Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
53
library.ziyonet.uz/
sevganlar, hatto ba’zilari ularga ergashganlar. Darvishlar butun kuch-gʻayratlarini xolis
Alloh roziligi uchun sarflaganlar. Darvishlar faqat insonlarga emas, balki hayvonlarga
ham xizmat qilganlar. Masalan, qoʻtir bir itni koʻrib, ichi achiydi, uni olib, davolaydi.
Nega? Chunki maxluqni Xoliq rizosi uchun yaxshi koʻradi, undan muhabbatini darigʻ
tutmaydi. Itga qilingan yaxshilikdan oʻziga foyda tegishi, savob yetishini biladi. Vaqti
kelib, Allohning marhamati bilan bu ulugʻlar haqida toʻgʻri va yaxshi asarlar bitilgay,
avlodlarimiz bu boradagi haqiqatni anglab yetgaylar, insha Alloh!
Yana mavzuga qaytsak: Alloh sevgisiga yetishmoqlikning asosiy shartlaridan birinchisi -
Uning rasulini sevmoq ekan. Keyin esa musulmon musulmonni sevmogʻligi shart.
(Shuning barobarinda ota-onani sevmoqligi ham shartkim, bu haqda alohida bobda soʻz
yuritamiz.) Bir-birlariga nisbatan samimiyatli, chin qalbdan muomala qilganlarni Alloh
sevadi. Yonidagi birodariga yoki qarindoshiga yoki ota-onasiga muhabbati boʻlmagan
kimsaning «Rasulullohni sevaman!» «Allohga ishqim baland!» deyishi quruq gapdan
boshqa narsa emas.
Bu sevgilardan tashqari «xizmat qilish» degan tushuncha ham bor. Ya’ni sevgi izhori
bilan ish bitmaydi. Banda Alloh roziligi uchun ota-onasiga, xalqqa... xizmat qilishi shart.
Savob ishlarni amalga oshirishi zarur. Xalqning ogʻirini yengil qilishga hissa qoʻshmogʻi
lozim. Ya’ni ariqlar, hovuzlar qaziydi, tozalaydi, koʻpriklar quradi... xullas,
xizmatlarning turi koʻp. Qay biriga qurbi yetsa, bajarishi kerak. Hassa tayanib kelayotgan
otaxon yoʻldagi mushtday toshni hassalari uchi bilan chetga surib qoʻyadilar. Bu ham
xizmat. Yaxshi tarbiya koʻrgan bola keksa onaxonni katta koʻchadan yetaklab olib oʻtib
qoʻyadi. Bu ham xizmat...
Qul Allohning roziligini topish uchun turli yoʻllar axtaradi. Tadbirlar oʻylaydi. Alloh
roziligiga bois ishlar esa koʻpdir. Shu qadar koʻpki, maxluqotning hisobi qadar emas,
mahluqotning nafasi hisobi qadar koʻp, deydilar oriflar. Tasavvur qiling, bir odam qancha
nafas oladi? Endi esa butun jonzotlarning bir daqiqada, bir soatda, bir kunda, oyda...
olgan nafaslarini tasavvuringiz doirasiga sigʻdira olasizmi?
Yoʻl haqida soʻz ketganda tariqat tushunchasini chetlab oʻtsak yaxshi boʻlmas. Ayrimlar
shariat va tariqatni bir-biriga zid, hatto dushman sifatida qarshi qoʻyadilar. Bu toʻgʻri
emas. Gap shundaki, «tariqat» - yoʻl, aniqrogʻi soʻfiylik yoʻlini anglatadi. Soʻfiylik
tarixida esa turli tuman yoʻllar koʻp va ular orasida adashgan hatto zararli oqimlar ham
boʻlgan. Biz Naqshbandiya yoki Yassaviya tariqatlarini eshitganmiz. Ha, «bilamiz»,
emas, aynan «eshitganmiz». Holbuki tarix Qodiriya, Suhravardiya, Kubraviya,
Bektoshiya, Mavlaviya, Qalandariya... kabi koʻplab tariqatlarning faoliyatiga guvoh
boʻlgan. Chishtiya tariqatining Hindistonga, Sunusiya tariqatining Afriqaga Islomni
yoyishda xizmatlari bor. Ayrim tariqatlar oz muddat faoliyat koʻrsatganlar. Ayrimlari esa
yuz yillardan beri mavjuddirlar. Ma’lumki, tariqat ahlining oʻz pirlariga muhabbatlari
baland. Faqat pirlari buyurgan yoʻldan yuradilar. Soʻfiy Ollohyor hazratlari pirni jang
maydonidagi qoʻmondonga qiyos qiladilar. Oʻxshatish oʻrinli, ammo qoʻmondonlarning
darajalari, aql-zakovotlari turlicha boʻladi. Bir qoʻmondon lashkarni gʻalabaga yetaklasa,
boshqasi magʻlubiyat botqogʻiga yetaklaydi. Ana shu ikkinchi toifadagi «pirlar» tariqat
ahlining pokiza nomlariga dogʻ tushirib qoʻyishgan. Bahouddin Naqshband hazratlari
tariqati agar shariatga zid boʻlsa bu kunga qadar yashab kelmagan boʻlardi. Biz mazkur
bitikda tariqat, soʻfiylik olami haqida batafsil fikr yuritmoqlikni maqsad qilib
qoʻymaganmiz. Chunki bu oʻziga xos murakkab ilmdir va bunday ilm kaminada yoʻq
Do'stlaringiz bilan baham: |