Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
25 
library.ziyonet.uz/ 
duolar qilay. 
Abdurahim uning makrini anglamay, otiga mindirdi. Mahmud esa otni choptirib qochdi. 
Sal nari borgach, toʻxtab, manmanlik bilan dedi: 
-Ey nodon, sen meni tanimading, men - Mahmudman! Otingni sot, deb qancha yalindim, 
sotmading. Ana endi otingdan umidingni uz! 
Abdurahim uning gapini eshitib, debdi: 
-Mayli, otni senga berdim, lekin bu qilgan ishingni birovga ayta koʻrma. Chunki bu 
aldamchiliging, xiyla-nayranging xalq orasida tarqalsa, koʻp kishilar sening yaramas 
yoʻlingga kirib ketishlari mumkin. U vaqtda birov-birovning holiga rahm etmaydi. 
Xalqimiz orasida shafqat, marhamat, muruvvat kabi goʻzal xislatlar yoʻqoladi. 
Aldamchilik, mugʻombirlik va insofsizlik kabi yaramas illatlar avj oladi. Oʻtinaman, 
qilgan ishingni hech kimga aytma, men ham yashirin tutaman. 
Bu xitob Mahmudga ta’sir qilib, iziga qaytibdi, uzr aytibdi. Abdurahim esa otni unga 
sotishga rozi boʻlib, oralarida doʻstlik qaror topibdi. 
Qissadan hissa: har birimiz qanday ishni qilmaylik, kimgadir oʻrnak boʻlishimiz ehtimoli 
borligini unutmasligimiz kerak. Oʻtmish jamiyatda, dinga qarshi xuruj boshlaganida eng 
birinchi ziyolilarni ishga solishgan edi. Ziyolilar dindan chiqib, yomonlik namunasi bilan 
ommaga oʻrnak boʻlishgandi. Shu bois ayniqsa jamiyatdagi taniqli odamlar har bir 
gaplarini oʻylab gapirishlari, har bir qadamlarini oʻylab bosishlari taqozo etiladi. Agar 
kimsa zalolat sari qadam tashladimi, bilsinkim, faqat oʻzi gunohlar olami sari ketmayapti, 
qaysi bir omi ham unga ergashyaptikim, uning gunohi ham zimmasidadir. 
Axloq tarbiyasi - oʻzimizni yaramas mayl-havaslardan saqlash, ta’bimizdagi oliy fikrlarni 
taraqqiy ettirib, harakatimizni toʻgʻri bir nuqtaga yoʻnaltirish demakdir. Axloq 
tarbiyasining gʻoyasi - insonlarning komil va goʻzal boʻlishlarini ta’min etishdir. Xulosa 
qilib aytsak: Tarbiya - inson tabiatining butun qobiliyatlarini muntazam, mutanosib va 
kelishgan bir suvratda orttiradi, insonni xayrli maqsadiga yetkazadi. Tarbiya - haqiqiy 
hayot maktabida talabalarga ilm berishdir. Tarbiya - insonlarni fazilatli, jamiyatga foydali 
qilib yetishtirish uchun eng qisqa yoʻldir. Tarbiyaning maqsadi - insonlarning avloddan 
avlodga taraqqiy ettirib, insoniyatning umumiy yuksalishiga xizmat qildirishdir. 
Mazkur bobga shu tarzda yakun yasaylikda soʻng duo qilaylik: 
-Alloh bizlarni musulmon holda, musulmon bir oʻlkada, musulmon ota-onadan ulugʻ bir 
ne’mat ichida dunyoga keltirgan. Bu ne’matning qadrini, qiymatini bilishni, mukammal, 
komil musulmon boʻlishni, musulmonlarga, insoniyatga, eng goʻzal xizmatlar qilishni 
barchalarimizga nasib etsin. Bashariyatga eng foydali insonlardan boʻlishni ham nasib 
aylasin. Rabbimiz huzuriga vazifasini bajargan, Uning sevgisiga, lutfiga, jannatiga, 
jamoliga musharraf boʻlgan bir qul oʻlaroq bormoqlikni nasib aylasin. Tarbiya berguvchi 
- tarbiyachilardan ham, tarbiyani qabul etib, unga amal qilguvchilardan ham Alloh rozi 
boʻlsin! Omin, ya Rab al-olamiyn! 

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish