Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
20
library.ziyonet.uz/
qilib, nimalar bilandir shugʻullanishadi. Bular yaxshidir, bular jamiyat uchun zarurdir
balki.
Lekin, takror soʻraymiz, insonga qaerda axloq oʻrgatiladi? Inson qaerda axloq ilmi bilan
ta’minlanadi? Gap oʻrgatish, ilm berish haqida borayotgani yoʻq. Oʻrgatmoq - qaysidir
sohaga oid ma’lumot berish deganidir. Oʻquv dargohlarida ilmli, ma’lumotli boʻladi,
ammo odam boʻlish... Xalqimiz bekorga «Olim boʻlish oson, odam boʻlish qiyin»,
demagan. Shuning uchun tarbiyaning zarurligini yana qayta-qayta ta’kidlaymiz. Adabni,
tarbiyani olganidan soʻng kishi haqiqiy komil inson darajasiga yetishi mumkin.
Oʻzimizdagi yoki chetdagi universitetda faqat ilm olish bilan cheklangan zamonaviy bir
inson komil odam boʻla olarmikin? Chinakam goʻzallik nima ekanini his eta olarmikin?
Sayyidimiz Rasuli akram (s.a.v.) «Alloh goʻzaldir, goʻzallikni sevadi», - deb marhamat
qiladilar. Ha, Oʻzi goʻzaldir, goʻzallikni yaratgandir va goʻzal boʻlgan narsani sevadi.
Shuning uchun insonda goʻzallik tuygʻusi, goʻzal axloq boʻlishi shart. Goʻzallikka
maftunlik - har bir ishni goʻzal tarzda, ya’ni goʻzal axloq bilan bajarish talab etiladi.
«Alloh sizlardan ishini mukammal tarzda bajaradiganingizni sevadi. Unday insonga
marhamat qiladi», deb bashorat qiladilar janobi Rasululloh (s.a.v.). Bu oʻrinda musulmon
kishining ishi sifatiga ahamiyat berilyapti. Islomda bir ishni sifatli bajarishga amr bor,
ya’ni bajarayotgan ishini goʻzal ravishda qilishi shart: qilichi eng oʻtkir boʻlishi lozim,
chinnisi eng goʻzal chinni boʻlishi zarur, imoratlari eng goʻzal obida boʻlishi kerak.
Asrlar davomida qad rostlab turishi, buzilmasligi, xarob boʻlmasligi, mangu va goʻzal
boʻlishi shart. Xullas, qoʻl urgan har bir ishni goʻzal va mukammal qilish, eng yuksak
darajada, eng sifatli tarzda, muvaffaqiyatli ado etish uchun yaxshi tarbiya berilmogʻi
zarurdir.
Abu Rayhon Beruniy hazratlari goʻzallikni «tashqi va ichki» deb boʻlib, shunday fikr
bildirgan ekanlar:
-Tashqi goʻzallik, qiyofadagi jamol - bular ikkovi ham yoqimli boʻlishi kerak, odamlar
oʻzaro uchrashganlarida ushbu goʻzal jamolni koʻrishga ragʻbat qiladilar. Lekin shakl
chiroyi ona qornida ato qilinadi, uni oʻzgartirishga hech bir zot qodir emas. Ammo xulq-
atvorga kelsak, uni Allohning amrlariga muvofiq davolab, tarbiyalab, goʻzal - pokiza
tutib, yomon hollarga tushirmaslik mumkin.
Ummi Dardo (roziyallohu anho) aytibdilarkim: «Kechalarning birida Abu Dardo namoz
oʻqish uchun oʻrinlaridan turdilar-da, tong otgunicha: «Ey Alloh! Meni chiroyli qilib
yaratganingdek, axloqimni chiroyli qil!» - deb yigʻlab chiqdilar. Shunda men u zotdan:
«Ey Abu Dardo! Nima uchun tun boʻyi qilgan duoyingiz faqat axloqingizni chiroyli va
yaxshi qilish haqida boʻldi?» - deb soʻradim. Abu Dardo: «Bir musulmon banda oʻz
axloqini yaxshilashga harakat qilaverib, oxiri shu yaxshi axloqi uni jannatga kiritadi.
Agar u axloqini yomon qilaversa, shu yomon axloqi uni doʻzaxga kiritadi», - dedilar».
Islomning biror amri behuda emas. Uning amrlaridan har biri amaliy bir tadbirga
bogʻlangandir. Islomning goʻzalligi nasihatni nazariy holga tashlab qoʻymay, albatta
tatbiqini koʻrsatganidadir. Tarbiya ham aynan shunday.
Islomda ajoyib bir tarbiya tizimi, ichki tarbiya, axloq tarbiyasi bor. Jamiyatning komil
insonga ehtiyoji bormi, demak, Islomga ham ehtiyoji bor. Din haqida bilmay turib
gapiradiganlar qaysarlik, oʻjarlik va behuda gaplarni tashlab, avval Islom dinini chuqur
Do'stlaringiz bilan baham: |