Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
62
library.ziyonet.uz/
avtobusga qanday chiqish, oʻtirishni bilmay taraddudlanadi, ba’zan shoshib qoladi,
ba’zan nimagadir ulgurmaydi. Oʻgʻil esa unga yordam berish oʻrniga doʻq uradi: «meni
sharmanda qilyapsiz!»- deydi. Bilmaydiki, uning sharmandaligi onasining harakatida
emas, balki oʻzining fe’lida, muomalasida. Koʻpchilik «onangni bu yerga olib kelib
xunuk muomala qilganingdan koʻra, oʻz uyingda shirin muomala bilan koʻnglini olsang
savobliroq boʻlarmidi! Onani koʻpchilik huzurida behurmat qilishing - Ka’bani vayron
qilish gunohi bilan barobar emasmi?» - deb toʻgʻri tanbeh berdilar. Ehtimol oʻgʻilning
asosiy niyati onasini ziyoratga olib kelish boʻlmagandir. Bunday deyilishga sabab:
ularning bu maskanda qarindoshlari koʻp ekan. Yigit ular bergan sovgʻa-salomlar bilan
ovora boʻlib qoldi. Balki onani olib kelishni oʻsha qarindoshlar talab qilishgandir. Shu
talab boʻlmasa yigit onani olib kelishni xayoliga ham keltirmas... Yana Xudo biladi...
Poytaxtning Shayxontohur tumani sudida bundanda ayanchliroq voqeaga shohid boʻldik:
ota qizini sudga berib, ogʻir jazo berishni talab qilyapti. Ajablanyapsizmi? Biz ham
dastlab ajablangan edik, soʻng gʻazablandik. Guvohlikka kelganlardan biri: «Agar
odilman, desangiz bu qizni eng oliy jazo - otishga hukm qiling, hukmni xalq oldida ijro
eting. Noqobil farzandlar bundan oʻrnak olsin!» - dedi. Oʻlim jazosiga loyiq
koʻrilayotgan qiz otaning yolgʻiz farzandi ekan. Onadan yosh yetim qolibdi. Qizining
baxtini oʻylab, ota boshqa uylanmabdi. Qizini orzu-havas bilan kuyovga uzatibdi.
Xastalanib, shifoxonaga yotganida nafsiga banda qizi ota nomidan qalbaki hujjatlar
tayyorlab uyni sotib yuboribdi. Ota shifoxonadan qaytsa-ki, uy yoʻq... Qolgani sizga
ma’lum. Albatta sud bu farzandni oʻlimga hukm qilmaydi.
Tovlamachiligi uchun bir necha yilga qamar yoki ayolligini e’tiborga olib, ozodlikdan
shartli ravishda mahrum qilar. Lekin Allohning jazosi qattiq boʻladi. U farzandni sud
oʻlimga hukm qilmasa ham u allaqachon oʻlgan, tirik oʻlikka aylangan. Uni endi yer
yutishga ham hazar qiladi. Esini yigʻib tavba qilsa qildi, boʻlmasa oxirati tamoman
kuyadi. U-ku, tavba qilar, ammo ota rozi boʻlarmikin undan?
Endi avvalgi voqeaga qaytsak: rivoyat qiladilarkim, bir kishi Hajga bormoqchi boʻldi.
Ammo keksa onasini yolgʻiz tashlab ketishga koʻzi qiymadi. «Ustozga boraman, nima
desalar shu», deb hazrati shayx Abu Hozimi Madaniy huzurlariga keldi. Shayx hazratlari
uxlayotgan edilar. Uygʻonib dedilarki: «Ushbu dam tushimda Paygʻambarimizni
(alayhissalom) koʻrdim. Dedilarki: «Hajga ketmoqdan koʻra ona haqqini saqlamoq senga
yaxshiroqdir.» Sen onangning rizosini istaki, Allohning rizosi shundadir.
«Jannat onalar oyogʻi ostidadir», mazmunli hadisi sharifni eshitmagan odam yoʻqdir.
Ammo uning ma’nosini hamma ham bilavermasa kerak. Onasini yolgʻiz tashlab,
mushriklar bilan urushga otlangan yigitni Rasululloh (s.a.v.) qaytarib, shunday deganlar.
Ya’ni, jannatga tushish uchun jihodda jon berib, shahidlik martabasiga yetish shart emas.
Onangning xizmatini qilib, roziligini olsang bas, shu topgan savobing senga jannat
yoʻlini ochadi, deyilmoqchi. Onasini bir emas, yuz marta Hajga olib borib, boshqa payt
koʻnglini ranjituvchilar shu hikmatlar magʻzini chaqib koʻrsalar yomon boʻlmas.
Allohning insonga baxsh etgan ilk ne’mati - ota-ona muhabbati boʻladi. Shu sababli ham
Yaratgan oʻz bandalaridan ota-onaga muhabbatli boʻlishni talab etadi. Avvalgi bobdagi
fikrimizni davom ettirsak - Allohga boʻlgan Ishq bilan ota-onaga boʻlgan muhabbat
oʻzaro bogʻlangan. Ya’ni birinchisi boʻlmasa - ikkinchisi ham yoʻq (yoki aksincha). Kishi
millati yoki dinidan qat'i nazar Yaratganni seva olsa oʻz ota-onasini xorlab qoʻymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |