Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
12
library.ziyonet.uz/
Goʻzal xulq va tarbiyali onaning xislatlari, yaxshi fe’l-atvori farzandlarida ham namoyon
boʻladi. Ular ham onalarining goʻzal xislatlariga ega boʻladilar. Tabobat fani onadagi
turli ichki xastaliklar bolada ham boʻlishini isbotladi. Irsiyat fani onadagi ichki xastaliklar
bilan birga undagi ruhiy, ma’naviy jihatlarning ham bolada takrorlanishini isbotlagan. Bu
tarbiyani bola tugʻilmasidan oldin, hatto oila qurmasdan oldin boshlash kerak, degani
emasmi?
Ota oʻz farzandlariga meros etib molu dunyo emas, odob-axloq qoldirishi kerak. Mol-
dunyo merosi kundan kun kamayib, odob-axloq merosi esa oshib boradi. Bu rivoyat
fikrimizning dalili:
Misr hukmdori bilan Rum hukmdori oʻzaro kelishib, doʻstlik ahdini tuzdilar va oradagi
adovatga barham berdilar. Hatto Misr hukmdori Rum hukmdorining qizini oʻgʻliga
nikohlab, qizini esa Rum shahzodasiga uzatdi. Ularning doʻstlik va qarindoshlik aloqalari
uzoq davom etdi. Bir kuni Rum hukmdori qudasiga bu mazmundagi maktubni yoʻlladi:
-Koʻzlarimizning nurlari boʻlmish aziz farzandlarimizning bizlardan keyin ham
farogʻatda yashamoqliklari uchun hozirdan chora-tadbir koʻrishimiz kerak. Men oʻgʻlim
uchun juda koʻp oltin jamladim. Chiroyli bogʻ va saroy barpo ettirdim. Siz ham shunday
qilgandirsiz?
Misr hukmdori maktubni oʻqib tabassum qildi va bu javobni yoʻlladi:
-Azizim, men sizdan koʻra sal boshqacharoq yoʻl tutdim. Vafosiz mol-dunyo va
matohlariga iltifot etmaganim tufayli oʻgʻlimga oltinu javharlar emas, ilm, hunar, odob,
axloqni meros etib qoldirishni istadim. Uni ilmli, hunarli, xushaxloqli qilib tarbiyaladim.
Uni yaxshi adab libosi bilan bezadim. Mol-dunyoga qachondir zavol yetadi, ammo men
qoldirayotgan merosga hech zamon zavol yetmaydi. Bu meros farzandimni har qanday
balo-ofatlardan omon saqlagay...
Birga oʻylaylik: tarbiyasiz odam jonsiz jasad kabi emasmi?
Davraga qoʻshilguvchi har bir odam avval oʻzining tashqi koʻrinishi, qiyofasiga qarab
qabul qilinadi, soʻng esa tarbiyasi va fazilatiga qarab taqdir etiladi. Kishidagi fazilat
goʻyo farzand kabidir, uni avaylab saqlash va yanada barkamol etish lozim. Har bir
odam, avvalroq aytib oʻtganimizday, oʻzini oʻzi tarbiya qilishga oʻrganishi kerak.
Insonning ulugʻligi oʻzini idora va tarbiya qilish kuchiga ega boʻlishi bilan bilinadi. Buni
tushunish uchun Iysodan (alayhissalom) bir rivoyatni eslaymiz: Iysodan (alayhissalom)
soʻradilar: «Sizni kim tarbiya qildi?» Javob berdilarki: «Meni hech kim tarbiya qilmadi.
Johilning jaholatini, axloqsizning axloqsizligini qusur va ayb sifatida koʻrdim. Jaholat va
axloqsizligidan qochdim». Mazkurni tushunush uchun qisqa izoh lozim. «Hech kim
tarbiya qilmadi» deganlarida albatta atroflaridagi odamlar nazarda tutilgan. Chunki
barchaning tarbiyachisi - Rabbisi Allohdir. Alloh oʻzining elchisini jaholat va
axloqsizlikni qusur va ayb sifatida koʻradigan qilgan. Ulardan qochish esa bu illatlardan
nari turish, holi boʻlish degan ma’noda.
Kishi oʻzini oʻzi tarbiya qilishga oʻrganishi lozim, degan fikrni quvvatlash uchun Abu
Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qilgan bir hadisi sharifning ma’no tarjimasini
oʻqiymiz. Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilarki: «Har bir moʻ'min banda oʻz
Do'stlaringiz bilan baham: |