Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
60 
library.ziyonet.uz/ 
keltirdi. Ularning birontasi biron qariyani e’tiborsiz qoldirmabdi. Bemorlarni opichib 
boʻlsa ham xatarli yerlardan olib chiqisharkan. Soʻnggi tishlam nonni yoki soʻnggi 
qultum suvni qariyalarga berisharkan... 
Qariyalarni opichib yurishlarini eshitib, sharafli hadislarning biri yodimga tushdi: Hofiz 
Abu Bakr Bazzor Budayda otalaridan rivoyat qiladilar: Bir odam ziyoratda onasini 
koʻtarib yurib tavof qildirayotgan ekan. Paygʻambarimizdan (s.a.v.) «Onamning haqqini 
ado qildimmi?» - deb soʻrabdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Yoʻq, bir oh tortishining 
haqqini ham ado qilganing yoʻq», degan ekanlar». 
Mazkurning yana bir goʻzal davomi ham mavjud: Abu Burda ibn Abi Muso Ash'ariyning 
aytishlaricha, Abdulloh Ibn Umar bir yamanlik odamning oʻz onasini opichlab, xonai 
Ka’bani tavof qildirib yurganini koʻrdilar. U odam bir baytni ohang bilan oʻqirkan: 
Onai zorim uchun boʻynimni egkan tevaman (tuyaman), 
Tevaga mingan onam horsalarda, men charchamam. 
U shuni oʻqib turib, Abdullohga qaradi-da: «Ey Abdulloh ibn Umar! Mana shu xizmatim 
bilan men onamning xizmatini qila oldimmi?» - deb soʻradi. «Yoʻq, bu xizmating seni 
tugʻish vaqtida onangni qiynab tutgan toʻlgʻoqlarining bittasiga ham barobar emas», - 
dedilar». 
Siz ehtimol Chechenistondagi voqeani oʻzga din va oʻzga millatga bogʻlab xulosa 
chiqararsiz? Asti unday qilmang. Chunki oqibatsiz, noqobil farzandlarni barcha 
millatlarda uchratamiz. Ota-onasiga bemehr, noqobil farzandlarning dini ham, millati 
ham yoʻq, desak adashmaymiz. Fikrimizning dalili uchun oʻzimiz guvoh boʻlgan bir 
voqeani bayon qilish niyatimiz bor. Ammo undan avval yana sharafli hadislarga murojaat 
etaylik: 
Bir yigit Rasulullohga (s.a.v.) shikoyat qilib dediki: 
-Otam qarib, juda bevosh boʻlib ketganlar. Aqldan ozganlarmi, deb qoʻrqaman. Uyimga 
kelib, qoʻllariga nima ilinsa, shuni olib chiqib ketaveradilar. 
Sarvari koinot (s.a.v.) otani chaqirtirdilar. Huzurlariga kelgan qari, bechorahol, ust-
boshlari xarob odamdan: «Oʻgʻlingning gaplari toʻgʻrimi?» - deb soʻradilar. 
-Ha, toʻgʻri, - dedi chol. - Men oʻgʻlimni oʻzim tarbiya etganman. Onasi barvaqt vafot 
etgan edi. Oʻzim yemay - oʻgʻlimga yedirdim, oʻzim kiymay - oʻgʻlimga kiydirdim. 
Qariganimda boqar, deb umid qildim. Ammo u berahm chiqdi. Mendan xabar olmaydi. 
Oʻzim uyiga kelib, qoʻlimga ilingan narsani olib chiqib sotamanda puliga ovqat olib 
yeyman. Yo Rasulalloh! Shu ishim durustmi yo durust emasmi? 
Otaning bu gaplarini eshitib Rasululloh (s.a.v.) oʻgʻilning yelkasidan mahkam ushladilar-
da, dedilar: «Topgan narsalaring, hatto sening oʻzing ham otangning mulkidir. Agar 
topgan mulking yetmasa, otang sening oʻzingni sotib pulini yemoqlikka haqqi bor. Sen 
oʻylamaginki, topgan mulklarimga oʻzim molikmanu otamning unga aloqasi yoʻq, deb. 
Hammasiga otang egadir!» 
Yana shu mavzuda bir hadis: 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish