Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
47 
library.ziyonet.uz/ 
Muhabbat ahlining joʻyoni boʻlgʻil, 
Oʻshalkim, uchradi, qurboni boʻlgʻil. 
Deyilmoqchiki: sen hamisha Allohni sevuchilarni izla. Banogoh ular senga uchrab 
qolsalar, yoʻllarida fido boʻlib, oʻzingni qurbon qil. Zero, ahlillohni topmoq - Xudoning 
oʻzini topmoqlikdir. Demak, oʻzni qurbon qilmoqlik - Allohga nisbatandir. 
Ulugʻlarning fikrlaridan aqlimizni quvvatlantirib biz ham bir-ikki soʻz aytmoqlikni niyat 
qildikkim, Alloh adashtirmagay. 
Inson har kuni oʻziga rizq bergan, sogʻliq va aql bergan, turli-tuman tuganmas ne’matlar 
bilan ne’matlantirgan Allohni mutlaqo tanishi, bilishi kerak. Bu - ishqning poydevori, 
avvalidir. 
Maryam surasida «Shaytonga ibodat qilmanglar», deb ogohlantirgan Rabbimiz nafsga 
sigʻinish, unga but kabi qulluq qilish haqida Josiya surasida marhamat qiladikim: «(Ey 
Muhammad), havoyi nafsini oʻziga «iloh» qilib olgan va Alloh uni bilgan holida yoʻldan 
ozdirib, quloq va koʻnglini muhrlab, koʻz oldiga parda tortib qoʻygan kimsani 
koʻrganmisiz?» 
Ayrim insonlar ba’zan Allohga sigʻinmay, itoat etmay, shaytonga itoat etib, uning 
vasvasasini bajarishadi. Ba’zilar nafsiga tobe’ boʻlib, uning xohishlarini ijro qiladilar. Bu 
qabihliklardan oʻzni saqlash va yolgʻiz Allohga itoat etish, uning amru farmonini 
bajarish, faqat Allohga sigʻinish - Ishqning tamali hisoblanadi. 
Ishq - aql va mantiqqa uygʻun. Biz koʻproq amallarimizning tashqi tomoniga ahamiyat 
beramiz. Holbuki, botini muhimroqdir. Islomda niyat va ixlos asos hisoblanadi. Ishq ham 
aynan shu ikki buloqdan suv ichadi. Masalan, ikki kishi aynan bir ishni bajaradi. Lekin 
biriniki qabuldir, ikkinchisiniki esa yoʻq. Nima uchun? Negaki, oʻsha birinchisining 
niyati xolisdir, ikkinchisining xayoli boshqa narsada, niyati buzuq. Zohiran bir xil amal 
bajaradilar, ammo Allohga boʻlgan muhabbatlari bir xilda emas. Shunga koʻra, biriga 
mukofot beriladi, ikkinchisiga esa jazo. Ishq xolis samimiyatni talab etadi. 
Zohirparastlikni esa qabul etmaydi. Ichki poklikni, botiniy samimiyatni talab etadi. 
Valid ibn Abu Valid va Abu Usmon Madaniydan Uqba ibn Muslim rivoyat qiladilar: 
Abu Hurayradan (r.a.) «Janobi Rasulullohdan (s.a.v.) eshitib, xotirangizda yaxshi 
saqlangan hadisdan aytib bering», deb iltimos qilindi. 
-Mayli, yaxshi eslaganimni ayta qolay, - dedilaru hushdan ketdilar. Soʻng oʻzlariga 
kelgach: -Rasulullohning (s.a.v.) oʻzlari bilan mendan boʻlak biror kimsa yoʻqligida 
aytgan hadislarini soʻzlayin, - deb yana hushdan ketdilar. 
Nihoyat hushyor tortganlaridan soʻng bu hadisni aytdilar: 
-Rasululloh (s.a.v.) oʻshanda marhamat qildilarki, Alloh taolo qiyomat kuni barchani 
hisob-kitob qiladi. Toʻplanganlar tiz choʻkkan koʻyi, navbatlarini kutadilar. Eng avval 
uch toifa odam chaqiriladi: Qur'onni koʻkragida jamlagan kishi, mol-dunyosi koʻp 
boʻlgan kishi va shahid boʻlgan kishi. 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish