Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
23
library.ziyonet.uz/
yomonliklarini egallashga intilish ehtimollari ham bor. Oʻtmish jamiyatda shaxs
namunasiga juda katta e’tibor berilardi. Buning uchun soxta qahramonlar yasalardi.
Bolaga bogʻcha yoshidan boshlab Leninday boʻlish tarbiyasi berilardi. Soxtalikning
qanday oqibat bilan tugagani ma’lum. Biz - musulmonlarning baxtimiz shundaki,
kimning shaxsidan namuna olishimizni Allohning oʻzi belgilab qoʻyibdi. «Botil mokisun
'alayh» - botil oʻrnak boʻla olmaydi (botil - buzuq, behuda demakdir). Ha, botil oʻrnak
boʻla olmaydi. Haq oʻrnak boʻla oladi. Ba’zi birodarlarimiz deydilar:
-Taqsir, falonchi bunday qiladi-ku, menam qilsam-chi?
-Taqsir, falonchi hoji toʻyiga aroq qoʻyibdi-ku, menam qoʻyaverayinmi?
Aziz birodarim, siz buning oʻrniga «Paygʻambarimiz (s.a.v.) shunday qilganlar, men ham
shunday qilayin», deb ayting va shunday qiling. Lekin shayton qilgan boʻlsa bu ishdan
qayting. Yomon xulq shaytonnikidir, undan qayting. Yomon xulq egasi sizga oʻrnak
boʻla olmaydi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) davradagilardan: «Qiyomat kuni menga eng
yaqin boʻluvchilaringiz kimligini aytib beraymi?»- deb soʻraganlarida sahobalar jim
turishdi. Bu savollarini ikki yo uch marta qaytarganlaridan keyin ular: «Yo Rasulalloh,
aytib bering»,-deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): «Ular axloqda xalqqa yoqimliroq
boʻlganlardir»,- deb marhamat qildilar.
Paygʻambarimizning (s.a.v.) axloqi bilan axloqlanmagan bir odam tushida Rasulullohni
koʻribdi. Ajabki, Allohning rasuli unga hech e’tibor bermabdilar. Odamning bundan
koʻngli ogʻrib, soʻrabdi:
-Ey Allohning rasuli, mendan xafamisiz?
-Yoʻq,-debdilar Rasululloh (s.a.v.).
-U holda nega menga qaramayapsiz?
-Chunki men seni tanimayman,-debdilar Sarvari olam (s.a.v.).
-Nega tanimaysiz? Men sizning bir ummatingizman. Holbuki, olimlarning aytishlaricha,
siz har bir ummatingizni ona oʻz farzandini taniganidan ham yaxshiroq tanir ekansiz.
-Toʻgʻri aytding,-debdilar Paygʻambarimiz (s.a.v.),-lekin men senda mening goʻzal
axloqimdan biron alomat koʻrmayapman. Va sening menga hech salot-u saloming
kelmadi. Mening ummatimdan birini tanishim - unda axloqimning qay darajada borligiga
bogʻliq.
U odam uygʻongach, eshitganlarini oʻylabdi va shu ondayoq Rasululloh (s.a.v.) fe’l-
atvorlarini oʻz hayotiga tadbiq etishga kirishibdi. Bir muddat oʻtgach, Allohning rasulini
(s.a.v.) tushida takroran koʻribdi. Rasululloh (s.a.v.) darhol:
-Endi seni tanidim, sen uchun shafoat qilaman!-debdilar.
Bunday deyishlariga sabab, endi u odam Rasulullohni (s.a.v.) sevar, ul muhtaram zotning
goʻzal axloqiga moslashgan edi.
Fikr qilaylik: biz ham shundaymizmi? Agar bizlarga ham (insha Alloh!)
Paygʻambarimizni (s.a.v.) tushimizda koʻrish baxti nasib etib qolsa Sarvari olam (s.a.v.)
bizlarni tanirmikinlar?
Abu Abdulloh Jadaliy aytdilarkim: «Oyishadan (roziyallohu anho) Paygʻambarning,
alayhissalom, oilalarida xulqlari qanday edi?» - deb soʻradim. Onamiz aytdilar: «Xulqda
insonlarning eng goʻzali edilar. Fahsh soʻzlarni soʻzlovchi va fahsh ishlarni qiluvchi
emas edilar, bozorlarda baqirib yuruvchi ham emasdilar. Yomonlikka yomonlik bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |