Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
49 
library.ziyonet.uz/ 
surasini oʻqib degan ekan-ki: 
-Allohning Rasuli (s.a.v.) rost soʻzlabdilar. Chunki Alloh taolo: «Kimki dunyo hayoti va 
uning ziynatini istasa, ularga amallarning (savobini) shu (dunyoda) mukammal berurmiz 
va ular (dunyoda) ziyon koʻrmaydilar. (Ya’ni savoblari uchun ajrni ham shu dunyoda 
olib, oxiratda benasib boʻlurlar.) Ana oʻshalar uchun oxiratda doʻzaxdan boshqa (narsa) 
yoʻqdir. (Ularning) savobli ishlari habata (barbod) va qilib yurgan amallari botil boʻlur», 
- deya marhamat qilgan-ku! 
Ishq - Allohga ishonish, Allohni tanish, Uni izlash, roziligini topish ekan va bu xolis 
samimiyatni talab qilar ekan. Buni «ma’rifatulloh» yoki «irfon» ham derlar. Irfon egasini 
esa «orif» yoki «orifun billah» ham derlar. Ya’nikim, xolis niyat ila Allohni tanigan
Allohga yetgan. Bu maqomga yetganlarni «eran» ham derlar, ya’nikim, oʻzining yuqori 
darajadagi ishqi tufayli Allohga yetishgan. Soʻradilar: «Orif kim?» javob berdilarkim: 
«Orif uldurki, hech narsa uning mashrabini (tabiatini) bulgʻay olmas, har qanday kadar 
unga sof boʻlur. Har kim xalqqa orifdir, Haqqa johildir. Har kim xalqqa johildir, 
haqiqatan orifdir. Orifning nifoqi johilning ixlosidan a’lodir.» 
Turklarning ulugʻ shoiri Yunus Emro «Izlamagin olislardan, koʻnguldadir maqomi», deb 
yozgan ekanlar. Demoqchilarkim, «Sen Allohu taoloni uzoqlardan, osmondan yoki 
boshqa tomonlardan izlama, uning maqomi sening koʻnglingdadir. Koʻngling, ya’ni 
qalbing muhabbat bilan Allohni bilish va unga yetish ishqi bilan yonib-oʻrtanadi. Uni 
sevish va har bir narsani uning rizosi uchun qilish asosiy maqsad - Alloh tomonidan 
sevilgan qul boʻlish baxtiga yetkazadi.» 
Oʻylaylik: birov «Mersedes»ni sevadi, unga erishmoq uchun tunu kun harakat qiladi. 
Tinim bilmaydi. Hatto Olmoniyadagi zavodiga ham borib keladi. Bu uning koʻngil ishi. 
Nafsi shunday buyurdi - qildi. Afsus bilan deymizki: Alloh roziligiga erishish uchun ham 
shunday intilsa edi... 
Xos oshiqlar kimningdir sevgisiga, maqtoviga, shuhratiga, xayru-ehsoniga ahamiyat 
bermaydilar. Ular faqat va faqat Alloh tomonidan sevilishni xohlaydilar. Va faqat shu 
yoʻldagina harakat qiladilar. 
Hazrati Rasululloh (s.a.v.) yahudiy ruhoniylarni Islomga da’vat etganlarida, ular: «Biz 
Allohni sevamiz, biz Allohning sevimli qullarimiz. Bizning oʻz dinimiz bor, oʻz 
e’tiqodimiz bor, nega sening oldingga kelishimiz, senga bay'at qilishimiz kerak? Senga 
tobe’ boʻlishga bizda hojat yoʻq. Biz Allohni taniymiz va sevamiz», - deganlarida Alloh 
taolo tomonidan bu oyati karima nozil boʻlgan: «Ayting, (ey Muhammad!) «Agar 
Allohni sevsangiz menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni 
magʻfirat etadi.» (Oli Imron). Bundan murod: «Siz, ey Muhammad (s.a.v.), Allohning 
sevgili qulisiz va rasulisiz. Sizga ergashsinlar. Shunda Alloh ham ularni sevadi», - degan 
mantiqli hukmdir. Allohning bir qulini sevmoqlik sharti keskin tarzda ma’lum shartlar 
vositasida maydonga chiqadi. Xoʻsh, bir qulning Alloh tarafidan sevilmogʻining asosiy 
sharti nima ekan? Rasulullohning (s.a.v.) yoʻllaridan yurmoq, har ishda hazrati 
Paygʻambarimizga (s.a.v.) taqlid qilmoq, u muhtaram zot kabi harakat qilmoq, 
tavsiyalarini bajarmoq va u zoti sharifni yaxshi koʻrmoq, sevmoq vositasi bilan boʻlar 
ekan. Oriflar (eranlar) mazkur shart va vositalarni amalga oshirgan Allohning suyukli 
bandalari edilar. Deydilarki: 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish