Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
24 
library.ziyonet.uz/ 
javob qaytarmas edilar, aksincha, gunohidan oʻtib, kechirar edilar». 
Ey koʻngil, biz-chi? Biz bu masalalarda qandaymiz? 
Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytadilarkim: «Rasululloh (s.a.v.) koʻpincha: «Ey Rabbim! Men 
sendan tan sogʻligʻini, nafsning yomon yoʻllarga boshlashdan saqlanishni, Oʻzingga va 
xalqlaringga ishonchli boʻlishni, yaxshi axloqli boʻlish va taqdirga rozi boʻlishga 
muyassar qilishingni soʻrayman»,- deb duo qilar edilar». 
Biz-chi? Biz duolarimizda Rabbimizdan oʻzimiz va yaqinlarimiz uchun goʻzal axloq 
tilaganmizmi? 
Usoma ibn Shurayj aytdilar: «A’robiylar Rasulullohdan (s.a.v.) soʻradilar: «Yo 
Rasululloh! Insonlarga berilgan fazilatlarning eng yaxshisi nima?» Rasululloh (s.a.v.) 
javob berdilar: «Insonlarga berilgan fazilatlarning eng yaxshisi axloqdir». 
Mazkur hadisi sharifdan olinguvchi ma’no: axloqning eng yaxshi fazilat ekani va 
Rasulullohning (s.a.v.) ana shu eng yaxshi fazilat egasi ekanliklari. Takror va takror 
demoqchimizki, yaxshi xulqni oʻrganish uchun uzoqlardan ma’no izlamaylik, Sarvari 
olamning (s.a.v.) hayotlarini oʻrganish bizdagi yaxshi xulqlarni tarbiya etishga xizmat 
etadi. Shuning barobarinda xulofoi roshidin, ulugʻ sahobalar, tobein va taba’a 
tobeinlarning yaxshi xulqlari ham biz uchun oʻrnakdir. Zotan, ular Paygʻambarimizning 
(s.a.v.) xulqlarini oʻzlariga singdirgan xayrli zotlardir. Shunday ekan, har birimiz 
koʻnglimizga murojaat qilib deylikki: 
-Ey koʻngil! Nazar sol, dunyodan necha-necha ajdodlar yashab oʻtishdi. Hozir ular 
qanilar? Sen ularning nomlarini bizning zamonlargacha yetkazib kelgan ishlarni qilishga 
intil. Oʻshalarga amal qil. Shunda tashvishlaring ariydi. Oʻtmish donolari oʻlimlari 
arafasida nimalardan afsus-nadomatlar chekishgan boʻlsa, oʻsha ishlardan tiyil! 
Yer yuzida biror ummat, guruh, jamoat yoʻqki, Alloh u yerga bir xabarchi, bir 
ogohlantiruvchi yubormagan boʻlsin. (Masalan: Nuh alayhissalom, Lut alayhissalom...) 
Chunki inson farzandining nasihatga, tanbehga hamisha ehtiyoji bordir. Rasuli akramning 
(s.a.v.) irshod faoliyatlarini avliyoullohlar, murshidi komillar, ulamoi a’zam va 
mashoyixi kiromlar davom ettirib keldilar. Zotan, Paygʻambarimiz (s.a.v.) marhamat 
qilganlar: «Olimlar - paygʻambarlarning vorislaridir». 
Suhbatimiz davomida Paygʻambarimizning, alayhissalom, xulqlaridan bahramand boʻlish 
haqida yana koʻp fikrlashamiz, insha Alloh. Endi har birimizning boshqalarga va 
boshqalarning har birimizga boʻlayotgan va boʻladigan ta’sirimiz haqida ham gaplashsak. 
Avvalo, bir rivoyat: 
Abdurahim ismli bir yigitning goʻzal otiga Mahmud ismli yigit ishqiboz edi, «sotgin», 
deb koʻp yalinardi, ammo Abdurahim uning iltimoslarini rad etardi. Oxiri Mahmud otga 
makr-xiyla bilan ega chiqishni ixtiyor qildi. Keksa va xasta odam qiyofasiga kirib 
Abdurahimning yoʻlini poyladi. Soʻng goʻzal otga minib oʻtayotgan yigit qarshisiga 
chiqib yalindi: 
-Ey marhamatli oʻgʻlim, men manzilimga yetolmay qoldim, qaragin, ehtimol yana ozgina 
yursam jon taslim qilarman, menga rahm qilib, otingga mingashtirib ol. Haqqingga 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish