Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
15
library.ziyonet.uz/
Endi tarbiyaning asoslari nimalardan iboratligi xususida fikrlashib olsak:
Fazilatni qoʻriqlaydigan goʻzal axloqni va yaramas yoʻldan, yomon ahvolga tushishdan
saqlaydigan hushyorlikni donolar muhim asoslardan hisoblaganlar. Yana: va’daga - vafo,
nasibaga - rizo, har bir baxtsizlikka qarshi chidamli boʻlish, haqiqat va toʻgʻrilikka rioya
qilish...
Insonni inson boʻlishiga bois tarbiyadir va uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga
va mashqqa.
Hazrat Navoiy debdilarkim: «Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik -zulmkorlikdir.
Noqobil odamga esa tarbiya xayfdir. Tarbiyangni ayab, unisini nobud etma, bunisiga
tarbiyangni zoe qilma.
Qobilgʻa tarbiyat erur ul nav'kim, guhar,
Tushsa najosat ichra yugay kimsa oni pok.
Gar it uzumiga kishi may birla bersa suv,
Bu tarbiyat bila qila olgʻaymu oni tok.»
(Qobiliyatli kishiga berilgan tarbiya gavhar kabi qiymatlidur. Gavhar najosatga tushsa
ham yuvilsa tozalanadi, qiymatini yoʻqotmaydi. Ituzum may bilan sugʻorilsa ham
ituzumligicha qoladi, hech zamon tokka aylanmaydi.)
Bosh aql va ilmga toʻlib toshsa ham, axloqni sira unutmaslik kerak: inson oʻzidagi
ma’naviy jihatlarni, vijdon va nafsni tarbiyalashi, ehtirosini boshqara olishi, xunuk
odatlarni tark etishi, ilmiy yutuqlarini insoniyat foydasiga yoʻnaltirishi kerak. Yoʻqsa, u
toʻgʻri yoʻldan ozishi mumkin. Ya’ni Vatan va xalqini mudofaa qilishga mas'ul harbiy
odamning tarbiyasi durust boʻlmasa Vataniga xiyonat etishdan ham qaytmas. Bemorlarni
halol va xolis ravishda davolashga qasam ichgan vrach qasamini buzar. Hatto poraxoʻr va
sudxoʻr mol-dunyo evaziga yurtini boshqalar qoʻliga mustamlaka qilib berishdan ham tap
tortmas.
Tarbiyalash shaxsiy namuna, ogʻzaki yoki yozma nasihat yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ana shu nasihatlarni olmaydigan odam baxtli boʻladimi? (Bu haqda ham avvalgi bobda
soʻz yuritib edik, takrorni qusur emas, ta’kid sifatida qabul qilasiz, degan umiddamiz va
bundan soʻng ham ahamiyatli masalalarda shu kabi takrorlarga oʻrin beramiz.)
Ba’zilarga nasihat qilsangiz malol oladi, hatto gʻazablanadi.
-Qizingiz tor shim kiyib, kindigini ochib yuribdi, yaxshi emas,-deysiz. Sizning niyatingiz
xolis, bu yurishda yosh qizning (Alloh saqlasin!) buzuq yoʻlga kirib ketishi hech gapmas.
Ammo birodaringiz buni fikr qilmaydi, unga ayni damda sizning aql oʻrgatishingiz
yoqmaydi va deydiki:
-Mening qizim bilan ishing boʻlmasin, oʻzingning bolalaringni tarbiya qilaver.
U nodon janobi Rasuli akramning (s.a.v.) «Ikki musulmon oʻzaro uchrashganida Alloh
albatta ularni bir-biridan foydalantiradi», deganlari muborak hadislaridan bexabardir
balki? Mazkur hadisda deyilmoqchiki, ikki musulmonning birlashgani ikki qoʻl kabidir:
bir-birini yuvib poklaydi. Bitta qoʻl chala yuvadi, oʻzidan boshqasini yuvolmaydi. Ammo
Do'stlaringiz bilan baham: |