Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
13
library.ziyonet.uz/
birodarining koʻzgusidir. U birodarida bir aybni koʻrsa, oʻzida koʻrgan shunday aybni
tuzatishga harakat qilishi kerak». Ya’nikim, biz birodarimizda hasad yoki chaqimchilik
illatini koʻrib turibmiz. Uni tarbiya qilishimizdan avval biz oʻzimizdagi oʻsha illatni
tuzatishga kirishmogʻimiz kerak ekan.
Oʻzini oʻzi tarbiya qilmoq qanday boʻladi?
Ogʻzaki nasihatlarni eshitamiz, kitoblarda oʻqiymiz, masalan, bu kabi:
Luqmoni Hakim oʻz oʻgʻillariga debdilar: «Qarindosh urugʻlardan aloqangni uzma,
oʻylab ish tut. Odamlarni gʻiybat qilma, odamlar yomon ishga bosh qoʻshsa, sen ularga
qoʻshilma. Shoshilib ish tutma, boylik deb oʻzingni gʻam-qaygʻuga tashlama. Oʻz qadrini
bilmagan odamdan yaxshilik umid qilma. Oʻtirishlarda oʻz joyingni bil, odamlarning
soʻzlariga quloq sol, odamlar soʻrasa gapir, oʻzingdan ulugʻlar oldiga tushib yurma,
odamlar ichida boshingni quyi solib oʻtirma, oʻngu chapga qarayverma, mehmonlar
oldida birovga oʻshqirma, mehmonga esa ish buyurma. Mast va devona odamlar bilan
hamsuhbat boʻlma. Bekorchi odamlar bilan koʻchada oʻtirma. Oʻz foydangni oʻylab
obroʻyingni toʻkma. Oʻziga bino qoʻyuvchi takabburlardan boʻlma. Xusumatdan uzoq
boʻl, senga ish buyursalar bajar, va’da qilsang, albatta uddasidan chiq. Hech kimni
ranjitma...»
Hindistonlik donishmand esa oʻgʻliga bunday nasihat qilibdi: «Aziz oʻgʻlim, qoʻlingga
kirmagan yoki qoʻlingdan ketgan narsa uchun qaygʻurma. Har yerda kurakda
turmaydigan behuda soʻzlar soʻzlab yurishdan yiroq boʻl. Nokas, qurumsoq kishidan
qarzdor boʻlma. U bilan aslo muomala qilma, keyin pushaymon qilasan. Sharm-hayosiz
va baxil kishi bilan suhbatdosh boʻlma, shunday yaramas odamlar bilan qoʻshni
boʻlmaslikka harakat qil. Oʻz kuching orqasidan non topib yegil, tekinxoʻrlikka
oʻrganma, olijanob mard odamlar bilan suhbatdosh boʻlsang, yaxshilik bilan nom
chiqarasan. Maqtanchoq va ezma odamlardan hazar qil...»
Boshqa bir donishmandning nasihati budir: «Falokatga duchor boʻlishni istamasang -
magʻrur va mutakabbir boʻlma. Rohatda yashashni istasang - dilingni hirsdan pok qil.
Xoru zorlikni istamasang - ta’magir boʻlma, oʻzingga yaxshilik qilinishini istasang -
yaxshilik qil, hech kimga ozor berma, yaxshilikni ulugʻ ish deb bil. Qadr-qimmating
oshishini istasang - baland himmatli boʻl. Ishing pushaymonlik bilan natijalanishini
istamasang - avval yaxshiroq oʻylab, dono, tajribakorlar bilan kengashib, soʻngra ishga
kirish. Oʻzingni hammaga sevdirishni istasang - fe’l-atvoringni tuzat, adabli, tarbiyali
boʻl. Obroʻga, izzat va hurmatga ega boʻlishni xohlasang - halol mehnat qil. Hammaning
qoshida ishonchli, margʻub va maqbul odam boʻlishni istasang - yolgʻonchilikdan saqlan,
chaqimchi, igʻvogar boʻlma, ma’nisiz, tuturuqsiz soʻzlarni aytib yurishdan hazar qil.
Mabodo oʻngʻaysiz holda qolsang, ishingda muvaffaqiyatsizlikka uchrab, qaygʻu-hasrat
ichida qolsang - dod-faryod qilib yurma, sabr qil. Oʻngʻaysiz holdan qutulish chorasiga
kirish...»
Bu kabi nasihatlar donolarning bizlarga bergan yoʻl-yoʻriqlaridir. Ta’bir joiz boʻlsa,
kishining oʻzini oʻzi tarbiyalashidagi bir rejadir. Endi rejani qanday tarzda amalga
oshiradi -uning aqliga bogʻliq.
Yuzaki qaralsa, bu nasihatlarga amal qilish uncha ogʻir emas. Aytaylik, odamlar orasida
Do'stlaringiz bilan baham: |