega yetkazmaysan u nodonlarning ongiga? 
Oq boʻlish - ota-onaga ozor berish, ranjitish va buyruqlarini bajarmaslikdan iboratdir. Ota 
yoki onaning noqobil farzandiga qarab «seni oq qildim», deb e’lon qilishi shart emas 
ekan. Dillari ogʻrishining oʻziyoq farzandning oq boʻlishi, deydilar. «Oq boʻlish»ning 
lugʻaviy ma’nosi - ajralishdir. Ya’ni farzand ota-onasidan tiriklayin ajralyapti, demak. 
«Qariyalar uyi»da otasi yoki onasiga joy hozirlayotganlar unutmasinlarkim, ular ayni 
choqda doʻzaxdan oʻzlariga oʻtli joy tayyorlayaptilar. Zotan, doʻzaxning «hasrat qudugʻi» 
deb nomlangan eng yomon joyi ota-onasini xorlaganlar uchun ekanligi moʻ'tabar 
kitoblarda alohida zikr etilgan. 
Muborak umra safari chogʻida koʻngillarni xira qiluvchi voqea yuz berdi: fargʻonalik bir 
odam onasini qutlugʻ ziyoratga olib boribdi. Albatta bu tahsinga loyiq ish. Koʻpchilik 
ota-onasini shunday ulugʻ ziyoratlarga olib bormoqlikni niyat qiladi. Ayrimlar esa bu 
kabi ziyorat ota-onalariga nasib etmay vafot etib ketganlaridan armonda yuradilar. 
Fargʻonalik yigitning onasiga boʻlgan qoʻpol, qoʻrs muomalasi barchani ranjitdi. Ona 
bechora umrida birinchi marta qishlogʻidan chetga borishi boʻlsa kerak, samolyotga yoki 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish