Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
18
library.ziyonet.uz/
masalan, soʻkish haqida oʻn yoshli va yigirma yoshli bolaga bir xilda, bir xil uslubda
gapirilmaydi. Tarbiya jarayonida donolarning «yoshlik -beparvolik, yigitlik - bir
musobaqa, qarilik esa taassufdir», degan ta’kidlarini unutmasak durust boʻladi. Nasihat
deganda biz kattaning yoshga oʻgitini tushunadigan boʻlib qolganmiz. Keksaroq odamga
nasihat qilish bizga gʻalati tuyuladi. Holbuki tarbiya keksalar uchun ham zarur. Tarbiya
ma’lum yoshga yetgach toʻxtamaydi. Barchamiz yaxshi biladigan «Beshikdan qabrga
qadar ilm egalla» deyilguvchi hadisi sharif bizlarni shunga da’vat etadi. Alhol, ilm olish
ham tarbiyaning muhim asosidir.
Nasihatning yana muhim shartlaridan biri - nasihatgoʻy nasihat qilish uchun ma’naviy
huquqqa ega boʻlishi kerak. Ya’ni u biron fazilatni egallash haqida nasihat qilyaptimi,
demak bu fazilat uning oʻzida boʻlishi kerak. «Birovning haqiga xiyonat qilma», deb aql
oʻrgatsa-yu, oʻzi bozorda tarozidan urib tursa, gaplarining ta’siri boʻlmaydi.
Tarbiyachilik, nasihatgoʻylik - mas'uliyatdir. Chunki bu vazifa Alloh tomonidan
buyurilgandir. Hadisi qudsiyda oʻqiymiz: «Bandalarimning ibodatlari ichida menga
suyumlirogʻi -mening yoʻlimda yaxshi amallarga targʻib hamda xolis nasihat qilishdir».
E’tibor beraylik: xolis nasihat ibodatlar oʻrnida tilga olinyapti. Imom Termiziy rivoyat
qilgan sharafli hadisda Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: «Insonlarga yaxshilikni
oʻrgatuvchi kishiga Alloh taolo, Uning farishtalari, osmon va yer ahli, hattoki kavakdagi
chumoli, dengizdagi baliqlargacha -hammasi salavot aytadi». Koʻrinib turibdiki, toʻgʻri
yoʻldagi tarbiyachi - nasihatgoʻyning martabasi shu qadar baland ekan. Demak,
zimmasidagi mas'uliyat undanda balandroqdir.
Ilm oʻrgatadigan dargohlar koʻp: oʻrta maktablar, litseylar, kollejlar, institutlar,
universitetlar, magistraturalar, aspiranturalar... Oʻrganish, oʻrgatish, ilm olish bor, ammo
yaxshi tarbiya ta’limini qaerda oʻrganamiz? Ya’ni sevgini, marhamatni, oʻz
manfaatimizdan kechib, boshqa bir insonni quvontirishni, xolis, muxlis boʻlishni qaerda
oʻrganishimiz kerak? Bir-birimizni sevishni, bir-birimizga hurmat koʻrsatishni qanday
oʻrganamiz? Bunga ham ustoz lozim...
Maktablarda odob darslari bor... haftasiga bir soat... Sahroda haftasiga bir tomchi suv
bilan sugʻorib daraxt koʻkartirish mumkinmi? Yana... maktabda «soʻkma» deb
oʻrgatadilar, uyga borganida soʻkishdan boshqa narsani eshitmaydi...
Mavlono Rumiy: «Modomiki, yunonlarning falsafasini oʻrganibsan, iymonlilarning ham
falsafasini oʻrgan, u ham kerak!» - degan ekanlar. Endi gap boshqalardan oʻrganish
haqida. Toʻgʻri, Amerikadan yoki Yevropadan oʻrganadigan jihatlarimiz ham bor.
Aytaylik, kitobga boʻlgan qiziqish kabi. Ammo inkor etadigan tomonlarimiz koʻproq.
Ularning oʻzlariga xos odob-axloqlarini kamsitmagan holda agar xolis ravishda
taqqoslasak, koʻp jihatdan oʻzimizniki afzal ekanini koʻramiz. Masalan: ularning
olijanobliklari bizning olijanobligimiz kabi emas. Ularning mehr-oqibatlari bizlarning
mehr-oqibatlarimiz singari emas...
Oʻtgan yigirmanchi asrda jadidlar tarbiya haqida fikr yuritganlarida Yevropadan koʻp
narsa olishga undaganlar. Millatning ravnaqini shu bilan bogʻlaganlar. Yevropaning ilm-
fanda, madaniyatda ilgʻor ekaniga mahliyo boʻlganlar. Ularning fikriga bugun toʻgʻridan-
toʻgʻri ergasha olmaymiz. Chunki tarbiya sohasida Amerika ham Yevropa ham keyingi
yuz yil ichida tanazzulga yuz tutgan. Buni oʻzlari ham ba’zan tan oladilar va ijtimoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |