29-§. Diniy bilimlarning rivojlanishi



Download 303,48 Kb.
bet1/5
Sana23.05.2022
Hajmi303,48 Kb.
#606815
  1   2   3   4   5
Bog'liq
din 29-§

29-§. DINIy BILIMLARNING RIVOJLANISHI.

Tayanch tushunchalar: hadis, kalom ilmi, fiqh, din, tasavvuf,

tariqat, mafkura.

Imom al-Buxoriy.

  • Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda IX asr da islom ta’limotining tako mili yo‘ lida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham xizmati katta bo‘ldi. Bu borada, ayniqsa, Muhammad ibn Ismoil al-Buxo riy (810–870) va uning za mondoshi hamda shogirdi Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824– 894)ning hissasi nihoyatda buyukdir. Imom al-Buxoriy islom ta’limotiga oid yigirmadan ortiq asarlar yozdi. Uning birgina “Al­jome’ as­ sa hih” asariga 7275 hadis kiritilgan. 1998-yil oktabrda buyuk muta fakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilliginishonlandi. Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida “Imom al­Buxoriy yodgorlik majmuyi” barpo etildi. 4 jildli “Al­jome’ as­sahih” kitobi ilk bor o‘zbek tilida nashr etilib, kitobxonlarga taqdim etildi.

Hadis (arabcha: rivoyat, naql) — Islom dinida Qur’ondan keyingi muqaddas manba, Muhammad
payg‘ambar (s.a.v.)ning faoliyati va ko‘rsatmalari haqida to‘plangan ma’lumotlar yig‘indisi.

Abu Mansur al-Moturidiy

  • Kalom ilmi ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma Abu Mansur al-Moturidiy (870–944) Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog‘ida tug‘ilgan. Al-Moturidiy islomiy odob qoidalari, ma’naviy axloqiy kamolot sirlaridan ta’lim berishga mo‘ljallangan qator asarlar yozgan. Ulardan “Kitob at­Tavhid” (“Allohning birligi”) va “Ta’vilot ahl as­sunna” (“Sunniylik an’analari sharhi”) nomli asarlarigina saqlanib qolgan. Ularda diniy ta’limot, islomiy urf-odatlar insonning kamol topishida dunyoqarashining shakllanish mohiyati talqin etilgan. Al-Moturidiy 944-yilda Samarqandda vafot etgan. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlarimiz tiklanayotgan Vatanimizda 2000-yil noyabrda Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi. Samarqandda al-Moturidiy xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuyi barpo etildi, asarlari o‘zbek tilida nashr etildi.

Islom olamida “Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lishi bu nodir shaxsning ulkan aqlzakovati va matonatidan dalolat beradi.
Islom Karimov. “yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”.

Download 303,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish