Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
33
library.ziyonet.uz/
Tun mamlakati kunni qoraytib, atrofni oʻsha butxonadagi kufr zulmati kabi qorongʻulik
qopladi. Shayxning boshlariga shu tun kabi qora qismat tushgan, ul zotning tobe’
kishilari ham qora musibat buluti bilan oʻralgan edilar. Ularning hammalari oʻsha mugʻ
dayri (majusiylar ibodatxonasi) tuprogʻida, tuproq emas, balki balolar togʻida qoldilar.
Shayxning boshlariga tushgan qora tunni hali hech bir odamzot koʻrgan emasdi... Tun
osmonda baxtsizlik pardalarini yoydi... Osmon koʻzlaridan yulduzlar sochib, Shayx
ahvoliga motamdan nishon bildirardi... Ishq Shayxning jism ila jonlariga oʻt yoqqan, kufr
dinu iymonlariga oʻt solgan edi. Gʻarib hollariga yigʻlab dedilarkim:
-Har dam qaygʻu-musibatim ortib bormoqda. Ey falak! Menga nelar qilmoqdasan?
Tinchligimni buzib, ishq sari boshlading, yonar yuz oʻt ichra meni tashlading.
Koʻnglimga avval ravshan quyoshni koʻrguzib, keyin uni yashirgancha, gʻam shomiga
tutqun etding! Gʻam shomigina emas, balki osmon boʻshligʻidagi yaratilish chehrasini
qaro qilding! Gʻam doʻzaxining dudi olamni tutib ketdi... Jismim, a’zoyi badanim,
sezgilarim va aqlu hushim ishqdan shunday parda yopindilarki, goʻyo ularning hech biri
mavjud emasdek, ishq zulmidan hammasi nobud boʻlgandek tuyulmoqda...
...boshimni cheksiz gʻamdan qutqarmoq uchun toshga urib tilka-pora qilmoqlikka quvvat
qani?!
...oʻzimni qoʻlga olishga, aqldan ozishimga toʻsqinlik qiladigan hush qani?!
...ishq tadbirlarini aytib beradigan, vayron boʻlgan koʻngulni tinglaydigan aql qani?!
...dardimga chora qiladigan yoki bagʻrim porasiga davo beradigan sabr qani?!
...holim gʻamini yeyuvchi koʻngil qani?! Axir u ham hozir oʻlik sonida-ku!..
...bir nafas urguchalik tagʻin jon qani?! Koʻngil kabi uni ham izlab topa olmayman!..
-Menga bu yoʻl ne balolik yoʻl edi?! Axir bundan battarrogʻi boʻlishi mumkin emas-ku!
Umrni bu yangligʻ xoru zor koʻrguncha hargiz tirik boʻlmaganim yaxshiroq emasmidi?!
Bir xatar chaqmogʻi tushib, vujudimdan asar qoldirmasa nima qilardi?!
-Doʻstlar! Menga madad bersangiz - jam boʻlib men zorni oʻldirsangiz nimangiz
ketardi!.. Toinki bu olam orimdan, bashariyat ahli esa afgʻonu zorimdan qutulsin.
Birodarlar, jonimga qatl tigʻini uring! Kuydirib, kulimni har tomonga sovuring! Toki
jahonda bu yangligʻ rasvo boʻlmayin! Har dam yuz marta oʻlgandan koʻra bir yoʻla oʻlib
qoʻya qolganim ma’qul!
Shayxning bu musibatli holiga doʻstlari hayron qolishar, uning dardidan har dam qon
yigʻlashar edi. Bu gʻamgin va chorasiz kishilarning har biri Shayxga turli maslahatlar
berishar, ammo Shayx bu pandlarni fahmlamas, nozik soʻzlar ma’nosini ham anglay
olmas edilar. Ular Shayxga aql mezoni bilan xitob etgan boʻlsalar, Shayx ularga ishq
yoʻsinida javob qaytarar edilar:
...birlari dedilar: -Ey sir ahlining peshvosi! Bu baloni daf' etish uchun namoz oʻqimoq
shartdir.
Shayx dedilar: -Bu ma’nida soʻz aytma! Men telbaman, telbaga esa aql oʻrgatmaydilar.
...birlari dedilar: -Oʻrningizdan turing-da, tahorat ila poklaning va kishilarni toat-ibodat
Do'stlaringiz bilan baham: |