Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
35
library.ziyonet.uz/
butxonasi ichida rasvo aylagan oʻsha olamga oʻt soluvchi tarsozoda esa parda orqasida
oshiqu zoriga, giriftoriga yashirincha boqib turardi. Garchi u Shayxning diniga qasd qilib,
uning jonini talon-taroj etgan boʻlsa-da, oʻzini goʻllikka solib, hech narsa bilmagandek
tutardi.
Bir oy mobaynida Shayxning gʻam ichida qolgan jismlari tuproq bilan teng
boʻlayozganida oʻsha zolim kofir - ishvagar xulqli goʻzal yana oʻsha joyida koʻrindi.
Nozli husni bilan olamga oʻt solganicha oʻz giriftori holidan xabar olmoqchi boʻlib bu
savolni berdi:
-Ey Islom yoʻliga yetakchi, din va Islom ahliga toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi pir! Senga Ka’ba
tavofini qilish hunar edi, nechun butxona eshigida vatan tutding?! Seni din elining
madadkori deyishardi, kofirlar butxonasiga nechun asir boʻlding? Agar safar ahli biror
yerga tushib, u yerni manzil etsa, bir kecha oʻsha yerda boʻlib, ertasiga boshqa yoqqa
ketadi. Sen Shayx esa bir oydan beri bu yerda turib, butxona tuprogʻini maskan etding.
Kofirlar butxonasida yashashdan va zulmat ahlidan tilagan maqsading nima ekan?
Shayx jahonni bezata oladigan bu jamolni koʻrib, jon olguvchi soʻzlarini eshitgach yana
behush boʻldilar. Butxona ahli ul zotni oʻldi, deb gumon qildi. Kufr ahli Shayxning
boshiga kelib, uning ishqiga ofarinlar aytishdi. Boshlarini tuproqdan koʻtarib qarasalarki,
badanlarida hali jon bor ekan. Shayxning ishqidan sanam holida ham oʻzgarish yuz berib,
oʻz ishqi bilan qatl etilgan Shayx oldiga qadam qoʻydi. Xastaning dimogʻi maqsad isini
sezgach, gul yuzliga qarash uchun asta koʻz soldi. Visol zavqi uni oʻz holiga keltirgach,
zolim kofir unga shunday savol qildi:
-Biz Shayxdan hol-ahvol soʻrab, uning qanday kayfiyatda ekanligini bilmoq uchun savol
soʻragan edik. Ammo Shayx zavq zoʻri bilan behush boʻldi. Endi u yana oʻz holiga
qaytdi, savolimizga javob bersin.
Shayx soʻzlarini «Ey koʻnglimga qiyomat solgan!» deb boshlab, arzlarini bayon qildilar
va soʻngida dedilarki: «Seni dardimdan xabardor ayladim. Agar chora qilsang - sen
uchun oson, agar qatl qilsang ham jonimning hayoti boʻladi.»
Shoʻx unga dedi:
-Ey oliy sifatlar egasi boʻlgan murshid! Senda na hayo bor ekan va na adab! Axir seni
«Shayx» deb ataydilar-ku, oq soqolingdan uyalsang boʻlmaydimi?! Yoshing toʻqson
bilan yuzga borib qolibdi. Seni qari desa ham, yosh desa ham boʻladi. Yosh boʻlsang -
hali aqling kirmabdi, qari kishi esa bu xil soʻzlarni oʻzining xazon faslida aytishi
yarashmaydi...
Shoʻxi sarkash shu ma’noda Shayxga dashnom bergach, shartlarni bayon etishga oʻtdi:
-Agar kimki mening vaslimni tamanno aylasa, u toʻrt ishni bajarishga rozi boʻlishi shart:
u may ichishi, mast boʻlib zunnor (xristianlarning belga bogʻlab yuruvchi chilviri mazkur
dinga tobe’ ekanlikning belgisi sifatida zikr etiladi) bogʻlashi, Qur'onni oʻtda kuydirishi
va butparastlar diniga kirmogʻi kerak. Bu toʻrt narsa ishqning sharti - shukronasidir.
Uning yana ikkita jurmonasi (jarimasi) bor. Chunki bu foniylik toʻrt yoʻli boʻlsa, yana
ikki yoʻl oʻsha toʻrtning ifnosi (fanoda butunlay yoʻqolish, oʻzini mahv etish) demakdir.
Ulardan dastlabkisi -bir yil davomida choʻchqaboqarlik qilish boʻlsa, ikkinchisi - shu
davr mobaynida otashgoh oʻtining parvonasi boʻlishing, ya’ni otashgohda oʻt yoqishing
lozim... Agar mening vaslimga talabgor boʻlib, yoningda boʻlmogʻimni istasang
aytganlarimning barchasini qabul qilmoqing shart. Qurbing yetmasa, erta kunni kech
Do'stlaringiz bilan baham: |