Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
59
library.ziyonet.uz/
maqsadida qopga solibdi-yu, orqalab yoʻlga tushibdi. Charchab bir daraxt ostida
toʻxtaganda qopdagi otasi kulaveribdi. Oʻgʻil bundan ajablanib,
kulish sababini
soʻraganida ota debdi: «Men ham otamni qopga solib togʻu toshga tashlab kelish
maqsadida orqalagan edim. Tasodifni qaraginki, xuddi shu yerga kelganimda men ham
dam olish uchun toʻxtagan edim...»
Yana bir rivoyat: oʻgʻil koʻzlari xiralashib qolgan, ovqat yeyayotganida qoʻllari
qaltiraydigan qari otasining izzat va hurmatini bajo keltirmas edi. Bir kuni chol
bechoraning qoʻllari qaltirab, osh suzib berilgan
chinni kosani tushirib, sindirib qoʻydi.
Buni koʻrgan kelini nordon gap aytib uning koʻnglini vayron qildi. Oʻgʻil esa otasini
hovli etagidagi zax xonaga koʻchirdi. Kelin endi qaynotasiga eski yogʻoch kosada taom
beradigan boʻldi. Bundan koʻngli ozor topgan qariya vafot etib ketgan kampirini eslab,
zor-zor yigʻlardi. Uning yolgʻiz yupanchi va suyanchigʻi besh yoshli nabirasi edi. Bola
bobosining yoniga kelib oʻtirardi, ma’sumona soʻzlari, yoqimli
qiliqlari bilan bobosining
koʻnglini ovlab, uning gʻam va alamlarini bir oz boʻlsa-da, yengillatardi.
Bola qoʻliga pichoq olib bir yogʻochni yoʻnib oʻtirganida otasi: «Oʻgʻlim, nima
qilyapsan?» - deb soʻradi. Bola yumushidan bosh koʻtarmagan holda javob berdi:
-Dadajon, oyim eski yogʻoch kosada buvamga ovqat beradilar. Men ham yogʻoch kosa
yasayapman, katta boʻlganimda oyim bilan sizga shu kosada ovqat beraman.
Goʻdakning bu ibratli gapi otaga ta’sir qildi. U darhol zax xonada yotgan otasi huzuriga
kirdi, tiz choʻkdi, koʻz yoshi toʻkib, uzr soʻradi...
Bu barchaga maktab boʻlguvchi voqea bayoni. Bayonning xotimasini bu kabi ijobiy
tarzda yakunlamay, «goʻdakning gaplari otasiga ta’sir etmadi, chol oʻsha zax xonada
xorlik bilan oʻlim topdi», desak ham boʻladi. Chunki qalbi
tosh farzandlar ham bor va
ularni bir gap bilan insofga kelishlariga ishonish qiyin. Nachora, insofga kelmasalar
oʻzlari ekkan bemehrlik daraxtining achchiq mevasini oʻzlari yeydilar. Bu jazo uzoq
kuttirmaydi. Bugun atroflarida emaklab yurgan shirin farzandlarining yogʻoch kosada
taom tutish onlari gʻoyat tez kelganini oʻzlari ham bilmay qoladilar.
Bunga oʻxshash ibratli voqealarni koʻp eshitganmiz. Endi boʻlib oʻtgan
haqiqiy
voqealardan aytay:
Moskva televideniesida bir koʻrsatuv namoyish etildi. Sakson uch yoshdagi sogʻlom
onani ellik yetti yoshdagi oʻgʻil jinnixonaga joʻnatdi. Maqsad - uyga ega chiqish. Shu
koʻrsatuvda bir jurnalist ayol Checheniston urushida koʻrganlarini soʻzlab berdi. Grozniy
shahri rus askarlari tomonidan vayron etilgach, koʻchalarda boshpanasiz qolgan
himoyasiz qariyalar najot umidida tentirab yurisharkan. Ular asosan rus millatiga mansub
qariyalar ekan. Ular yoʻlda uchragan jurnalistlarga murojaat etishib, Rossiyaning
boshqa
shaharlarida yashayotgan farzandlari, qarindoshlari manzilini berishib, ularga xabar
yoʻllashlarini oʻtinib soʻrasharkan. Jurnalist ayolning oʻzi oʻnlab shaharlarga qoʻngʻiroq
qilibdi,
xatlar yozibdi, ammo hech kim kelmabdi, otasi yoki onasini yoki qarindoshini
olib ketmabdi. Sakson yoshdan oshgan koʻzi ojiz bir kampirni jurnalist ayolning oʻzi
harbiylar yordamida Moskvaga keltiribdi. Shunda ham u mushtiparni oʻgʻli oilasi
bagʻriga olmabdi...
Shu voqealarni bayon qilib boʻlgach, jurnalist ayol chechenlarning qariyalarini misolga